13-Ma’ruza: sathni o’lchash usullari va asboblari


-rasm. Ochiq idishdagi suyuqlik  sathini difmanometr bilan o‘lchash  sxemasi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix19.02.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#84944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
6-rasm. Ochiq idishdagi suyuqlik 
sathini difmanometr bilan o‘lchash 
sxemasi 


68 
(16) ifodadan ko‘rinib turibdiki, sath o‘lchagich ko‘rsatishi h ning joriy qiymatigagina emas, 
suyuqlik zichligiga ρ
1
va bug‘ zichligi ρ ga ham bog‘liq, ular esa o‘z navbatida idishdagi muhitning 
harorati va bosimiga bog‘liq. SHuning uchun difmanometrik sath 
o‘lchagichning shkalasini hisoblash idishdagi ishchi bosimi 
bo‘yicha hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘lchash natijasiga 
impulsli naychadagi suyuqlik zichligi ρ
1
ning o‘zgarishi ta’sir 
etadi, chunki bu erda balandligi h bo‘lgan ustunning va impulsli 
naycha 5 ning gidrostatik bosimi o‘zgardi, shu bilan bir vaqtda P
1
bosim o‘zgarmas bo‘lib qolishi lozim. Bu atrof muhit harorati 
yoki idishdagi muhit harorati o‘zgarganda sodir bo‘ladi. 
Sathni 
difmanometrlar 
bilan 
o‘lchash usuli qator 
afzalliklarga ega: sath o‘lchagichlar mustahkam, montaj qilish 
oddiy va ishonchli ishlaydi. Ammo ularda bitta jiddiy kamchilik 
bor: difmanometrlarning sezgir elementi nazorat qilinuvchi 
muhitga bevosita tegib turadi. Agressiv muhitlarning sathni 
o‘lchashda bu yo difmanometrlar uchun maxsus materialdan 
foydalanishni taqozo qiladi yoki difmanometrga aktiv muhit kirib 
qolishdan, masalan, impuls naychalariga ajratish qurilmalarini 
ulash, impulsli naychalarni toza suv bilan yuvish va hokazodan saqlaydigan difmanometrlarni ulash 
sxemalarini qo‘llanishni taqozo qiladi. 
Bu kamchilikdan gidrostatik sath o‘lchagichlardan bir turi – pezometrik sath o‘lchagichlar 
mustasnodir. 
Pezometrik sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi 8-rasmda 
keltirilgan. Bu asboblar zichligi o‘zgarmas suyuqlik ustunining 
bosimini o‘lchashga mo‘ljallangan. Suyuqlik ustunining bosimi 
uning balandligiga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Pezometrik sath 
o‘lchagichlar turli xil: agressiv, agressiv bo‘lmagan va 
qovushqoqligi katta bo‘lgan suyuqliklarni ochiq yoki berk 
idishlardagi suyuqliklar sathini o‘lchashda qo‘llaniladi. Suyuqlik 
solingan idishga pezometrik naycha 1 tushiriladi va uning ustki 
tomoni manometr 4 bilan parallel qilib havo yoki inert gaz 
manbaiga ulanadi. Unda havoning sarfi drossel 3 bilan cheklanib, 
rotametr 2 yordamida nazorat qilib turiladi. 
Idishdagi suyuqlik sathining berilgan H balandligida 
pezometrik 
naychadan 
suyuqlik 
orqali 
chiqadigan 
havo 
pufakchalarining har sekundda bittadan chiqishi ta’minlangan 
bo‘lishi kerak. 
Suyuqlik sathi ortsa, naychadagi bosim ortadi, undan chiqadigan pufakchalar soni kamayadi, 
suyuqlik sathi kamaysa, naychadan chiqadigan pufakchalar soni ortadi. Bosimning bunday o‘zgarishini 
manometr 4 o‘lchaydi, manometr shkalasi suyuqlik sathiga muvofiq darajalangan bo‘ladi. 
Suyuqlik sath tizimda barqarorlangan bosim bo‘yicha topiladi: 
R-R
x
=R∙ρ∙g
(17) 
bu erdan 
g
P
P
H
x





bu erda, R
x
 – idishdagi suyuqliklar ustidagi bosim, P-P
x
 bosim manometr 4 bilan topiladi. 
Suyuqlik sathni o‘lchashda ma’lum sharoitlarda statik elektr toki paydo bo‘lishi mumkin. 
SHuning uchun tez alangalanuvchi va portlash xavfi bor suyuqliklarni nazorat qilishda inert gaz 
sifatida karbonat angidrid, azot, tutunli gazlar yoki maxsus pezometrik sath o‘lchagichlar ishlatiladi. 
SHu turdagi sath o‘lchagichlar er osti idishlarida, yonilg‘i ballast va boshqa sisternalarda, 
agressiv suyuqliklar va qator boshqa hollarda sathni o‘lchash uchun keng qo‘llaniladi. Bunday 
asboblar suyuqlikning doimiy zichligida ±1,5 % aniqlik bilan o‘lchaydi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin