Fond bozori vositalari -bu investitsiyalash faoliyatini moliyalashtirishda qo’llaniladigan turli xildagi qimmatli qog’ozlar va ularning xosilalaridir. Investitsion maqsad va investitsiyalarni samarali boshqarish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli xossa va xususiyatlarga ega bo’lgan vositalar qo’llanilishi mumkin.
Fond bozori vositalari vaqt o’tishi bilan uzluksiz takomillashib borishi yoki qandaydir qo’shimcha hossaga va funktsiyaga ega bo’lishi yoki mazmunan va shaklan o’zgarishi tabiiy holatdir.
Muomalaga chiqarilishi maqsadi – to’lov va pul aylanmasi (oboroti) uzluksizligini ta’minlash, investitsiyalarni jalb qilish va ular bo’yicha daromad olish bo’yicha, mos ravishda: kredit-pul siyosatini amalga oshirishning qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi moliyaviy vositalar (davlat va bank vositalari), qarz (davlat va korporativ maqsadda) va ulush (korporativ maqsadda) munosabatlarini ifodalovchi investitsion moliyaviy vositalar.
Segmenti bo’yicha: pul, kredit, valyuta, sug’urta, lotereya o’yinlari, qimmatli qog’ozlar (fond, kapital) bozorlari vositalari.
Bazisiga ko’ra: pul, valyuta, sug’urta, tovar (jumladan hom ashyo), ko’chmas mulk, indeks, foiz stavka (kelajakdagi daromad), qimmatli qog’oz bazisli moliyaviy vositalar.
Iqtisodiyotning u yoki bu subyektiga ko’ra: davlat boshqaruvi va hokimiyatlari, banklar-kredit muassasalari, sug’urta tashkilotlari, birjalar, nomoliya tashkilotlari (korporativ) vositalari.
Chiqarilish muddati bo’yicha: qisqa, o’rta va uzoq muddatli moliyaviy vositalar.
Milliyligi bo’yicha: milliy, xorijiy va xalqaro moliyaviy vositalar.
Iqtisodiy-xuquqiy mazmuni bo’yicha: qarz va ulush munosabatlarini hamda hosilaviy moliyaviy vositalar.
Iqtisodiy-huquqiy xossalariga ko’ra: bazaviy va bazisli moliyaviy vositaalar. Bazaviy vositalarga ulush va qarz munosabatlarini o’zida mujassamlashtiruvchi emissiyalanuvchi (derivativlardan tashqari) va emissiyalanmaydigan qog’ozlar kiradi. Bazislilariga esa derivativlar (hosilaviy qimmatli qog’ozlar) kiradi.
Funktsiyasi bo’yicha: investitsion vositalar (qimmatli qog’ozlar), banklarning moliyalashtirish vositalari (kredit, depozit, seleng, plastik kartochkalar, cheklar va h.k.), riskni moliyalashtirish vositalari (sug’urta polislari), to’lov vositalari (milliy va horijiy valyuta, halqaro valyuta, kvazivalyuta, birja kotrovkasiga ega bo’lgan valyuta sifatida o’tuvchi oltin, platina, kumush, kamyob elementlar, qimmatbaho toshlar va h.k.), tovar taqsimlovchi vositalar (tovar varranti, konosament, ombor guvohnomasi va shu kabilar), garov qog’ozlari, lotereyalar.
Ro’yxatdan o’tkazilishi bo’yicha: emissiyalanuvchi (Aksiya, obligatsiya, derivativlar) va emissiyalanmaydigan (bank sertifikatlari, cheklar, xususiylashtirish jarayonida qo’llaniladigan vaucher va kuponlar, veksellar, ombor guvohnomalari, konosament, garov qog’ozlari va h.k.) vositalar.
Muomalaga chiqaruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga ko’ra: davlat, munitsipal va korporativ moliyaviy vositalar.
Egalik huquqini belgilash bo’yicha: taqdim etuvchiga, egasini ismi yozilgan, orderli moliyaviy vositalar.
Daromad turlariga ko’ra: dividend beruvchi, belgilangan va suzuvchi foiz stavkali, kuponsiz (diskontli), yutuqli moliyaviy vositalar.
To’lov muddati bo’yicha: spot va muddatli bozor vositalari.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, fond bozori vositalarni keng qamrovli ekanligi, investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida ularning xossa va xususiyatlari va investitsion maqsad asosida turli vositalardan foydalanish mumkinligini ko’rish mumkin.