Termiz Davlat Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi sirtqi 413-guruh talabasi Xayitmurodova Kamolaning Tarbiyachining kreativligi va kompitentligi fanidan taqdimoti mavzu
Termiz Davlat Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi sirtqi 413-guruh talabasi Xayitmurodova Kamolaning Tarbiyachining kreativligi va kompitentligi fanidan TAQDIMOTI MAVZU:Tarbiyachining innovatsion tushunchalari. Hozirgi taraqqiyotimizning talablari asosida ta’lim satandartlari takomillashtirilib, dasturlar modernizatsiya qilinib,ta’lim muassalariga yetkazilib berilmoqda. Ta’lim muassaalarining moddiy bazalari jadallik bilan mustahkamlanmoqda.
Yangi turdagi kasb-hunar kollejlari, universitetlar va institutlar qoshida akademik litseylar, maktablarni qurish, rekontruksiya qilish, joriy va kapital ta’mirlash, yangi zamonaviy asbob-uskunlari, o’quv qurollari, texnika vositalari va kompyuterlashtirish ishlari aniq davlat rejalari asosida amalga oshirilmoqda. Innovatsiya (inglizcha innovation-yangilik kiritish)-tizim ichki tuzilishini o’zgartirish, amaliyot va nazariyaning muhm qismi. Innovatsion jarayonning mazmuniy tomoninini o’z ichiga oladi.
Pedagogik yangilik-pedagogik faoliyatda ilgari ta’lim ta’lim jarayonida noma’lum bo’lgan o’zgarishlarni kiritish orqali ta’lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini boyitish va rivojlantiruvchi vositadir.
.
.
Innovatika-yangilikni yaratish qonuniyatlarini o’zlashtirishni va targ’ibotini o’rganadigan fandir.
Innovatsion jarayon-yangilikning kiritilishi va shart-sharoitlari, tizimni yangi ko’rsatgichlarga muvaffaqiyatli o’tishini ta’minlovchi o’zgarishdir. Innovatsion o’zgarishlarga tayyorgarlik ko’rish va uni amaliyotga kiritish jarayoni.
Innovatsion pedagogik g’oya-tizimlashgtirilgan pedagogik g’oyalar, o’quv jarayoni bashorat etilshi, ma’lumotlar to’plami.
Innovatsion ta’lim-1)ta’lim sohasiga kiritilgan va kiritilayotgan yangiliklar, 2)yangilangan yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni.
Innovatsion ta’lim muassasasi –yangi tipdagi ta’lim muassasalari:
Akademik litseylar, maktabgacha ta’lim kompleksi, shaxsiy maktabgacha ta’lim muassasalari, ixtisoslashgan sinf va maktablar, gimnaziya, turli yo’nalishli, predmetlari chuqur o’rganiladigan maktablar va boshqalar…
Innovatsion texnologiya- pedagogik taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy faollik jarayoni( faollik,didaktik o’yinlar, everistik, kreativ, muommoli loyihlashtirilgan,AKT texnologiyalar.
Lug’aviy jihatdan “Innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidadan tarjima qilinganda”innovatsion” “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi.”Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.
Innovatsiya –muayyan tizimning ichki tuzilishini o’zgartirishga qaratilgan faoliyat “O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasida” ko’rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega.
Innovatsion ta’lim ta’lim oluvchida yangi g’oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o’zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg’or g’oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalrni shakllantirish imkonini yartadigan ta’lim.
Innovatsion ta’lim jarayonida qo’llaniladigan innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi.
Ta’lim innovatsiyalari- ta’lim sohasi yokio’quv jarayonida mavjud muommoni yangicah yondashuv asosida yechish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.
Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim”deb nomlanadi. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1970 yilda “Rim klubida” qo’llanilgan Innovatsiyalar turli ko’rinishga ega.Quyidagilar Innovatsiyalarning asosiy ko’rinishlari sanaladi. -Yangi g’oyalar -noan’anaviy yondashuvlar -odatiy bo’lmagan tashabbuslar -ilg’or ish uslublari Ta’lim tizimida yoki o’quv faoliyatida innoavtsiyalarni qo’llashda sarflangan mablag’ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijaniolish maqsadi ko’zlanadi. Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo’liib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o’zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) Deb yurutiladi. Mohiyatiga ko’ra novatsiya va innovatsiya o’rtasidagimuayyan farqlar mavjud.
Zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan biri-pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamalakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o’tgan asrning 60-yillaridan bohlab jiddiy o’rganila boshlandi. Xusussan, X. Barnet, D. Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Mayiz, A,Xeyvlok, D. Cen, tadqiqotchilar tomonidan olin borilgan ishlarda innovatsion faoliyat,pedagogik faoliyatga innovatsion yondashishgan.
Mohiyatiga ko’ra innovatsiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O’z-o’zidan tizim sifatida yangilik kiritihs munosabat yoki jarayonning, birinichidan,ichki mantig’ini, ikkinchidan, kiritilayotgan muayyan vaqt oralig’ida izchil izlanish rivojlanisho va atrof-muhitga ko’rsatadigan o’zaro ta’sirini ifodalaydi.