«13» 07 2022 Amaliyot joyi va korxona ichki tartib qoidalari bilan tanishish. Korxonada texnik vositalar bilan ishlashda gigienik normalar va xavfsizlik talablari



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix15.09.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#143915
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3-kurs Amaliyot HISOBOT



«13» 07 2022 
Amaliyot joyi va korxona ichki tartib qoidalari bilan tanishish. Korxonada 
texnik vositalar bilan ishlashda gigienik normalar va xavfsizlik talablari.
13.07.2022-yil kuni amaliyot o‘tash maqsadida Shayxontohur tuman 2-sonli 
ichki ishlar bo‘limiga bordim. U yerda menga biriktirilgan amaliyot rahbari 
podpolkovnik Komildan amaliyot davomida amal qilishim kerak bo‘lgan qonun 
qoidalar, texnika xafsizligi va sanitariya gigiyena talablari va boshqalar haqida 
ko‘rsatmalar oldim. Men amaliyot o‘tashga kirishgan 2-sonli ichki ishlar bo‘limida 
48 nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu bo‘lim 2002– yilda foydalanishga 
topshirilgan bo‘lib, aholi xavfsizligi va jamoat osoyishtaligi yo‘lida xizmat ko‘rsatib 
kelmoqda. Bo‘lim yaxshi aloqa texnikalari va kompyuter resurslari bilan 
tamonlangan bo‘lib, kompyuterlar soni jami 25 ta, shundan 15 tasi muassasa 
inspektorlari uchun xizmat xonalariga joylashtirilgan, 10 tasi tezkor navbatchilik 
qismi uchun xizmat qilmoqda. Ushbu 2-sonli ichki ishlar bo‘limida bir qator 
yutuqlarga erishgan soha xodimlari faoliyat yuritmoqda. Amaliyot bo‘yicha 
biriktirilgan rahbar menga birinchi navbatda bo‘limning ichki tartib qoidalari bilan 
tanishtirib chiqdi va ularga bo‘lim hududida muntazam ravishda amal qilishim 
kerakligi haqida aytib o‘tdi. Shundan so‘ng amaliyot vaqtida axbrot 
texnoligiyalarining texnik va tarmoq tashkiliy qismi bo‘yicha vazifaga kirishishimni 
bildirib o‘tishdi. 


«14-15» 07 2022 
Korxonadagi kompyuter qurilmalarini ko‘zdan kechirildi. Kompyuterlar 
xarakteristikasi o‘rganildi. 
Kompyuterlar, odatda bir necha bloklardan iborat bo’ladi va ularning 
tarkibiga quyidagi uch blok: 1) sistema bloki; 2) monitor; 3) klaviatura va sichqon 
kiradi. 
Ulardan asosiysi sistema bloki (yoki sistemali blok) bo’lib, unga o’rnatilgan 
uskanalar birgalikda kompyuterni tashkil etadi va uning ichiga qaysi rusumga 
tegishli uskunalar o’rnatilganiga qarab kompyuter rusumlar (masalan, Pentium III 
yoki Pentium IV va hokazo) ga ajralatiladi. Boshqa qurilmalarning barchasi sistema 
blokiga ulanadi. 
Kompyuter qanchalik kuchli bo’lmasin, unda qanchalik ko’p ma’lumot 
saqlanmasin, ma’lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko’rinishda ko’rsatib 
berilmasa, bunday kompyuter dengiz tubidagi hazinaga o’xshab qoladi va undan 
hech qanday naf bo’lmaydi. Ma’lumotlarni tasvirlab berish uchun monitor xizmat 
qiladi. 
Тashqi ko’rinishi va ishlash prinsipiga ko’ra, monitor oddiy televizorga 
o’xshab ketadi, undan farqli ravishda teleko’rsatuvlarni qabul qiluvchi radiokanali 
bo’lmaydi. Тelevizorga videomagnitofon ulash mumkin bo’lganidek, monitorga 
kompyuter ulanadi. Kompyuter monitoridagi tasvir televizor ekranidagi tasvirdan 
ancha sifatli bo’lib, monitor bilan bir necha soat ishlash ham foydalanuvchini 
toliqtirmaydi. 



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin