7 –rasm. Bosimostida (berk idishda) suyuqlik sathini difmanometr bilan o‘lchash sxemasi afzalliklarga ega: sath o‘lchagichlar mustahkam, montaj qilish oddiy va ishonchli ishlaydi. Ammo ularda bitta jiddiy kamchilik bor: difmanometrlarning sezgir elementi nazorat qilinuvchi muhitga bevosita tegib turadi. Agressiv muhitlarning sathni o‘lchashda bu yo difmanometrlar uchun maxsus materialdan foydalanishni taqozo qiladi yoki difmanometrga aktiv muhit kirib qolishdan, masalan, impuls naychalariga ajratish qurilmalarini
ulash, impulsli naychalarni toza suv bilan yuvish va hokazodan saqlaydigan difmanometrlarni ulash sxemalarini qo‘llanishni taqozo qiladi.
Bu kamchilikdan gidrostatik sath o‘lchagichlardan bir turi – pezometrik sath o‘lchagichlar mustasnodir.
8-rasm. Pezometrik sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi Pezometrik sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi 8-rasmda keltirilgan. Bu asboblar zichligi o‘zgarmas suyuqlik ustunining bosimini o‘lchashga mo‘ljallangan. Suyuqlik ustunining bosimi uning balandligiga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Pezometrik sath o‘lchagichlar turli xil: agressiv, agressiv bo‘lmagan va qovushqoqligi katta bo‘lgan suyuqliklarni ochiq yoki berk idishlardagi suyuqliklar sathini o‘lchashda qo‘llaniladi. Suyuqlik solingan idishga pezometrik naycha 1 tushiriladi va uning ustki tomoni manometr 4 bilan parallel qilib havo yoki inert gaz manbaiga ulanadi. Unda havoning sarfi drossel 3 bilan cheklanib, rotametr 2 yordamida nazorat qilib turiladi.
Idishdagi suyuqlik sathining berilgan H balandligida pezometrik naychadan suyuqlik orqali chiqadigan havo pufakchalarining har sekundda bittadan chiqishi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Suyuqlik sathi ortsa, naychadagi bosim ortadi, undan chiqadigan pufakchalar soni kamayadi, suyuqlik sathi kamaysa, naychadan chiqadigan pufakchalar soni ortadi. Bosimning bunday o‘zgarishini manometr 4 o‘lchaydi, manometr shkalasi suyuqlik sathiga muvofiq darajalangan bo‘ladi.
Suyuqlik sath tizimda barqarorlangan bosim bo‘yicha topiladi:
R-Rx=R∙ρ∙g (17)
bu erdan
g
P P H x
, bu erda, Rx – idishdagi suyuqliklar ustidagi bosim, P-Px bosim manometr 4 bilan topiladi. Suyuqlik sathni o‘lchashda ma’lum sharoitlarda statik elektr toki paydo bo‘lishi mumkin.
SHuning uchun tez alangalanuvchi va portlash xavfi bor suyuqliklarni nazorat qilishda inert gaz sifatida karbonat angidrid, azot, tutunli gazlar yoki maxsus pezometrik sath o‘lchagichlar ishlatiladi.
SHu turdagi sath o‘lchagichlar er osti idishlarida, yonilg‘i ballast va boshqa sisternalarda, agressiv suyuqliklar va qator boshqa hollarda sathni o‘lchash uchun keng qo‘llaniladi. Bunday asboblar suyuqlikning doimiy zichligida ±1,5 % aniqlik bilan o‘lchaydi.
68