Ushbu sohaga quydagilar kiradi: - ilmiy tushunchalar, tamoyil va aksiomalar, ilmiy qonunlar, nazariya va gipotezalar, empirik ilmiy faktlar, tadqiqot metodlari, usul va yo’llari shaklidagi muttasil to’ldirilib, takomillashtirilib, rivojlanib boruvchi bilimlar tizimi;
- insonlarning ushbu bilimlar tizimini yaratish va rivojlantirishga yo’naltirilgan ilmiy ijodiyoti;
- insonlarning ijodiyotini ilmiy mehnat obe`ktlari, ilmiy faoliyat vositalari va sharoitlari bilan ta`minlovchi tashktlotlar.
Fanning rivojlanishi - faktlarni to’plash, ularni o’rganish va tizimlashtirish, umumlashtirish va ayrim qonuniyatlarni ochishdan ilmiy bilimlarning hozirda ma`lum bo’lgan faktlarning mazmun-moxiyatini tushuntirib bera oladigan, yangilarini bashorat qilishga qodir bo’lgan yaxlit mantiqiy tizimini yaratish yo’nalishida boradi.
Ilmiy bilimlarning asosida tamoyillar (postulat, prinsiplar) va aksiomalar yotadi, ular tizimlashtirishning boshlang`ich shakli bo’lib, ta`limot, nazariya va fanlarning poydevorini tashkil etadi.
Nazariya - ilmiy bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shaklidir. Nazariya mavjud ob`ektlarni, ular hakidagi ma`lumotlarni, jarayon va hodisalarni tushunish va bilishga, umumlashtirishga, yangilarini bashorat qila olishga imkon beradigan ilmiy tamoyillar va qonunlarni, tadqiqot metodlarini shakllantiradi. Shuningdek, nazariya olingan bilimlardan insonlarning amaliy faoliyatida foydalanish bo’ycha tegishli tavsiyalar manbaasi hamdir.
Ilmiy qonunlar- ilmiy bilimlar tizimidagi muhim tarkibiy qism bo’lib, ular tabiat, jamiyat va inson tafakkuridagi eng ahamiyatli, ustivor va takrorlanuvchi ob`ektiv ichki aloqalarni aks ettiradi. Ilmiy qonunlar, odatda, umumiy tushunchalar, kategoriyalar sarasiga kiritiladi.
Gipoteza - ilmiy bashoratning bir turi bo’lib, uning ishonchli ilmiy nazariyaga aylanishi uchun tajribada sinab ko’rilishi va nazariy asoslanishi talab etiladi.
Ilmiy bilishning umumiy va maxsus metodlari - ilm-fandagi masalalarnazariyalarni yaratish, borliqning ob`ektiv qonunlarini tashkil etish, ilmiy faktlarni aniqlash kabilarni yechishning quroli bo’lib xisoblanadi.