13-ma'ruza. Genetik algoritmlar



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə11/24
tarix30.09.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#151070
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
117710 (1)


k
x'  (0110010)


ko`rinishdagi mutatsiyalashgan genni hosil qilamiz. Bu '


k
xromosoma yangi populyatsiyaga kiritiladi.
GAda xromosoma mutatsiyasi chatishtiruvdan oldin ota-onaning populyatsiyasida yoki chatishtiruv natijasida hosil bo'lgan nasl populyatsiyasida amalga oshirilishi mumkin.
Yangi populyatsiyaning shakllanishida-vaqtinchalik OOPning xromosomalariga genetik operatorlarni qo'llash natijasida olingan xromosomalar yangi populyatsiyaga kiritiladi. U GAning ma'lum bir takrorlanishi uchun joriy populyatsiya deb ataladi. Har bir navbatdagi ketma-ketlikda ushbu populyatsiyaning

barcha xromosomalari uchun MFning qiymatlari hisoblab chiqiladi, undan keyin algoritmni to'xtatish sharti tekshiriladi va natijada MFning eng katta qiymatiga ega bo’lgan xromosoma o'rnatiladi yoki GAning keyingi seleksiyalash bosqichiga o'tish amalga oshiriladi. Klassik GAda xromosomalarning avvalgi populyatsiyasi o'rnini bir xil songa ega bo'lgan avlodlarning yangi populyatsiyasi egallaydi [17].

  1. "Eng yaxshi" xromosomani tanlash. Agar algoritmni to'xtatish sharti bajarilgan bo'lsa, unda ish natijasini chiqarish amalga oshiriladi, ya'ni masalaning kerakli echimi taqdim etiladi. Eng yaxshi echim - bu eng yuqori MF qiymatiga ega bo'lgan xromosoma hisoblanadi.

Shundan keyin navbatdagi baholash va seleksiyalash protseduralari bajariladi va natijada dastlabki kattaligi (populyatsiyadagi xromosomalar soni) bilan yangi populyatsiya shakllanadi.
Yuqorida aytilganidek, bu jarayon yaroqlilik darajasi berilgan qiymatiga yetganda yoki oldindan berilgan generatsiyalar soni bajarilgandan keyin to`xtatiladi.
13.7-rasmda keltirilgan
"Populyatsiyalarni baholash"-"Seleksiyalash"-"Chatishtiruv"-"Mutatsiyalash", ketma-ketlik avlod deb ataladi. Populyatsiya evolyutsiyasi ana shunday avlodlar ketma-ketligidan iborat bo’ladi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, GAlar organizmlar populyatsiyasining vaqt o'tishi bilan genetik o'zgarishidan iborat tabiiy evolyutsiya jarayonining xususiyatlarini meros qilib olgan bo’ladi.
Evolyutsiyaning davomiyligini quyidagi omillar bilan aniqlanishi mumkin:


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin