2. Populyatsiya — evolutsiyaning boshlang’ich birligi.
3. Evolutsiyaning boshlang’ich materiali
4. Evolutsiyaning boshlang’ich hodisasi.
5. Evolutsiyaning boshlang’ich omillari.
1. Evolyutsiyaning sintetik nazariyasining shakllanishi. Evolyutsiyaning sintetik nazariyasiga asos solgan asarlardan F. Dobjanskiyning (1901 —1975) «Genetika va turlarning paydo bo`lishi» ni ko`rsatib o`tish o`rinlidir. Unda populyatsiyaning genetik strukturasini qayta qurish mexanizmlari irsiy o`zgaruvchanlik, populyatsiyadagi organizmlar sonining o`zgarib turishi, tabiiy tanlanish, migratsiya, tur ichida yangi formalarning reproduktiv alohidalanishi haqida mulohaza yuritiladi.
Dobjanskiy tur ichida evolyutsion yangilanishning uch bosqichini farqlantirish lozimligini qayd qildi. Birinchi bosqich tur ichida ro`y beradigan gen, xromosoma mutatsiyalari va rekombinatsiyalar vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi bosqichda mavjud mutatsiyalar va rekombinatsiyalar tabiiy tanlanish nazoratida bo`lib, ular orasidan muhit sharoitiga moslashganlari tanlanadi. Shu bilan birgalikda tur evolyutsiyasida migratsiya va alohidalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Migratsiya mutant organizmlar tabiatning qulay joylariga tarqalishiga va bir qancha guruhlarga bo`linishiga sabab bo`ladi. Uchinchi bosqichda tur ichidagi guruhlardan mustaqil turlar hosil bo`ladi.
Evolyutsiyaning sintetik nazariyasini yaratishda olimlardan I.I.Shmalgauzen (1884-1963) ham salmoqli hissa qo`shdi. U embriologiya, morfologiya, paleontologiya, genetika dalillaridan ijldiy foydalanib evolyutsion nazariyani boyitdi hamda ontogenez va filogenezning o’zaro munosabati, evolyutsiyon jarayonining asosiy yo`nalishlari haqida ta’limot yaratdi. Uning “Evolyutsiyon jarayonining yo`nalishlari va qonuniyatlari”, “Evolyutsiya omillari” kabi asarlari biologiya fanining turli sohalarida ishlayotgan mutaxassislar uchun dasturul amal bo`lib qoldi. Olim dialektika metodini evolyutsiya jarayoniga qo`llab, tanlashning harakatlantiruvchi va stabillashtiruvchi xillarini kashf etdi. Uning ta’kidlashicha, har bir organizmda ikki – xossa nisbatan o`zgaruvchanlik va nisbatan turg`unlik mavjud.