13-Ma’ruza: sathni o’lchash usullari va asboblari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə10/13
tarix25.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#196313
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
13-Ma’ruza sathni o’lchash usullari va asboblari

11 –rasm. Sath
signalizatorining sxemasi
11-rasmda sath signalizatorining sxemasi ko‘rsatilgan.
Signalizatorning ishlash prinsipi elektrodlar 4 suyuqlik orqali ulanishi
bilan rele chulg‘ami 3 dan tok o‘tishi va uning kontakti 5 ulanishi
bilan signal lampasi SL yonib, yorug‘lik signali berishiga asoslanadi.
Elektrodlar 4 ta’minlovchi transformator 2 ning ikkilamchi
chulg‘amiga elektromagnit rele chulg‘ami 3 orqali ulangan. Suyuqlik sathi elektrodlargacha ko‘tarilib,
ularni ulasa, suyuqliklarning o‘tkazuvchanligi tufayli signal lampasi SL yonadi, aksincha, suyuqlik sathi pastga tushib elektrodlarni uzsa, signal lampasi o‘chadi.
Signalizator zanjiridagi kuchlanish o‘zgarmas tokda 24V, o‘zgaruvchan tokda esa 36 V bo‘ladi. Bunday signalizatorlarni qovushqoq, kristallanuvchi, qattiq cho‘kmalar hosil qiluvchi va elektrodlarga yopishib qoluvchi muhitlarda ishlatib bo‘lmaydi.
YUqoridagi sath o‘lchagichlardan tashqari yana induktivli sath o‘lchash asboblari mavjud. Induktiv sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi bitta g‘altak induktivligi yoki ikki g‘altakning o‘z induksiyasi ularning elektr o‘tkazuvchi suyuqlikka botirilgan chuqurligiga bog‘liqligiga asoslangan.
Ikkala g‘altak induktivligi L1 va L2 o‘zgartirilganda ularning o‘z induktivligi tenglamaga mos ravishda o‘zgaradi,
M K L1 *L2 (19)
bu erda, K – tarqatish oqimi bilan aniqlanadigan aloqa koeffitsienti.
Bunday sath o‘lchagichlar yadroviy energetika qurilmalarida suyuq metall tarzidagi issiq
eltuvchilar sathini o‘lchashda eng ko‘p tarqalgan.
«Kvant» turidagi diskret induktiv sath o‘lchagichlar chiqarilyapti. Ular harorati 680 °C gacha
bo‘lgan suyuqlantirilgan metall sathini o‘lchashga mo‘ljallangan.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin