13-mavzu. Ilmiy tadqiqot jarayoni



Yüklə 129,53 Kb.
səhifə1/4
tarix21.06.2023
ölçüsü129,53 Kb.
#133613
  1   2   3   4
13-mavzu. Ilmiy tadqiqot jarayoni

13-MAVZU. ILMIY - TADQIQOT JARAYONI.


REJA:
1. Ilmiy tadqiqоt jarayonining asоsiy tushunchalari.
2. Fan va ijоd, mеtоd va mеtоdоlоgiya.
3. Ilmiy yo’nalish, muammо va mavzu tushunchalari bo’yicha egallangan nazariy bilimlarni mustaхkamlash va chuqurlashtirish.
Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog’langan ikki qism - tajriba va nazariyadan iborat.
Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shart-sharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan tahlil etish, tajriba o’tkazish, olingan natijalarni tahlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamental va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga ajratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning o’zidagina emas, balki ko’pgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qo’llaniladi.
Ijod deganda keng ma`noda ob`ektga (butun atrof muxit yoki uning ozmi ko’pmi ajratib olingan, alohida bo’lagiga) sub`ektning (alohida shaxs, ijtimoiy tabaqa, jamiyatning) faol, izchil ta`siri tushuniladi. Mazkur ta`sir jarayonida sub`ekt o’zini qurshagan muxitni o’zgartiradi, shu paytgacha ko’rilmagan, bilinmagan, o’rganilmagan, g‘aroyib va jozibali yangilikni yaratadi yoki kashf etadi. Ijodiy jarayon davomida shaxs ham dunyoni o’zgartiradi, ham o’zini yaratuvchi, ijodkor sifatida kashf etadi.
Insonning ijodi bu shaxsning tub xususiyati, uning immanent xossasidir: shaxsning, uning qobiliyatlari va ko’nikmalarining rivojlanish darajasi, shuningdek, uning ijtimoiylashganlik darajasi uning ijodiy bunyodkorlik faolligi bilan belgilanadi.
Ijod shaxsning bunyodkorlik, yaratuvchilik salohiyatini ro’yobga chiqaradi. Shaxs ijod usuli bilan yangilik yaratadi, xilma xil muammolarni qo’yadi va hal qiladi, ularning o’ziga xos yechimlarini, ba`zan bunday yechimlarga nisbatan betakror yondashuvlar, usullar, metodlarni topadi. Ijodiy faollikda tadqiqotchi, yaratuvchi, olim shaxsining o’ziga xosligi va betakrorligi namoyon bo’ladi. Ijodiy faollik sub`ektga muttasil o’zgaruvchi, rivojlanuvchi, ichki ziddiyatlarga boy ob`ektning kurashga chorlovlariga munosib javob qaytarishga ko’maklashadi.
Ijod jarayonining bu jixati ilmiy bilish jarayonida, ayniqsa, yorqin namoyon bo’ladi. Ilmiy tadkiqotdagi barcha yondashuvlar, shakllar, vositalar va metodlar ilmiy xususiyatga ega.
Fan - bu rivojlanuvchi, o’sib boruvchi bilim tizimi, ijtimoiy ongning va kishilik sivilizatsiyasi ijodiy bunyodkorlik amaliyotining insonning o’zini qurshagan olamni surunkali va chuqur o’zlashtirishiga, tabiiy va ijtimoiy voqelikning borliq qonuniyatlari to’g‘risida aniq, chuqur, haqqoniy axborot olish, bunday axborotni o’zlashtirish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanishga yo’naltirilgan alohida shaklidir.
Bugungi kunda fan hozirgi zamon axborot jamiyatining arxetipidan mustahkam o’rin olgan. Bunda borliqning tuzilishini ijodiy bilish instituti sifatidagi fanning epistemologik, kreativ evristik funksiyasi alohida ro’l o’ynaydi.
Hozirgi zamon noklassik (kvant realitivistik) fanining kreativ evristik ro’li aloxida yaratuvchi olimning ilmiy ijodida ham, ilmiy jamoalar—laboratoriyalar, institutlar, sinov poligonlari va hokazolarning ilmiy ijodida ham o’z aksini topadi.

Yüklə 129,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin