|
Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi 2-Mavzu. Menejment nazariyasining shakllanishi va
|
tarix | 20.09.2023 | ölçüsü | 0,55 Mb. | | #145612 |
| yangisi
- Reja:2.1. Boshqarish ta'limotidagi yo’nalishlar
- 2.2."Ilmiy menejment" maktabi F. Teylor ta'limotining mazmuni va mohiyati
- 2.3. Mumtoz menejment namoyondasi A. Fayolь olg’a surgan tamoyillar
- 2.4. Insoniy munosabatlar maktabi namoyondasi D. Mak Gregorning X va Y
- nazariyasi
- 2.5. "Tizimli" yoki zamonaviy menejment mohiyati
- 2.6. O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari
- 1. Boshqarish ta'limotidagi yo’nalishlar
- Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu. Sezar, A.
- Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana
- boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. O’sha davr menejerlari
- harbiy intizomni o’rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga
- so’zsiz itoat etish kabi usullarni qo’llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish,
- ulardan iloji boricha ko’proq qo’shimcha qiymat undirishning g’oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir
- Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o’z qo’l
- ostidagilarni "qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash" bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan.
- Kapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor-mulk egasi ishlab chiqarishni o’zining shaxsiy
- tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi boshqaruvga
- bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e'tibor berila
- boshlandi.
- Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab
- chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab
- etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv
- sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini
- izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan vujudga keldi.
- O’sha davrdan boshlab to bugungi kunga qadar boshqaruv ta'limotida quyidagi
- to’rtta yo’nalish (maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o’zining tegishli hissasini
- Turli maktablarning boshqaruv ta'limotigaqo’shgan hissasi
- - Mamlakatni idora qilish va saltanatni
- boshqarish uslubi, strategiyasi va taktikasini
- joriy qildi.
- -XIV-XV asrlar voqealari va ijtimoiy
- hayotni o’zida aks ettirgan qimmatli asar
- Temur tuzuklarini yaratdi. Mazkur asarda
- bayon etilgan boshqarish yo’l-yo’riqlari,
- qonun-qoidalari, pand-nasihatlari
- O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash
- yo’lida xizmat qilmoqda.
- -Kuchli davlatni barpo etish, davlat
- hokimiyatining qaysi ijtimoiy toifalariga
- tayanishi, mansabdor shaxslarni ularning
- sifatlariga ko’ra tanlash va vazifalarga
- tayinlash borasida amaliy jihatdan
- mukammal bo’lgagn ta'limotni yaratdi.
- -Buyuk davlat arbobi, dunyoviy
- bilimlarning sohibi bo’lgan Sohibqiron
- markazlashgan davlatni barpo etishi orqali
- o’rta asrlarda buyuk shaxslar etishib
- chiqishi uchun moddiy, g’oyaviy zaminni
- yaratdi.
- - Vazifani bajarishning maqbul usullarini
- topish maqsadida ilmiy tahlilni qo’llash.
- - Vazifani bajaruvchi eng maqbul xodimni
- tanlash va uning o’qitilishini ta'minlash.
- - Vazifani samarali bajarilishini
- ta'minlovchi xodimlarni zarur resurslar bilan
- ta'minlash.
- - Yuqori mehnat unumdorligini ta'minlash
- maqsadida xodimlarni muntazam
- rag’batlantirib turish.
- - Boshqaruv printsiplarini rivojlantirish.- Boshqaruv funktsiyalarini bayon etish.
- - Tashkilotni yalpi boshqarishda sistemali
- - Mehnat unumdorligini oshirish maqsadida
- o’zaro munosabatlardan qoniqish hosil
- qiluvchi usullarni qo’llash.
- - Kompaniyaning siyosati va istiqbolini
- xodimlarning xulq-atvoriga asoslangan
- holda tashkil etish.
- - Murakkab boshqaruv muammolarinichuqurroq tushunish maqsadida turli
- modellarni ishlab chiqish va qo’llash.
- - Murakkab vaziyatlarning echimi bo’yicha
- boshqaruv xodimlariga yordam beruvchi
- miqdoriy usullarni ishlab chiqish.
- 2.2. ” Ilmiy menejment ” maktabi, F. Teylor ta'limotining mazmuni va
- mohiyati"Ilmiy menejment" maktabi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Amerikada shakllana
- boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan, ya'ni "boshqaruvning mumtoz maktabi" deb ham
- yuritilgan. Bu maktab ibtidosida amerikalik muhandis va ixtirochi F. Teylor (1856-1915) turgan edi. Uning
- nazariyasi keyinchalik "Teylorizm" degan nom olgan. U yaratgan tizim esa ishchilarning "siqib suvini
- olish"ning ilmiy tizimi deb atalgan.
- F. Teylor ta'limotining asosiy mazmuni-yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda g'oyatda va maqbul
- usullarni izlashdir.
- Uning printsiplariga binoan:
- mehnatning har bir jarayoni, uning ko'lami va ketma-ketligi aniq puxta
- ixtisoslashtirilishi shart;
- har bir mehnat turi qat'iy vaqt oralig'ida taqsimlanishi lozim;
- har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan
- qoidalarga bo'ysundirilgan bo'lishi kerak;
- uqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy
- talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim;
- ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo'yilishi shart;
- boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas'uliyatini aniq belgilash va vazifalarini
- to'g'ri taqsimlash shart.
- F. Teylorning mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasidagi takliflari ishlab chiqarishga tadbiq
- etilganda mehnat unumdorligi ikki baravar (100%)ga o'sishiga olib kelgan. Ayniqsa, qo'llagan
- haronometraj usuli diqqatga sazovordir. F. Teylor nazariyasiga ko'ra rahbar va mutaxassislarni kam
- malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga xos bo'lmagan vazifalardan ozod qilish, ishchidan
- esa boshliqlarning barcha buyruqlarini hech qanday mulohaza yuritmasdan, biror-bir shaxsiy tashabbus
- ko'rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni talab qilish kerak edi. F. Teylor boshqarishni "aniq qonun va
- qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm, shuningdek, nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta hamda
- arzon usulda bajarish san'ati" deb baholagan.Shunday qilib, F. Teylor "boshqaruvning mumtoz
- maktabi"ni yaratishga asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Evropaning
- boshqa mamlakatlarida ham turli nazariya va oqimlar ko'rinishida rivojlanib bordi.
- F. Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G. Emerson mehnatni ilmiy tashkil
- qilish bo'yicha yirik mutaxassislardan bo'lib, u boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks,
- sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning "Mehnat unumdorligining 12 printsipi" nomli asarida yoritilgan.
- G. Emerson ilmiy boshqaruv printsipini mohiyatiga ko'ra quyidagi ketma-ketlikda bayon qilgan.
- 1. Aniq qo'yilgan maqsad va g'oyalar.
- 2. Oqil, sog'lom fikr.
- 5. Xodimga nisbatan adolatli bo'lish.
- 6. Tezkor, ishonchli, to'liq, aniq va muntazam hisob-kitob.
- 7. Dispetcherlash.
- 8. Me'yorlar va jadvallar.
- 9. SHaroit bilan ta'minlash.
- 10. Operatsiyalarni me'yorlash.
- 11. Standart yo'riqnomalarni tayyorlash.
- 12. Unumdorlikni rag'batlantirish.
- Ko'rinib turibdiki, G. Emersonning diqqat-e'tiborida, eng avvalo ikki, ya'ni aniq qo'yilgan maqsad va
- g'oya, shuningdek oqilona fikr turibdi. G. Emerson ishchining ish vaqtida bajaradigan harakatlarini
- o'rganib, ishchiga beriladigan ish xajmi normalarini, ishni bajarishning ortiqcha, unumsiz harakatlarini
- bartaraf etuvchi eng muvofiq usullarini ishlab chiqdi.
- Bunda masalan, nisbiy ish haqining maxsus tizimi oqilona fikr asosida qo'llanilib, unga ko'ra berilgan
- normani bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffitsientlari oshirilar (8-band), uni bajara olmagan
- ishchilarga esa stavkalari 20-30% pasaytirilib, jarima solingan. Shu bilan birga berilgan vazifani yuqori
- darajada bajarilishi uchun sharoit ham yaratilgan.
- 2.3. Mumtoz menejment namoyondasi A. Fayol olg'a surgan tamoyillar"Ilmiy menejment"
- namoyandalari o'z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot, boshqaruvini takomillashtirishga
- bag'ishlashgan. Ular boshqaruvning quyi darajasidagi masalalar bilan, ya'ni faqat ishlab chiqarish
- darajasidagi boshqaruv bilan shug'ullanishgan. Ma'muriy maktabning vujudga kelishi munosabati bilan
- mutaxassislar endi umumtashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug'ullana boshladilar.
- Teylor va Gilbertlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuhrat qozonib martabaga minganlar.
- Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to'g'risidagi tushunchalariga keskin ta'sir etgan. Ulardan farqli
- o'laroq, mumtoz ma'muriy maktabining asoschilari:
- Yirik biznens sohasida mashhur, boshqaruvning yuqori bo'g'inida esa yuksak tajribali amaliyotchi
- rahbarlar bo'lishgan.
- Ularni tashvishlantirgan bosh masala - bu umumtashkilot miqyosida samaradorlikka erishish bo'lgan.
- Shunday maqsad qo'yilgan bo'lsa-da, ular boshqaruvning sotsial jihatlariga unchalik e'tibor berishmagan,
- ustiga-ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan chiqmagan. Shu sababli ularning yondoshuvlari
- ilmiy metodologik asosga ega bo'lmagan.
- "Mumtoz"chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai nazaridan yondoshib, undagi umumiy
- xususiyatlar va qonuniyatlarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi
- ikki jihatiga e'tiborni qaratishgan:
- tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular tashkilotni bo'linmalar yoki ishchi guruhlarga
- bo'lishni, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muhim tomonlari deb
- hisoblashgan;
- tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilarning oqilona boshqarilishiga erishish. Shu maqsadda
- boshqarishda yakkaboshlik bo'lishini va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olishi va unga bo'ysunishi
- lozim degan g'oyani ilgari surishgan.
- A. Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shgan frantsuz olimlardandir. U
- Frantsiyadagi ko'mir qazib oluvchi yirik kompaniyani boshqargan. A. Fayol o'zining boy amaliy tajribasini
- "Umumiy va sanoat boshqaruvi" (1916 nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan quyidagi
- boshqaruv g'oyalari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan (2-jadval).2-jadval. Anri Fayolning
- boshqarish tamoyillari
- - Ixtisoslashuv natijasida ko’p miqdorda va yuqori sifatlimahsulot ishlab chiqariladi. Bunga e'tibor
- qaratilishi lozim
- bo’lgan maqsadlar sonini keskin qisqartirish evaziga erishiladi
- - Vakolat-bu buyruq berish uchun berilgan huquq. Mas'uliyatesa buning aksi. qaerda vakolat berilgan
- bo’lsa, o’sha erda
- mas'uliyat vujudga keladi
- - Intizom rahbar bilan xodim o’rtasida o’zaro hurmatni, quloq
- solishni talab qiladi. Shartnomalarning so’zsiz bajarilishini
- taqozo etadi.
- - Xodim bevosita boshlig’idan buyruq olishi kerak.
- Yo’nalishning
- bir xilligi
- - Yagona maqsad doirasida faoliyat ko’rsatayotgan har birguruh, yagona reja asosida ishlashi va bitta
- rahbarga ega
- - Alohida xodim yoki guruhning manfaatlari bir-biriga zid
- kelmasligi kerak.
- - Xodimlarning ishonchini qozonish va ularning hamdardliginioshirish uchun ularga adolat yuzasidan
- barcha mehnatiga haq
- - Hamma o’z o’rnida bo’lishi va o’z burchini ado etishi lozim.
- -Bunda quyi daraja yuqoridan nazorat qilinadi va yuqorigabo’ysunadi.
- -hamma o’z o’rnida bo’lishi va o’z burchini ado etishi lozim.
- -Tashkilotda adolatning hukm surishi-bu qonunning ustuvorligibilan rahmdillikning uyg’unlashuvi.
- - Yuqori darajadagi qo’nimsimzlik tashkilot faoliyati
- samaradorligini pasaytiradi. O’z ish joyini mustahkam egasi
- bo’lish harakatida bo’lgan oddiy rahbar bir joyda muqim
- ishlashni istamaydigan iste'dodli rahbardan ming chandon
- yaxshi.
- -Tashabbus-bu tom ma'noda rejani ishlab chiqish va uning o’z
- vaqtida bajarilishini ta'minlashdir.
- -Ittifoq-bu kuch. U esa xodimlar o’rtasidagi hamjihatlikning vamanfaatlarning hamohanglashuvi natijasi
- bo’lishi mumkin.
- 2.4. Insoniy munosabatlar maktabi namoyondasi D. Mak Gregorning X va Y
- nazariyasi"Ilmiy menejment" va "mumtoz menejment" namoyandalari mehnatni ilmiy tashkil qilish
- usullarini ishlab chiqishdi va mehnatni texnokratik boshqarilishiga asos solishdi. Bu usulga ko’ra:
- rahbarning xodimga bo’lgan munosabatlari alohidalashtiriladi;
- mehnatni rag’batlantirish qat'iy normalashtirildi;
- mehnatni rejalashtirish va nazorat qilish qat'iylashtirildi;
- mehnatni "jismonan majburlash" joriy qilindi;
- yollanma ishchidan "fikrsiz robot" sifatida foydalanish usuli qat'iy o’rnatildi.
- Mehnatni texnokratik boshqarish usuli yollanma ishchilarning mehnat unumdorligini oshirishda g’oyatda
- samarador va maqbul usul sifatida ko’p yillar davomida xizmat qildi. Ayniqsa, bu usul G. Ford zavodlarida
- yuqori rivojlanishga erishdi. Uning boshqa izdoshlari ishlab chiqarishni uzluksiz-konveyner usulida tashkil
- etish orqali boshqarishni markazlashtirishga, mehnatni ilmiy tashkil etishga, unumdorlikni keskin
- oshirishga erishdilar.1850-1860 yillarda fan-texnika omilining kuchayishi mehnatni tashkil qilish va uni
- boshqarishda qo’llanilayotgan texnokratik usulning takomillashtirilishini taqozo etdi. Fan texnika
- taraqqiyoti yangi texnologiyalarning kirib kelishini jadallashtiradi.
- Endi ishchi kuchiga bo’lgan munosabat tundan o’zgaradi. Shunday bir sharoitla 1820-1830 yillari AQShda
- ilmiy va mumtoz menejmentlarga muqobil harakat sifatida "teylorizm"ga qandaydir darajada qarshi
- yangi nazariya -"insoniy munosabatlar" maktabi paydo bo’ldi. Bu maktabga amerikalik jamiyatshunos va
- ruhshunos E. Meyo (1880-1949) asos soldi.
- Bu maktab nuqtai nazaridan:
- ishchi - bu fikrsiz robot emas, balki obro’-e'tiborga, o’z-o’zini hurmat qilishga, o’z qadr-qimmatini his
- etishga;
- boshqa kishilar tomonidan ma'qullanishga, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga erishishga intilishda
- muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega bo’lgan individdir.
- Ayni individlar kompaniya va firmalarning manbai ekanligidan kelib chiqib, insoniy munosabatlar
- maktabi boshqaruvining:
- ishchilar bilan hamkorlikdan;
- kompaniyadan "birdamlik ruhi" va "mushtaraklik tuyg’usi"ni shakllantirishdan foydalanish hamda ularni
- rag’batlantirishga asoslangan tegishli usullarni ishlab chiqdi.
- Amerikalik olim D. Mak-Gregor (1906-1964) "inson munosabatlari" maktabining atoqli
- namoyandalaridan hisoblanadi. U inson xulq-atvorining ikki modeli, xodimning o’z mehnatiga ikki xil
- munosabatda bo’lishi mumkinligini inobatga olib X (iks) va U (igrik) nazariyasini yaratdi.X (iks)
- nazariyasiga ko’ra, namunaviy yollanma ishga - tabiatdan yalqov bo’lgan kishi, shu sababli u topshirilgan
- ishdan bo’yin tovlashga urinadi, unda izzattalablik, mas'uliyat sezish, fahm-farosat etishmaydi. Bunday
- holatda xodimni doimo majburlash, nazorat qilish, jazolash va jarima solish qo’rqitib turish zarur.
- Y (igrik) nazariyasi birinchisiga qarama-qarshi: yollanma ishchilar tabiatan faol, ularga tashabbuskorlik va
- uddaburonlik, o’z zimmasiga mas'uliyat olish salohiyati xosdir. Bunday holda menejerning vazifasi
- kishilar o’z maqsad va manfaatlariga g’oyat maqbul tarzda erishadigan shart-sharoitni yaratishdan iborat
- bo’lgan. Kompaniyaning siyosati va istiqboli esa xodimlarning xulq-atvoriga asoslangan holda tashkil
- etilishi kerak. Bu nazariyaga muvofiq keluuchi ishchini rag’batlantirish va unga qulay muhit yaratib
- berishgina kifoya qiladi.
- Albatta, har ikkala nazariya ham faqat nazariyadir. Amaliyotda ular sof ko’rinishda uchramaydi. Inson
- murakkab va ziddiyatli mavjudot. U o’zida ham birinchi, har ikkinchi modellar sifatini mujassamlashtiradi.
- Boshqarishning yuksak san'at ekanligi ham ana shu ikki jihatni uyg’unlashtirishdir.
- 2.5. “Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyatiXX asrning 60-80-yillarida g’arbda zamonaviy
- menejment rivojlana boshlandi. g’arb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil
- qilish maqsadida:
- tizimli yondoshuv asoslarini ishlab chiqishdi;
- yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko’rib chiqishdi;
- bir qancha o’zgaruvchi omillarning boshqaruvga ta'sirini o’rganishdi.
- Bu maktab namoyandalari (amerikalik Ch. Barnard, G. Saymon) zamonaviy menejmentda quyidagi to’rt
- yondoshuvni asoslab beradi:
- 3-jadval. "Tizimli" yoki zamonaviy menejment
- Boshqarishga
- yondoshuv turlari
- Izoh
- - Tizim-bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan qismlarmajmuidir. har bir qism yaxlit tizimning o’zgarishiga
- o’z hissasini qo’shadi. Tashkilot-bu yaxlit ochiq
- tizimdir. Uning taqdiri tashqi va ichki muhitga
- bog’liq. Tashkilotni boshqarishga tizimli
- yondoshuvda asosan uning ichki muhitiga (iqtisodiy,
- ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy), e'tibor beriladi.
- - Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday
- qismlardan tashkil topgan degan savolga javob
- topolsak-da, bu o’rinda qismlarning qaysi biri
- muhim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali
- degan savol ko’ndalang turmaydi.
- - Yaxlitning qaysi bir qismi o’ta muhim degan
- savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda
- tashkilotning ichki tarkibidagi o’zgarishlar tashqi
- muhitning ta'siri bilan bog’lab o’rganiladi. Ammo
- turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab
- qiladi.
- - Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng
- oqilona yo’llarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu
- nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funktsiyalarni
- bajaradi:
- - Bunday yondoshuvda asosan:
- -menejmentning operatsion printsipiga;
- -qaror qabul qilish nazariyasi printsiplariga;
- -matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e'tibor
- qaratiladi.
- Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida
- nafaqat matematik; statistika, kibernetika,
- muhandislik fanlari bilan sotsiologiya birga
- ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham
- keng foydalaniladi.
- Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini electron hisoblash texnikasi hamda
- eng yangi matematik usul va vositalarni qo’llagan holdatadqiq qilishdir. Tizimli menejment qarorlarning
- oqilonaligini ta'minlashni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi.
- 2.6. O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillariO’rta Osiyoda menejmentning nazariy
- asoslari va uning asosiy printsiplari qadim zamonlarda ham u yoki bu ko’rinishda mavjud bo’lgan. Ammo
- ular Amir Temur hukmronligi davriga kelib ma'lum shaklni kasb etgan, bunga Amir Temurning "Temur
- tuzuklari" asari yorqin misol bo’la oladi.
- "Temur tuzuklari" jahonga mashhur asardir. Uning qo’lyozma nusxalari dunyoning deyarli barcha
- mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Frantsiya, Rossiya, Frantsiya, Germaniya, Armaniston,
- O’zbekiston va b.) kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat.
- Birinchi qism Amir Temurning o’z davlatini barpo etish uni har jihatdan mustahkamlash, mukammal
- qurollangan qudratli qo’shin tuzish borasida tadbiq etgan "tuzuklari" va rejalaridan iborat bo’lib, unda
- hatto qo’shinning jangovor saflanish tartibi ham maxsus jadvallar orqali ko’rsatib berilgan.
- Asarning o’n uch qism (kengash)dan iborat ikkinchi bobida esa Sohibqironning kuchli feodal davlatni
- barpo etish, qo’shin tuzish va dushman lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga
- oshirgan ishlar o’z ifodasini topgan.
- "Tuzuklar" muallifning fikricha, har bir sohibi toj davlat va jamiyatni ma'lum ijtimoiy-siyosiy guruhga
- tayangan holda boshqarishi lozim.
- Davlatni idora qilishda vazirlar, amirlari va viloyatlarda o’tirgan noiblarning roli benihoya katta bo’lgan.
- Shuning uchun ham Amir Temur ularni tanlash va vazifalarga tayinlash ishiga alohida ahamiyat bergan.
- Ular Sohibqironning fikricha sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar
- bo’lishi kerak. "Tuzuklar" muallifining fikriga ko’ra, masalan, vazirlar to’rt sifatga ega bo’lishlari shart:
- 1. Asillik, toza nasllik va ulug’vorlik.
- 2. Aqlu farosatlik.
- 3. Sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g’amxo’rlik ko’rsatish, ular bilan yaxshi muomalada
- bo’lish.
- 4. Sabru bardoshlilik, muloyimlik.
- "Tuzuklar"da keltirilgan ma'lumotlarga ko’ra Amir Temur o’z davlatini, bir uchi Chinu Mochin va ikkinchi
- uchi Shom hududida bo’lgan ulkan malakatni bor-yo’g’i etti nafar vazir yordamida boshqargan.
- Bular 4-jadvalda berilgan:
- - Bu vazir el-yurtning muhim ishlarini, kunda chiqibturadigan muammolarni, raiyat ahvolini, olingan hosil,
- daromadning miqdori, oliq-soliq, davlat harajatlari, el-
- yurtning obodonchiligi va aholining farovonligi qay
- darajada ekanligidan oliy hukmdorni xabardor qilib turgan.
- - Sipohiylarning maosh va tanholarini boshqargan, uning
- qiyinchilik va parishonlikka tushib qolmasligining chora-
- tadbirlarini ko’rgan, sipoh ahvolidan doimo podshohni
- ogoh etib turgan.
- Mol-mulk, daromad,harajatlar vaziri
- - Turli sabablarga ko’ra egasiz qolib ketgan er-suv vamol-mulkni boshqargan, zakot va boj yig’imiga
- mutasaddilik qilgan.
- - Podshohga qarashli er-suv va mol-mulk, shuningdek
- davlat muassasalarining faoliyatini nazorat qilib turgan.
- -Adliya muassasalarini boshqargan
- -Podshohning favqulodda huquqlarga ega bo’lgannazoratchisi.
- -Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan yozishmalardevonining boshlig’i.
- El-yurtning obodonligi, salatanatning ustuvorligi ko’p jihatdan mana shu vazirlarga bog’liq bo’lgan.
- Boshqaruv tizimining shu tariqa oqilona tashkil etilishi uning negizida inson manfaatlari yotganligi, davlat
- siyosatining boshqaruvga ijobiy ta'siri dunyoda buyuk davlat paydo bo’lishi bilan yakunlanadi.
- Bu markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishiga olib kelgan
- boshqaruv nazariyasi faqat u davlatdagina emas, balki boshqa o’lkalarda ham davlatni ilmiy boshqarish
- nazariyasi sifatida qo’llanila boshlandi.
- Qisqa xulosalarBoshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu.
- Tsezar, A. Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab
- shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.
- XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab
- chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab
- etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv
- sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini
- izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan vujudga keldi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|