Diagrammalarni formatlash Diagramma - ishchi varaq ma’lumotlarini grafik (sxematik) tasvirlash (mavzuni tushuntirishda jadval va shu ma’lumotlar asosida tuzilgan diagrammalar chizilgan plakatlardan foydalanish ma’qul). Bunda o’quvchilardan ma’lumotlarning o’zgarishi qaysi birida yaqqol ko’rsatilganligini so’rash lozim. Xuddi shu maqsadda EXCEL bo’yicha joylashtirilgan darslikdan foydalanish mumkin. Diagrammani ishchi varaqsa yaratish mumkin va uni shu xolda tatbiq etilgan diagramma deb atash mumkin. Lekin uni aloxida varaqda xam yaratish mumkin.Bu xolda uni diagrammalar varagi deb atash mumkin. Diagrammalar ma’lumotlarini ko’rgazmali o’rganish, taxlil va taqqoslashning ma’lumotlar bilan bevosita bogliqligi,bu ma’lumotlarni o’zgartirish diagrammada avtomatik tarzda o’zgarishlarga olib kelishini albatta ta’kidlash lozim. Diagramma turlari (EXCEL yordamida berilgan bir necha avvaldan tayyor turli diagrammalardan namoyish qilish uchun foydalaning):
- grafikli ;
- chiziqli;
- gistogramma;
- nuqgali;
- dumaloq;
- xalqasimon;
Xajmli diagrammada (grafik, gistogramma, soxali, chiziqli, xajmli, yuzali, dumaloq) Xammasi bo’lib EXCEL 14 ta turli diagrammalarni taklif etib, ular ma’lumotlarni aniq va tushunarli ravishda ifodalashga imkoniyat yaratadi. Diagrammaning asosiy elementlari:
a) diagrammani yaratishda ishchi varaqda ajratilgan yacheykalarning qiymatlari foydalaniladi va EXCEL ularni ma’lumotlarning elementlari (manbasi ishchi varaq katakchalaridan iborat bo’lib, diagrammada ifodalangan aloxida qiymatlar) ko’rinishida ifodalaydi. Ma’lumotlarning elementlari (masalan, o’zgarish foizi) yo’l, chiziq, ustun, sektor, nuqta yoki boshqa ko’rinishida tasvirlanishi mumkin.
Boshqacha qilib aytganda, bu shakllar ma’lumot markerlari deb ataladi (Shu yerda albatta diagrammalarning xar xil turlari misolida markerlarga namunalar keltiring). Ishchi varagida bir satr yoki ustundagi katakchalarni ifodalovchi ma’lumotlar elementlari yoki markerlar guruxi ma’lumotlar qatorini tashkil etadilar (diagrammada xar bir ma’lumotlar qatori ajoyib rang bilan ajratilishini eslating. Tushuntirishda diagrammalardan misol keltirish zarur. O’quvchilar jadvalda xam, diagrammada xam ma’lumotlar qatorini farqlay olishga majburdirlar, chunki bu bilimlar mustaqil ravishda diagrammalar tuzishda kerak bo’ladi);
b) afsona- afsonaning xoshiyasi va kaliti bo’lgan maxsus oyna bo’lib, ular diagrammada ma’lumotlar qatorini farq qilish imkoniyatini beradi;
v) diagramma nomi- foydalanuvchi tomonidan diagramma yaratishda berilib, ushbu diagrammada qanday jarayon ko’rilayotganini ifoda etadi.
Ikkita xajmi tanlangan ma’lumotlarning ko’rinishiga qarab, ikkita yoki uchta o’qqa ega bo’ladigan ko’pchilik diagrammalar uchun ma’lumotlar U o’qi (boshqacha aytganda, qiymatlar o’qi, masalan, o’zlashtirish foizi, ogirligi yoki rivojlanishi) bo’ylab, X o’qi esa kategoriyalar (oy, yil, firma nomi va xokazolar) o’qi deb ataladi. Ko’pincha diagrammalarda X o’qi gorizontal, U o’qi esa vertikal joylashadi. Ba’zi xollardagina diagrammalar doirasimon va xalqasimon bo’lib, ularda umuman o’q bo’lmaydi. Chiziqli diagrammalarda o’qlar teskari joylashgan, nuqtali diagrammalar esa ikki o’q bo’ylab qiymatlarni akslantiradi. Xajmli (fazoviy) diagrammalarda Z qiymatlar o’qi, X (kategoriyalar o’qi) va U (ma’lumotlar o’qi) o’qlari esa diagrammaning asosini shakllantiradi.
d) Elak- ko’rish soxasi orqali o’qda belgilangan joyda keltiriluvchi qo’shimcha chiziqlar. Elak diagrammada ma’lumotlarni ko’rib chiqish va baxolashni yengillashtiradi.