13-ma’ruza elektr markazlashtirish (EM) va dispetcherlik markazlashtirish (DM) qurilmalaridagi o‘lchovlar


SINASH STENDIDA AVTOMATIKA VA TELEMEXANIKA APPARATURALARINING PARAMETRLARINI O’LCHASH



Yüklə 281,39 Kb.
səhifə2/2
tarix22.04.2023
ölçüsü281,39 Kb.
#101429
1   2
13-maruza

13.2. SINASH STENDIDA AVTOMATIKA VA TELEMEXANIKA APPARATURALARINING PARAMETRLARINI O’LCHASH.
RO’A da raqamli indikatorlar sifatida gaz razryadli belgili indikatorlar, svetodiodlar va suyuq kristallar ishlatiladi. Gazrazryadli indikatorlarda anod ingichka setka ko’rinishida bajarilgan bo’lib, katod esa raqamlar (0-9) shaklida bajarilgan

a
11.1-rasm gazrazryadli inditsator shkalasi sxema.



13.2-rasm (TAS) (GATS) va (EM) (ETS) bloklarini tekshiruv stendi sxemasi


13.3-rasm (TAS) (GATS) va (EM) (ETS) bloklarini stendga ulanish sxemasi.

O’lchov natijalari ARO’ chiqishlarida paydo bo’lib, hisoblagichga yuboriladi. Raqamli hisoblagichlar triggerlarda tuziladi, masalan, RST modul’ kq2m bo’yicha hisoblagich, m ketma-ket ulangan triggerdan iborat.
ARO’ hamma raqamli asboblarning majburiy qismidir va kirishdagi analog (uzluksiz) signallarni chiqishda raqamli kodlarga o’zgartirish uchun xizmat qiladi. ARO’ da o’lchanayotgan kattalikni diskretizatsiyalash, kvantlash va kodlash amalga oshiriladi. O’zgartirish uchun asosan uchta quyidagi usul qo’llaniladi:

13.3. STRELKALI O’TKAZGICHLARDA O’LCHOVLAR.
Markazlashtirilgan strelkali garnitura va o’tkazgichlarining holatini tashqaridan tekshirish qabul qilish va jo’natish marshrutlarida ishtirok etuvchi strelkalarda haftada 2 marta, qolgan strelkalarda esa haftada kamida 1 marta amalga oshiriladi.
Bu holatda: strelkani o’tkazmasdan turib ostryakni ramali rel’sga zich yopishishi; o’tkazgichni, garniturasini, nazorat va ishchi tortqilari (tyaga)ni to’g’ri mahkamlanganligi; o’tkazgich korpusida, mahkamlovchi burchaklarida, ishchi va nazorat tortqilarida ko’rinuvchi yoriq va pachoqlanishining yo’qligi tekshirilishi kerak. Ko’zdan kechirish vaqtida strelkali o’tkazgichning normal ishini buzuvchi kamchiliklariga e’tibor berish kerak.
Ostryakni ramali rel’sga yopishinini 4 mm va 2 mmli shablonda qabul qilish va jo’natish marshrutlarida ishtirok etuvchi strelkalarda haftada 1 marta, qolgan strelkalarda esa 2 haftada 1 marta tekshiriladi.
Ostryak va ramali rel’s orasidagi tirqish 4 mmli shablonga tekshirilayotganda strelkali o’tkazgich ulanishi va o’tkazilganlikni tugaganligi haqida nazorat berishi kerakmas, ya’ni elektro’tkazgich friksiya rejimida ishlashi kerak. 2mmli shablonga tekshirilayotganda esa strelkali o’tkazgich ulanishi va o’tkazilganlikni tugaganligi haqida nazorat berishi kerak.
Strelkani normal o’tkazishda va elektrodvigatelni friksiyaga ishlashida iste’mol qiluvchi tokning qiymatini aniqlash strelkali o’tkazgich krestovinasiga, rel’sga, elektrodvigatelga va elektrodvigateldagi ishchi kuchlanishga bog’liq.
SP elektroo’tkazgichining friksion ushlagichini to’g’rilash texnologiyasi maxsus qurilma asosida bajariladi, ya’ni dinamometr DOSM-3-1, maksimal o’lchanadigan kuchi 9800 N.11
Strelkani o’tkazish kuchini tekshirish uchun strelkani o’tkazmasdan turib elektroo’tkazgich dvigatelida friksion qurilmani bemalol aylanishini ta’minlovchi holatga friksion ushlagichni qo’yib yuborish kerak. Keyin friksion ushlagichni shunday siqish kerakki strelka o’tkazilishi boshlanadi va dinamometr bilan o’rnatilgan kuch o’lchanadi.
Strelkali o’tkazgich izolyatsiyasi asosiy yo’llarda 1 oyda 1marta, qolgan yo’llarda esa 3 oyda 1 marta tekshiriladi.

NAZORAT SAVOLLARI

1.Signalni diskretlash va kvantlash qanday amalga oshiriladi?
2.Raqamli o’lchash asboblarining asosiy elementlari nimadan iborat?
3.Signallarni sonli kodlarga aylantirish usullarini keltiring.
4.Vol’tmetrda kuchlanishining qutbliligini indikatsiyalash qanday amalga oshiriladi?
5.Ossillografning ishlash tamoyilini tushuntirib bering.


11 Railway Signalling & Interlocing. Editor: G.Theeg. Eurailpress. Hamburg. 2009. 189 p

Yüklə 281,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin