Evolyutsiya sintetik nazariyasining shakllanish va rivojlanish davrlari Reja



Yüklə 16,49 Kb.
səhifə2/7
tarix17.10.2023
ölçüsü16,49 Kb.
#156756
1   2   3   4   5   6   7
Evolyutsiya sintetik nazariyasining shakllanish va rivojlanish d-fayllar.org

Turg`unliksiz o`zgaruvchanlikning bo`lishi mumkin emas. Stabillovchi tanlashning ijod qilishi Shmalgauzen tomonidan evolyutsion nazariyaga qo`shilgan byebaho hissadir. Evolyutsiyaning sintetik nazariyasini yaratishda Dj. Geksli (1887 – 1925) chop etgan “Evolyutsiya. Zamonaviy sintez” asari katta o`rin tutdi. Asarda populyatsiya genetikasi, ekologiya, embriologiya, biogeografiya dalillarini tahlil qilish asosida olim yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, adaptatsiya, geografik o`zgaruvchanlik, tur paydo bo`lishi, progressiv evolyutsiya kabi muammolar yoritilgan.

1930 yillar davomida mikroevolyutsiya jarayonlarini o`rganishda klassik darvinizmning genetika va ekologiya bilan hamkorligi 1940 – yillarning boshiga kelib evolyutsiyaning sintetik nazariyasini yaratishga imkon berdi.

Evolyutsion nazariyani rivojlantirishdagi 1955 – yildan hozirgacha davom etib, u evolyutsiyaning sintetik nazariyasi uzil – kesil tarkib topishi bilan xarakterlanadi. Evolyutsiyaning sintetik nazariyasi organik olam evolyutsiyasining boshlang`ich birligi populyatsiya ekanligini isbotladi. Shunga ko`ra, olimlar o`z diqqat – e’tiborini uning genetik va ekologik strukturasini o`rganishga qaratdilar. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar har bir populyatsiya polimorfizm ko`rinishida ekanligini, ya’ni genotip va fenotip jihatdan o`zaro farq qiluvchi bir nechta formadan tashkil topganligini ko`rsatdi. Populyatsiyalarni tadqiq qilish bo`yicha birmuncha yutuqlarga erishilgan bo`lsa ham, evolyutsiya sintetik nazariyaning kelgusi taraqqiyoti tarixiy jarayonda organizmlarda ro`y beradigan anatomik – morfologik, fiziologik – biokimyoviy, etologik xossalarning o`zgarishini o`rganishni taqozo qilar edi. Ontogenez evolyutsiyasini oydinlashtirishda molekulyar genetika, filogenetika muhim rol o`ynadi. Xususan, 1944 – yili O.Evyeri shogirdlari bilan birgalikda bakteriyalarda irsiy axborotni DNK molekulasi bir organizmdan ikkinchi organizmga o`tkazish mumkinligini isbotladi. Shundan so`ng olimlar irsiy axborotni tashuvchi zamin nuklein kislotalarning tuzilishi va funksiyasini aniqlashni maqsad qilib qo`ydilar. Oqibatda 1953 – yili Amerikalik Dj. Uotson va F.Krik DNKning molekulyar tuzilishini aniqlashga muvaffaq bo`ldilar. Genetik kod, oqsil biosintezida ishtirok etuvchi i-RNK, t-RNK, r-RNK larning kashf etilishi individual rivojlanishning o`ta nozik tomonlarini aniqlash imkonini berdi.


Yüklə 16,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin