13-mavzu. Maktabgacha tarbiya davri psixologiyasi-hozir.org
Bog’cha yoshidagi bolalarning kattalar mehnatiga munosabati. Bu yosh davrida bolalarning xatti-xarakatlari va xulq atvorlarining motivlari ham ózgarib, rivojlanib boradi. Katta yoshli bog’cha bolalarining xatti-xarakat motivlari tula anglangan motivlardan iborat bo’ladi. Masalan, katta yoshdagi bog’cha bolalarining xatti xarakatlari, xulq-atvorlari asosida yotgan motivlar xar tomonlama katta odamlarga uxshashdan iboratdir. Ular ana shunday kuchli mayl asosida taqdiy o’yinlarni, ta'limiy, ya'ni didaktik mashgulotlarni va mehnat mashgulotlarini tashkil qilib utkazadilar. Bolalarning asosiy maqsadlari katta odamlar bilan o’zaro munosabatni mustaxkamlashdir. Bolalar katta kishilar bilan yaxshi munosabatlar urnatishga intilar ekanlar, ular katta kishilarning buyurgan topshiriqlarini bajarishga, urnatgan tartib-koidalariga suzsiz buy sunishga xarakat qiladilar.
Bolaning bog’cha yoshidagi davrida uz qadr-qimmatini anglashi ham yuzaga kela boshlaydi. Bolalar bog’chaga kelganda dastavval uz tengkurlarini sezmaslikka, payqamaslikka xapaa qiladilar. Keyinchalik turli o’yin va majburiy mashgulotlar davomida bolalar jamoasiga qo’shilib, óz tengqurlarining xurmatini qozonishga xarakat qiladilar, ya'ni boshqa bolalarga xar tomonlama yaxshi ko’rinishga intiladilar. Bogcha yoshidagi bolalar xatti-xarakatlari motivlarining rivojlanishida axloqiy motivlarning roli nixoyatda kattadir. Bolalar uz xatti-xarakatlarini anglaganlari sayin axloqiy motivlarining, ya'ni ijtimoiy axloqiy koidalarga rial qiziqish motivlari kuchayib boradi. Bolalar endi ózlarining egoistik manfaatlari yuzasidan emas, balki ijtimoiy manfaat nukqtai nazaridan xarakat qilishga órgana boshlaydilar. Masalan, bolalar o’zlari yoqtirgan o’zlariga eng yaxshi o’yinchoklarini beradigan va xattoki ózlarining uydan olib kelgan shirinliklarini ham bo’lib beradigan bo’ladilar. Shu tarika bolalarda ijtimoiy motivlar rivojlana boshlaydi. Katta yoshdagi bog’cha bolalari xar doim kichik yoshdagi bolalarga yordam berishga, ya'ni ijtimoiy motivlar asosida xarakat qilishga intiladilar.