Ro’yxatdagi ma’lumotlarni filtrlash vasaralash.
Ro’yxatni yakunlash.
EXCEL da saralash uchun quyidagilar ishlatiladi: - agar saralashtirish bir ustun bo’yicha qilinayotgan bo’lsa, bu ustunning bir xil ma’nodagi qatorlarining avvalgi tartibi saqlanadi; - ustundagi tartiblashtirishda xosil bo’layotgan qatorning bo’sh yacheykalari tartiblashtirigan ro’yxatning oxirida joylashadi.
Ro’yxatni saralash usullari
“Saralash” buyrugidan foydalanib, quyidagicha amalga oshiriladi: ro’yxatdan bir yacheykani ajratib, “Ma’lumotlar” menyusidan “Tartiblash” buyrugi tanlab olinadi. Ustun yoki ustunlarda saralash chogida xal qiluvchisi tanlanib, xar bir ustun uchun saralash tartibi beriladi. Agar lozim bo’lsa, o’sish yoki kamayib borish Saralash tartibi ko’rsatiladi (yuqoridan pastga -ustunlar bo’yicha tartiblash, chapdan o’ngga - qatorlar bo’yicha tartiblash. O’sish bo’yicha “Tartiblash” buyrugi OK orqali amalga oshiriladi).
Ro’yxatdagi ma’lumotlarni filtrlash (ro’yxatda albatta ustun belgisi bo’lishi kerak).Bir necha sonli yozuvlarni qayta ishlash ro’yxatda ma’lumlotlarni qandaydir shart bo’yicha topish imkonini beradi. Filtr qo’llanilgach, ekranda ma’lum shartlarga javob beruvchi qatorlargina qoladi, kerakmas qatorlar “yashirinadi” (shu jarayonni kompyuterda o’quvchilarga ko’rsatish maqsadga muvofiqsir).
Ma’lumotlarni Excelda filtrlash uchun Avtofiltr buyrugi ishlatiladi. Avtofiltr tugmalari (strelkali tugmalar) yordamida ekranga chiqarish lozim bo’lgan ro’yxat elementlari tanlanadi. Masalan, ekranga xamma qatorlarni chiqarish mumkin. Avvalgi misollarda ko’rganimizdek, sotuv xajmi bo’yicha 50 ustun. Shuni aytish kerakki, filtrlash rejimida EXCEL buyruqlari faqat ko’rinadigan yacheykalarga ta’sir qiladi. Masalan, filtrdan so’ng, filtrlangan qatorlarni ajratish va ularni boshqa joyga qo’yish mumkin. Filtratsiya rejimida Avtoyigindi tugmasi faqat ko’rinadigan yacheykalarnigina xisoblaydi, filtr o’zgarganda yigindi xam o’zgaradi. Yacheykalarni formatlash buyruqlari faqat ko’rinadigan yacheykalarga ta’sir ko’rsatadi. Faol yacheykalar bilan ishlash ( tozalash, nusxalash, yo’qotish, o’rnatish buyruqlari faqatgina ko’rinadigan yacheykalar bilan, xatto chop etish xam ko’rinadigan yacheykalar uchun amalga oshadi.
Ruyxatda filtrlashni urnatish:- filtrlanayotgan ro’yxat yacheykasi ajratiladi;
- “Ma’lumotlar” menyusidagi “Filtr” buyrugini ajratib, so’ng Avtofiltr buyrugi beriladi;
filtrlanishi lozim bo’lgan ma’lumotlar joylashgan ustunga strelka olib kelinadi. Avtofiltr ro’yxati ochiladi. Mos qatorlar bo’yicha chiqarish kerak bo’lgan elementni ajratish lozim. Agar xamma amallar to’gri bajarilsa, ekranda faqat siz filtrda ko’rsatgan qatorlar qoladi.
Filtrni bekor qilish:- filtrlashni ustun bo’yicha bekor qilish uchun ro’yxatdagi qatorni tanlash;
ro’yxatdagi avtofiltrni bekor qilish uchun “Ma’lumotlar” menyusidan kerakli “Filtr” buyrugini tanlab, so’ng Avtofiltrni tozalash lozim.
Ruyxatdagi ma’lumotlar natijasini chikarish:Ro’yxatdagi ma’lumotlarni taxlil qilish qayta ishlash uchun muxim vositadir. “Ma’lumotlar” menyusidagi “Yakunlash” buyrugi yordamida ro’yxat yakunini barcha ma’lumotlar bilan yigish mumkin. Bu amalni o’qituvchi o’quvchilar bilan bevosita amaliy mashgulotlarda bajarishini tavsiya etamiz.
Ma’lumotlar ro’yxatida avtomatik natijalarni chiqarish quyidagicha:
-ro’yxatni ustun bo’yicha saralab, ma’lumotlar saqlanadigan natijalar chiqariladi;
-bu ro’yxatda yacheykani tanlash;
-”Ma’lumotlar” menyusiga natijalar buyrugini tanlash;
-ochilgan ro’yxatda “Xar bir o’zgatirishda” : ustunni tanlash, rypyx tashkil etuvchi natija chiqariladigan yoki jim turish taklifiga rozi bo’lish. Agar bu yerda qo’shimcha shartlar kompyuterga berilmasa, xammasi “Jim turib” amalga oshiriladi.
- OK ni bosish.
Dostları ilə paylaş: |