Evolyutsiya sintetik nazariyasining shakllanish va rivojlanish davrlari Reja


Evolyutsion nazariya genetika va ekologiya bilan tobora yaqin hamkorlik qilishi natijasida evolyutsiyaning sintetik nazariyasi vujudga keldi va rivojlandi



Yüklə 16,49 Kb.
səhifə3/7
tarix17.10.2023
ölçüsü16,49 Kb.
#156756
1   2   3   4   5   6   7
Evolyutsiya sintetik nazariyasining shakllanish va rivojlanish d-fayllar.org

Evolyutsion nazariya genetika va ekologiya bilan tobora yaqin hamkorlik qilishi natijasida evolyutsiyaning sintetik nazariyasi vujudga keldi va rivojlandi.

Genetiklar populyatsiyaning genetik strukturasi sifat va miqdor jihatdan yangilanishida tashqi muhitning ta’sirini o`rganishda tobora katta ahamiyat berayotgan bo`lsalar, o`z navbatida, ekologlar ham tur ichidagi turlararo munosabatlarni aniqlashga oid o`z tadqiqotlarida ularning genetik boshqarilishiga katta e’tibor berib, ularni evolyutsiyani harakatlantiruvchi sabablar sifatida talqin etmoqdalar. Evolyutsiyaning boshlang`ich birligi bo`lgan populyatsiya albatta, boshqa turga kiruvchi populyatsiyalar, shuningdek, biosenozda ro`y beradigan turli xil jarayonlar bilan bog`lanmasdan turib, tarixan rivojlana olmaydi.

Shuning uchun ham organik olamning evolyutsiyasini o`rganish biogeosenotik darajada tadqiq qilinmoqda. Biogeosenologiya asoslari olimlardan V.N.Sukachev (1880-1970) tomonidan 40-yillardayoq yaratilgan edi. U biogeosenologiyani evolyutsion nazariya bilan birga qo`shishga harakat qildi. Natijada evolyutsion nazariya uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan biosenozdagi organizmlar sonining o`zgarishi, tur ichidagi munosabatlar, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish shakllari, evolyutsiya jarayonini tartibga solish haqidagi bilimlar to`plandi. Bu borada olingan ma’lumotlar biosenoz evolyutsiya jarayoni boradigan maydon ekanligini, unda individlar, populyatsiyalar, turli biogeosenozlar va biosfera evolyutsiyasi amalga oshishini ko`rsatdi. Evolyutsiyani biogeosenotik miqiyosda tadqiq qilish evolyutsion nazariyaga matematik va kibernetik usullarni, ya’ni evolyutsiya jarayonini modellashtirish imkonini yaratdi. Keltirilgan ma’lumotlar evolyutsiyaning sintetik nazariyasi evolyutsion ta’limotning eng yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi.

Mazkur nazariyaning asosiy qoidalari bo`lib,

1. Evolyutsiyaning boshlang`ich materiali mutatsion va kombinativ o`zgaruvchanlik hisoblanadi.


Yüklə 16,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin