13-ma'ruza. Genetik algoritmlar
13.6-rasm. Haqiqiy sonli kodlashga misol. Bu holda qoidaga ko’ra boshlang’ich populyatsiya tasodifiy shakllantiriladi va genlar ham tasodifiy qiymatlar bilan initsializatsiya qilinadi. Klassik genetik algoritm va uning asosiy bosqichlariGAlar - bu maqsadga erishish uchun evolyutsion tamoyillardan har xil foydalanishni birlashtirgan evolyutsion hisoblash deb nomlangan usullar guruhining bir qismi hisoblanadi. Klassik GA quyidagi bosqichlardan iborat [1, 3-5, 12, 15-17, 21-23]: Initsializatsiyalash yoki xromosomalarning boshlang'ich populyatsiyasini seleksiyalash; Populyatsiyada xromosomalarning moslanuvchanligini (yaroqliligini) baholash; Algoritmni to'xtatish shartini tekshirish; Xromosomalarni seleksiyalash; Genetik operatorlarni qo’llash; Yangi populyatsiyalarning shakllanishi; "Eng yaxshi" xromosomni seleksiyalash. Klassik GA bosqichlarini blok sxemasi 13.7-rasmda tasvirlangan. 13.7-rasm. GA bosqichlarini blok-sxemasi. GAning asosiy bosqichlarini tahlil qilamiz. Initsializatsiyalash - tasodifiy ravishda dastlabki xromosomalar(bit satrlar, string-xromosomlar, xromosomalar)ning populyatsiyasini shakllantirishdan iborat. Har bir xromosoma qidirish doirasi parametrlarining bir nutqasiga muvofiq bo`ladi. Populyatsiya kattaligi, ya’ni undagi xromosomalar soni, masalaning kattaligiga bog`liq bo`lib tadqiqotchi tomonidan beriladi. Har bir xromosoma - bu 0 va 1 dan iborat bo`lgan ikkilik tizimda kodlangan satr. Masalan, agar xromosomalar 0 dan 31 gacha butun sonlar bilan ifodalangan bo`lsa, unda uning ikkilik tizimda kodlangan ifodasini x1 (00000); x2 (00001); x3 (00010); ....; x31 (11111). ko`rinishda olamiz. Bu yerda har bir satrda 5 ramz(bit)lar mavjud. Ular genlar deb, satrlar esa - xromosoma(individ)lar deb nomlanadi. Umumiy holda ayrim xromosomalar belgilangan xromosomalar to`plami bilan ifodalanadi. Bunday xromosomalar genotip deb nomlanadi. Ko`pincha genotip sifatida bir xromosoma qaraladi. Genotiplarning xaqiqiy (dekodlangan) qiymatlari to`plamini fenotip deb ataydilar. Aniq genning xaqiqiy qiymatini allel deb ataydi. Aniq genning xromosomadagi joyini - lokus, genlarning joylar to`plamini esa - loklar deb ataydilar. Shunday qilib, boshlanishda initsializatsiyalash bloki tasodifiy ravishda m ta xromosomalardan iborat bo`lgan populyatsiyani x1 (01100); x2 shakllantiradi. (01001); x3 (10010);....; xm (01101) Yüklə 0,89 Mb. Dostları ilə paylaş: |