13-amaliy mashg’ulot mavzusi



Yüklə 129,1 Kb.
səhifə1/5
tarix11.05.2023
ölçüsü129,1 Kb.
#111544
  1   2   3   4   5
Mapleda vektorlar va matrisalar ustida amallar


13-amaliy mashg’ulot
Mashg’ulot mavzusi. Mapleda vektorlar va matrisalar ustida amallar
Mashg’ulotning maqsadi. Maple muhitida vektorlar va matrisalar ustida amallar bajarish bilim va malakalarini shakllantirish.
Mashg’ulotning rejasi:

  1. Nazariy ma’lumotlar.

  2. Amaliy ish

  3. Mustaqil topshiriq.

1. Vektorlar algebrasida matematik amallar
Chiziqli algebra masalalarini yechish buyruqlarining asosiy qismi linalg kutubxonasida joylashgan. Shuning uchun ham matrisa va vektorlarga doir masalalarni yechishdan oldin with(linalg) buyrug’i bilan shu kutubxonani yuklash kerak bo’ladi.
Vektorlarni berilish usullari
Maple muhitida vektorlarni aniqlash uchun vector([x1,x2,…,xn]) buyrug’i ishlatiladi, bu yerda kvadrat qavslarda vergul bilan ajratilgan vektor koordinatalari ko’rsatiladi. Masalan:
> x:=vector([1,0,0]);
x:=[1, 0, 0]
Agar x[i] buyrug’i kiritilsa aniqlangan x vektorning koordinatasini chiqarish satrida hosil qilish mumkin, bu yerda i - koordinata nomeri. Masalan, oldingi misolda berilgan vektorning birinchi koordinatasini quyidagicha chiqarish mumkin:
> x[1];
1
Vektorni ro’yxat ko’rinishida yoki aksincha ro’yxatni vektor ko’rinishida tasvirlash uchun convert(vector, list) yoki convert(list, vector) buyruqlari ishlatiladi.
Vektorlarni qo’shish
Ikkita a va b vektorlarni qo’shish quyidagi buyruqlar orqali amalga oshiriladi: 1) evalm(a+b); 2) matadd(a,b).
Agar matadd(a,b,alpha,beta) ko’rinishdagi format ishlatilsa add buyrug’i a va b vektorlarning chiziqli kombinasiyasini hisoblaydi: , bu yerda - skalyar miqdorlar..
Vektorlarning skalyar, vektor ko’paytmasi va vektorlar orasidagi burchak
Ikki vektorning skalyar ko’paytmasi ni hisoblash uchun dotprod(a,b) buyrug’i ishlatiladi.
Ikki vektorning vektor ko’paytmasi ni hisoblash uchun crossprod(a,b) buyrug’i ishlatiladi.
a va b ikki vektor orasidagi burchak angle(a,b) buyrug’i bilan aniqlanadi.

Yüklə 129,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin