«27-28» 07 2022
Taqdimot jarayonlarida qurilmalarning tizimli ishlashi ta'minlandi.
Proyektorning imkoniyatlari bilan tanishtirildi.
Proyektor bu - teskarisiga ishlaydigan
fotoapparat desa ham
bo‘laveradi. Fotoapparat - tasvirni o‘zidagi plyonkaga proyeksiyalaydi. Proyektor
esa aksincha, o‘zidagi plyonkadagi (yoki, boshqa biror manbadagi) tasvirni ekranga
proyeksiyalaydi. Lekin, proyektorning fotoapparatdan farq qiladigan o‘ziga xos
jihatlari ham mavjud.
Birinchidan, proyektor ekranda hosil qilgan
tasvirning yorqinligi zalda
o‘tirganlarning hammasiga birdek tiniq ko‘rinadigan darajada bo‘lishi lozim. Ekran
maydoni kattalashgan sari, proyektor hosil qilayotgan tasvir
sifati ham xiralashib
boradi. Shuning uchun, ekran o‘lchamlariga muvofiq tasvir tiniqligi va yorqinligini
sozlash talab etiladi. Masalan, ekrandagi tasvir maydoni kengligini ikki barobar
oshirilishi umumiy maydonning to‘rt karra kattalashuviga sabab bo‘ladi.
Bunday
holatlarda tasvir yorqinligi va tiniqligini saqlash uchun,
proyektor ekranidan
chiqayotgan yorug‘lik miqdori ham tasvir kengligiga proporsional kuchayishi lozim
bo‘ladi.
Kinoteatrlar ataylab qorong‘ulashtiriladi. Shundagina ekranga tushirilgan
tasvir yorqinligi sifati nisbatan yaxshi bo‘ladi. Bunda,
proyektorning plyonkani
(umuman, tasvir manbaini) yorituvchi nuri istisnosiz ravishda faqat oq bo‘lishi
lozim. Shundagina, proyektorda hosil qilingan rangli tasvirlar o‘zining
asl tabiiy
rangida proyeksiyalanadi. Bunday ham juda yorqin va oppoq rangdagi kuchli
yorug‘lik nuri oqimini hosil qila oladigan yagona
manba bu - gaz razryadli
lampalardir.