5-rasm. Davriy cho‘kadigan qalqovichli va ko‘rsatishlarni masofaga pnematik uzatadigan sath o‘lchagich sxemasi Qalqovich shunday og‘irlikka egaki, u
suyuqlikka batamom cho‘kkanda, qalqib
chiqmaydi. Sterjen 4 ning bo‘sh uchida
pnevmoqurilma 7 ning zaslonkasi (to‘siq) 5
mahkamlangan. Torsionli naychaning sterjeni
burilganda to‘siq soplo 6 ga nisbatan shu burilish burchagiga teng burchakka siljiydi. Pnevmoqurilma
7 to‘siqning burchakli siljishini ikkilamchi asbob 8 orqali o‘lchanadigan bosimning mutanosib o‘zgarishiga aylantiradi. Bosim o‘lchaydigan asbobning shkalasi 8 sath birligida darajalangan.
Suyuqlik sathni masofadan o‘lchash uchun kuch kompensatsiyasi prinsipiga asoslangan, o‘zgarmas tokning 0-5 va 0-20 mA unifikatsiyalangan chiqish signaliga (UB-E rusumli) yoki 20...100 kPa havo bosimiga mo‘ljallangan (UB-P rusumli) qalqovichli sath o‘lchagichlari qo‘llaniladi va qalqovichli sath o‘lchagichlarining o‘lchov chegarasi ushbu qatordan tanlanadi: 0—0,25; 0,4; 0,6; 1,6; 2,5; 4,0; 6,0; 10,0; 16,0 va 20 m. Aniqlik sinfi 0,6; 1,0; 1,6 va 2,5 bo‘lishi mumkin. Hisob-kitob amallari uchun sath o‘lchagichlar asosiy xatoliklari ±1,0 dan 10,0 mm gacha bo‘ladigan qilib tayyorlanadi.
Agressiv suyuqliklar sathni o‘lchashda qalqovich korroziyaga bardosh materialdan tayyorlanadi. Qalqovichli sath o‘lchagichlardan katta zichlikka ega bo‘lgan (azot, neon va b.) suyuqlashtirilgan
gaz sathini o‘lchashda ham, 32 MPa bosimda va 400 °C gacha bo‘lgan haroratda muhitni nazorat qilishda ham foydalaniladi.
Qalqovichli sath o‘lchagichlar ma’lum afzalliklarga ega: qurilma sodda, o‘lchash chegarasi katta, aniqligi etarlicha katta, agressiv muhitlar sathini o‘lchash mumkin, o‘lchashning harorat chegarasi keng. Ularni qo‘llanishni chegaralovchi kamchiliklari: idishda qalqovich borligi, metall ko‘p ketishi, kinematik qismlari borligi sababli etarlicha mustahkam emasligi, idishlarda bosim ostida sathni o‘lchash qiyinchiliklari.