63
13-Ma’ruza:
SATHNI O’LCHASH USULLARI VA ASBOBLARI.
Reja:
1.
Vizual sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi.
2.
Qalqovichli sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi.
3.
Gidrostatik sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi.
4.
Elektrik sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi.
5.
Ulьtrtovushli sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi.
6.
Radioizotopli sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi.
ASOSIY MA’LUMOTLAR. Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki
sochiluvchan jismlar bilan to‘ldirilish balandligiga aytiladi.
Ishchi muhit sathi
texnologik parametr hisoblanib, u haqdagi axborot texnologik apparatning
ish rejimini nazorat qilish uchun, ayrim hollarda esa ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarur
hisoblanadi. Sath o‘lchash vositalari
sath o‘lchagichlar deb ataladi.
Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda
muhim ahamiyatga ega. Sathni o‘lchash moddaning idishdagi miqdorini
aniqlash va texnologik
jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish uskunasida sath holatini nazorat qilishdan iborat.
Ishlash xarakteri jihatidan sathni o‘lchagichlar
uzluksiz va
uzlukli (releli) bo‘ladi. Releli sath
o‘lchagichlar moddaning sathi ma’lum balandlikka
etganda ishlay boshlaydi, ular signalizatsiya
maqsadida ishlatiladi va
sath signalizatori deyiladi.
Bu asboblar ishlash prinsipi va tuzilishi jihatidan bir biridan farq qiladi. Masalan, suyuqlik sathni
o‘lchashga mo‘ljallangan asboblarning ko‘pi sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash uchun yaroqsiz,
usti ochiq (atmosfera bosimi) idishlarda ishlatiladigan asboblar esa
yuqori bosimda ishlaydigan
idishlar uchun yaroqsizdir va hokazo.
Sathni nazorat qilish asboblari
shkalali va
shkalasiz bo‘ladi.
SHkalasiz asboblar, odatda,
ikkilamchi asboblar bilan birga ishlaydi yoki sathning chegarasi haqida mustaqil signal beradi.
1 – jadvalda o‘lchash diapazoniga ko‘ra sath o‘lchagichlar keltirilgan.