13-mavzu. Investitsiyalarni moliyalashtirishda moliyaviy vositalar Reja


-rasm. Qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilarning tarkibi



Yüklə 250,5 Kb.
səhifə7/10
tarix17.05.2023
ölçüsü250,5 Kb.
#115042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
13-Mavzu (2)

13.1-rasm. Qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilarning tarkibi1

Yuqoridagi rasmda QQB ishtirokchilarini alohida guruhlarga bo’lib tavsiflangan. Ushbu guruhdagi barcha ishtirokchilar QQB bilan uzviy bog’liqlikda faoliyat ko’rsatadi va QQBning yaxlit infratuzilmasini ta’minlaydi. Bularga quyidagilar kiradi: muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchilar, emitentlar, professional ishtirokchilar hamda investorlar.


Moliyaviy globallashuv sharoitida rivojlanayotgan dunyoning barcha mamlakatlari uchun muhim muammo iqtisodiyotda o’z milliy QQB rolini oshirish, bunda iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sanoatni rivojlantirish, inflyatsiyani pasaytirish, iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida investitsiyalar jalb qilishni ta’minlash hisoblanadi2.
Ushbu muammoni hal etishning muhim shart-sharoitlari QQBdagi investitsiyalar, jamg’armalar, iqtisodiy o’sish, inflyatsiya, davlat institutlari faoliyati va monetizatsiya o’rtasida chambarchas aloqalar mavjudligi hisoblanadi.
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki, mamlakatimiz QQB rivojlanishini tahlil qilish bugungi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
Fond bozori mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, iqtisodiyotga moliyaviy investitsiyalarni jalb etishda muhim o’rinni egallaydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, investorlar huquq va manfaatlarini ta’minlash, investitsion muxitni sog’lomlashtrish qimmatli qog’ozlar bozorini samarali rivojlanish investitsiyalar hajmini oshirish imkoniyatini yaratadi.
Qimmatli qog’ozlar investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda muhim o’rinni egallaydi. Ular o’zida mulkiy va nomulkiy munosabatlarni mujassamlashtirgan xolda, iqtisodiyotda resurslarni tarmoqlar o’rtasida taqsimlash, investitsiyalarni jalb etish, daromad olish imkoniyatini yaratadi.
Qimmatli qog’ozlar moliyaviy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etishning muhim vositalari hisoblanib, iqtisodiyotning xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta’minlaydi.Ulushga egalik qilishni tasdiqlovchi vositalar Aksiyadorlik kapitalini ko’paytirish,samarali korporativ boshqaruvda ishtirok etish va belgilangan tartiblarga muvofiq dividendlar olish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiyotda portfel investitsiyalar hajmini oshirish, chet el investorlarini mablag’larini samarali jalb etish, bozorning integratsiyalashuvini ta’minlashga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, moliyaviy investitsiyalar hajmini oshirish qimmatli qog’ozlar bozori muhitini yaxshilanish, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.




    1. Yüklə 250,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin