13-Ma’ruza: sathni o’lchash usullari va asboblari


Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə13/13
tarix25.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#196313
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
13-Ma’ruza sathni o’lchash usullari va asboblari

Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlar. Suyuq metall sathni o‘lchashda istiqbolli usul - radioto‘lqinli usuldir. Elektromagnit to‘lqinlarining tebranish parametrlarini suyuqlik sathiga bog‘liqligiga asoslangan sath o‘lchagichlar radioto‘lqinli sath olchagichlar deb ataladi.
Radioto‘lqinli usullarga radiolokatsion, radiointerferension, endovibratorli va rezonansli usullar
kiradi.
Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlarning ishlashi elektromagnit to‘lqinlarning elektr va magnit xossalari bilan farq qiladigan muhitlarning chegarasidan qaytishi hodisasiga asoslangan.
Elektromagnit to‘lqinlarning tarqalish tezligi v muhitning dielektrikligi ε va magnit o‘tkazuvchanligi μ qiymatlari bilan topiladi:

v C , (22)
  



bu erda, C – vakuumda yorug‘lik tezligi.
Sath o‘lchagich sxemasi (14-rasm) nur tarqatgich 1, elektromagnit energiyasi qabul qilgichi 2 va
vaqt oralig‘ini o‘lchash qurilmasi 3 dan iborat. Sath qiymati h nur tarqatgich signalni jo‘natish payti
bilan qaytgan signal qabul qilgich 2 ga kelgan payt orasidagi vaqtni aniqlash yordamida topiladi. Bu
kattaliklar ushbu munosabat bilan bog‘langan.
H h C


 
  2(  ) . (23)
Odatda, lokatsiya gaz muhiti orqali suyuqlik ustida olib boriladi (agar suyuqlik elektr o‘tkazmaydigan bo‘lsa, lokatsiya prinsip jihatidan suyuqlik orqali ham amalga oshirilishi mumkin). Lokatsiyaning gaz (havo) orqali olib borilishi ma’qulroq, chunki nur tarqatgichlar suyuqlik ta’siriga berilmaydi, bundan tashqari, gazlarning magnit va dielektrik o‘tkazuvchanligi katta emas va amalda gazning parametrlari o‘zgarishiga va xossalariga bog‘liq emas. Bu sath o‘lchagich ko‘rsatishlarining amalda suyuqlik xossalariga bog‘liq emasligini ko‘rsatadi. Bunday sath o‘lchagichlarning kamchiligi kichik vaqt oralig‘ini aniq o‘lchash qiyinligidir, ular nurlanish doirasida turgan boshqa predmetlarga g‘oyat sezgir. Suyuq metallarning sath o‘lchagichlari 200 mm gacha o‘lchash diapazoniga ega, o‘lchashnin asosiy xatoligi ±2 %.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. YUsupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish.
–Toshkent: O‘qituvchi, 2011. -576b.
2. Farzane N.G. i dr. Texnologicheskie izmereniya i priborы. –M.: Vыsshaya shkola. 1989.
3. YUsupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari. –Toshkent: O‘qituvchi. 1997.
4. YUsupbekov N.R., Muxitdinov D.P., Avazov YU.SH. Avtomatika va nazorat o‘lchov asboblarining tuzilishi va vazifasi. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. –T.: Iqtisod-moliya, 2010.

73

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin