«18-19» 07 2022
Kompyuterlarda grafik sozlash ishlari olib borildi. Yordamchi
qurilmalarning texnik soz holati tekshirildi.
Kompyuter grafikasi — grafik displey (monitor) ekranida tasviriy
informatsiyani vizuallash (ko`rinadigan qilish) jarayonidir. Tasvirni qog`ozda,
fotoplyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda
kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol o`chirib
tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yo`nalishda toraytirish yoki cho`zish,
yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini o`zgartirish
va boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni
tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar
yaratishda, multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish
va boshqa ko`p sohalarda qo`llaniladi.
Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar qatoriga bir qancha
dasturlarni sanab o`tish mumkin. Jumladan, Microsoft Paint, Adobe
Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw, Adobe Freehand, Adobe InDesign,
Adobe ImageReady, Adobe Flash, Discreet, Cinema 4d, Alias, Autodesk
Maya, LightWave, Adobe Brush va hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter
grafikasiga oid ishlarni amalga oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy rasm
chizish mumkin bo`lsa, ba’zilarida uylar proyektlari, ba’zilarida esa uch
o`lchamli modellashtirish va hattoki to`rt o`lchamli modellashtirish mumkin
bo`ladi. Inson tashqi dunyo haqidagi axborotning asosiy qismini ko`zlari
yordamida qabul qiladi. Ko`rish tizimi turli obyektlarning tasvirini qabul qilib
oladi. Ular yordamida insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida
tasavvur paydo bo`ladi. Obyektlarning tasvirini yaratish, ularni saqlash, qayta
ishlash va tasvirlash qurilmalarida tasvirlab berish kompyuterning eng qiyin
va asosiy masalalaridan biridir. Kompyuterga hech qanday topshiriq
berilmaganda, ya’ni bekor turganida ham ekranida ko`rinishi kerak bo`lgan
tasvirni sekundiga o`nlab marta qayta ishlab ko`rsatadi.
|