«15-18» 08 2022 Korxonada lokal tarmog‘i ish faoliyati qayta tashkil qilindi. Lokal tarmoqning ish faoliyati qurilmalar orqali kengaytrildi. Lokal tarmoqning ish faoliyati qurilmalar orqali kengaytrildi. MS Power Point dasturi orqali taqdimotlar tuzildi. Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. Kompyuterlar orasida ma’lumot
almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun komyuterlarni bir-biri
bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lashda ikki
xil usuldan foydalaniladi:
1.
Kabel yordamida bog‘lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial,
o‘ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata
yordamida bog‘lanadi.
2.
Simsiz bog‘lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar
yordamida, ya’ni radio to‘lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth
texnologiyalari yordamida bog‘lanadi.
Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi
kompyuterlarni o‘zaro bog‘lagan tarmoq. Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar,
va viloyatlar darajasida kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki
telekommunikasiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lagan tarmoqlar.
Manzil tushunchasi. Kompyuter tarmoqlarida manzil tushunchasi sifatida
quyidagi fikrlarni keltirish mumkin:
1.
Manzil kompyuter xotirasining qismlarini, kompyuter kiritish-chiqarish
qurilmalari portini, hisoblash tarmog‘i kompyuterlarini hamda boshqa ma’lumot
manbalarini yoki ularni uzatish uchun belgilangan joyni aniqlaydi.
2.
Manzil hisoblash tarmoqlarida uzatilayotgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi yoki
jo‘natuvchilarni aniqlovchi ma’lumotlar ketma-ketligi. Xar qanday
harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik tushunchasi va uning o‘lchov
birliklari mavjud bo‘lganidek, axborotning ham uzatish tezligi hamda o‘lchov
birliklari mavjuddir, bular:
-
Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni;
-
Kbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab
yaxlitlangan bitlar soni;
-
Mbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab
yaxlitlangan bitlar soni;
Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab
yaxlitlangan bitlar soni.