Ishni bajarish tartibi: 1. Trubka ichidagi porshenni eshitish trubkasiga yarim holatga keltiriladi.
2. Tovush generatori (ГЗ-33) ma‘lum bir chastotaga (masalan 1000
)
moslanadi.
3. Eshitish trubkasida maksimal kuchli tovush eshitilguncha porshen siljitiladi
va porshenning holati yozib olinadi. Porshenni yana surib, tovush maksimumi
eshitilayotgan keyingi nuqta topiladi va porshenning shu holati yana yozib olinadi
va hokazo. Keyin porshen orqaga surib avvalgidek nuqtalar yozib olinadi.
Porshenning ikki maksimum holati bo‘yicha o‘rta holat topiladi.
4. Porshenning qo‘shni maksimum holatlar orasidagi masofalar topiladi.
5. Topilgan ayirmalarning o‘rta qiymati hisoblanadi. Topilgan son
o‘lchanayotgan to‘lqin uzunligining yarmiga yoki turg‘un to‘lqin uzunligiga teng
bo‘ladi.
6. Ma’lum tebranish chastotasi
ν ni va turg‘un to‘lqin uzunligini (8
a )
formulaga qo‘yib, tovushning berilgan muhitda tarqalish tezligi hisoblanadi.
7. Yuqorida aytilganlar turli chastotalarda takrorlanadi.
8. Tovush tezligi o‘lchanayotgan paytdagi havo temperaturasini termometrga
qarab yozib qo’yiladi.
9. Tovush tezligini o‘lchashda qilingan absolyut va nisbiy xatoliklar
hisoblanadi.
10. O‘lchangan va hisoblangan kattaliklar jadvalga yoziladi.
Porshen
6 - rasm
ℓ