13-Ma’ruza: sathni o’lchash usullari va asboblari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə9/13
tarix25.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#196313
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
13-Ma’ruza sathni o’lchash usullari va asboblari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Elektr
10-rasm. Sath o‘lchashni elektron indikatori (EI) ning prinsipial sxemasi

Ko‘prik usulida nazorat qilinayotgan sig‘im ko‘prikning bir elkasiga ulanadi. Sath o‘zgarishi bilan sig‘im o‘zgaradi va ko‘prikda nomuvozanat holat vujudga keladi. Nomuvozanatlik signali kuchaytirgich orqali sath birligida darajalangan ko‘rsatuvchi elektr asbobiga uzatiladi.


Ko‘prikli sxemalar eng sodda hisoblanadi. Sath o‘lchashni elektron indikatori (EI) ning (10- rasm) sxemasi bunga misol bo‘la oladn. Ko‘prik Tr transformatorning ikkita ikkilamchi chulg‘ami I va II o‘zgartkichni sig‘imi Co‘z va qo‘shimcha kondensator C dan iborat. Ko‘prik suyuqlikning nol sathida muvozanatlashgan, bu erda kuchaytirgichning kirishi va chiqishida signal nolga teng. Sath ortishi bilan Co‘z sig‘imi ortadi, ko‘prik nomuvozanatligi ortadi va kuchaytirgich kirishidagi kuchlanish ortib boradi. Bu signal kuchaytirgich eK bilan kuchaytiriladi, unifikasiyalangan signalga o‘zgartiriladi va ikkilamchi asbob O‘A bilan o‘lchanadi, eI sath o‘lchagichlarining o‘lchash chegaralari o‘zgartkich turiga bog‘liq va 1 dan 20 m gacha o‘zgarishi mumkin: yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatoliklar chegarasi 1 dan 2,5 % gacha bo‘lishi mumkin.
Sig‘imli sath o‘lchagichlar arzonligi, u bilan ishlashning soddaligi, idishda birlamchi o‘zgartkichni o‘rnatish qulayligi, harakatlanuvchi elementlarining yo‘qligi, haroratlarning (kriogenligidan +200 °C gacha) va bosimlarning (6 MPa gacha) etarlicha keng oralig‘ida foydalanish mumkinligi sababli keng tarqalgan. Ularning kamchiliklariga qovushqoq (1 Pas dan ortiq dinamik qovushqoqlikkacha), parda hosil qiluvchi, kristallanuvchi va cho‘kma hosil qiluvchi suyuqliklarning sathni o‘lchashga yaramasligini, shuningdek, suyuqlikning elektr
xossalarining o‘zgarishiga va birlamchi o‘zgartkichni o‘lchash asbobi bilan ulaydigan kabel sig‘imi o‘zgarishiga g‘oyat sezgirligini kiritish mumkin.
Elektr o‘tkazuvchanlikka (aktiv qarshiligining o‘zgarishiga) asoslangan sath o‘lchagichlar elektr o‘tkazuvchan suyuqliklar sathni nazorat qilish, signalizatsiya va rostlash uchun xizmat qiladi.
Solishtirma qarshiligi Rs<106 Om∙m va dielektrik o‘tkazuvchanligi c >7 bo‘lgan suyuqliklar elektr o‘tkazuvchi suyuqlik deyiladi.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin