2. Evolyutsiyaning boshlang`ich birligi populyatsiya sanaladi.
3. Evolyutsiyaning boshlang`ich omillari – genetika avtomatik jarayon, populyatsiya to`lqini va alohidalanishdan iborat.
4. Har bir tur populyatsiyalardan tashkil topgan.
XX asrga kelib, irsiyat va o’zgaruvchanlik, bir va har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi munosabatlar, tur strukturasi kabi masalalar atroflicha o’rganila boShlandi.
Genetika, ekologiya, molekulyar biologiya singari biologiyaning yangi sohaiari Shakllandi. Mazkur fanlarning klassik darvinizm bilan qo’shilishi natijasida evolutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi.
Bu nazariyaning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
1. Evolutsiyaning boshlang’ich materiali — mutatsion va kombinativ, rekombina-tiv o’zgaruvchanlik.
6. Tur — morfologik, biokimyoviy, ekologik, genetik jihatdan nisbatan farqlanuvchi jinsiy jihatdan alohidalashgan organizmlardan iborat.
7. Turlar tarkibida kenja turlar, populyatsiyalar uchraydi.
8. Evolutsiya divYergent, ya’ni bir ajdod turdan bir nechta yangi turlar kelib chiqiShi, ayrim hollarda esa yagona ajdod turdan yagona yangi tur paydo bo’liShi mumkin.
9. Evolutsiya asta-sekin uzoq muddatli jarayon bo’lib, bunda turlarning kelib chiqiShi bir populyatsiyaning boshqa yangi populyatsiya bilan almaShinishi bilan tavsiflanadigan evolutsion bosqich sanaladi.
10. Turning asosiy mezoni jinsiy alohidalanish ekanligi eotiborga olinsa, mazkur mezonni jinsi yaxShi ifodalanmagan organizmlarga nisbatan tatbiq etib bo’lmaydi.
Mikroevolutsiya tur doirasidagi evolutsion jarayondir. Bu haqda so’z yuritilar ekan, awalo evolutsiyaning boshlang’ich birligi bo’lgan populyatsiyani yoritiSh joizdir.