11-mavzu: GRAFIKLI ORGANAYZERLAR TEXNIKASI. KOMPYUTERLI O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
Reja:
Grafik organayzerlar texnikasi
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasining mohiyati vamazmuni.
Elektron darslik kompyuterli o‘qitish texnologiyasidan asosiy didaktik vositasi sifatida.
Tayanch tushunchalar: kompyuter, kompyuter texnologiyalari, kompyuterli o‘qitish texnologiyasi, televidenie, video, Slaydlar, Diafilm, Televizion videokonferentsiya.
Grafik organayzerlar (tashkil etuvchi) – fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi hisoblanadi.
Grafik organayzer quydagi turlarga bo`linadi:
Ma`lumotlarni tarkiblash va tarkibiy bo`lib chiqish, o‘rganilayotgan tushunchlar (voqea va hodisalar, mavzular) o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish usul va vositalari: Klaster, Toifalash jadvali, Insert, B/B/B jadvali.
Ma`lumotlarni taxlil qilish, solishtirish va taqqoslash usuli va vositalari.T-jadvali, venn diagrammasi.
Muammolarni aniqlash, uni hal etish, taxlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari: ” Nima uchun?”, “Baliq skeleti”, “ Piramida”, “ Nilufar guli” sxemalari, “ Qanday?” ierarxik diagrammasi, “Kaskad” tarkibiy – mantiqiy sxema kabi turlari mavjud.
“VENN DIAGRAMMASI” METODI
Venn diagrammasi ikki va uch jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish uchun qo‘llaniladi. Talabalarda tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Undan foydalanish bosqichlari:
-Talabalar ikki guruhga bo‘linadi;
-plakatga chizilgan diagramma doskaga osib qo‘yiladi;
-har bir to‘g‘ri fikrga qo‘yiladigan ball oldindan kelishib olinadi;
-qo‘yilgan topshiriq bo‘yicha guruhlarning har qanday to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri fikrlari bir talaba tomonidan ikki xil rangdagi flomasterda diagrammaning tegishli joylariga yozib boriladi;
-kichik guruh ichidan biror talaba sheriklarining ismi-shariflari to‘g‘risiga ular aytgan fikrlarni qayd qilib boradi;
-fikr bildirishlar nihoyasiga yetgach, o‘qituvchi va talabalar hamkorligida to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar aniqlanadi;
-to‘g‘ri javobga uch ball qo‘yiladigan bo‘lsa, har bir noto‘g‘ri fikr uchun guruhning umumiy balidan uch ball olib tashlanadi;
-eng ko‘p ball to‘plagan guruh g‘olib hisoblanib ular rag‘batlantiriladi;
-bu jarayonda kichik guruhda qayd etilgan javoblarning noto‘g‘rilari o‘chirib chiqiladi va natijalar e’tiborga olingan holda talabalarga tabaqalashtirilgan ball qo‘yiladi. Venn diagrammasi metodini barcha talabalar bir-biriga bog‘liq mavzularni tahlil qilish, solishtirish, taqqoslash va mustahkamlashda foydalanish yaxshi samara beradi. Quyida ushbu metodni Zamonaviy iqtisodiyot darslarida qo‘llash mumkin: Rag‘batlantiruvchi marketing bilan Remarketing umumiy va farqli tomonlarini aniqlashga doir quyidagi diagrammani misol tariqasida keltirish mumkin mavzularni umumlashtiris maqsadida “Venn diagrammasi” qo`llanilsa dars samaradorligi oshadi.
Kompyuterlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi – bu kompyuterdan foydalanishga asoslangan o‘qitishdir. O‘qitishning kompyuter texnologiyasi yangi axborot texnologiyalarning bir turidir. Axborot texnologiyalarda bundan tashqari boshqa axborot vositalari (televidenie, video va boshqalar) ishlatilishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning yirik imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq qilinmagan texnologik variantlarini ochib beradi. Telekommunikatsion tizimlar, shu jumladan kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot ilmiy-texnik axborotning ko‘chkisimon o‘sishi bilan belgilanadi. Talabalarning individual tabiiy qobiliyatlarini hisobga olib, imkoni boricha maksimal darajadagi axborotni o‘zlashtirish faqat kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
YA’ni o‘qitishning kompyuter texnologiyasi asosida o‘quv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga erishish mumkin.
O‘qitishning kompyuter texnologiyasi, kompyuterning inson individual qobiliyatlariga mosligiga tayanadi. O‘qitish jarayonini optimal darajada tezkor boshqarish imkoniyati mavjudligi, bu o‘qitishning turining universal muloqoti ko‘rinishida ekanligi, psixologik qulayliklari, o‘qitishning cheklanmaganligi bilan ajralib turadi.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi mazmun jihatdan kompyuter xotirasiga kiritilgan pedagogik dasturiy vositalar bilan farqlanadi. Dasturiy vositalar mavzu, bo‘lim yoki butun o‘quv fani bo‘yicha tuzilishi mumkin va u o‘quv materiali o‘zlashtirilishi diagnostikasi baholashni va monitoringini ham o‘z ichiga oladi. Kompyuterli o‘qitish texnologiyasining samaradorligi dasturiy vositalarning ishlab chiqilish darajasi bilan bir qatorda o‘quv jarayonini va ishchi o‘rinlarini (3.9, 3.10-rasm) to‘g‘ri tashkil etilganiga bog‘liq bo‘ladi.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida quyidagilar zarur hisoblanadi: individual o‘qitish; muntazam ravishda kompyuter yordamida diagnostik testlar o‘tkazish; o‘quv maqsadlariga erishilganligini baholash.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida o‘qitish siklining qayta takrorlanishi eng samarali ta’minlanadi.
Bu o‘qitish texnologiyasida pedagogning funksiyasi quyidagilardan iborat bo‘ladi: dasturiy vositalarni tayyorlash; o‘quv jarayonining (o‘quv jarayoni grafigi, diagnostika, nazorat) guruh, fan miqyosida tashkil etish; ishchi o‘rinlarini tashkil etish, yo‘l-yo‘riqlar berish, tarmoqni boshqarish; talabalar bilan muloqotda bo‘lish, individual o‘qitishni ta’minlash.
Kompyuterlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi – bu kompyuterdan
foydalanishga asoslangan o‘qitishdir. O‘qitishning kompyuter texnologiyasi yangi
axborot texnologiyalarning bir turidir. Axborot texnologiyalarda bundan tashqari
boshqa axborot vositalari (televidenie, video va boshqalar) ishlatilishi mumkin.
Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o‘qitish g‗oyalarini rivojlantiradi,
zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning yirik imkoniyatlari bilan
bog‗liq bo‘lgan o‘qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq qilinmagan texnologik
variantlarini ochib beradi. Telekommunikatsion tizimlar, shu jumladan
kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi.
Ilmiy-texnik taraqqiyot ilmiy-texnik axborotning shiddatli o‘sishi bilan
belgilanadi. Tahsil oluvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olib, imkoni
boricha eng ko‘p xajmida axborotni o‘zlashtirish, faqat kompyuterlar yordamida
amalga oshirilishi mumkin. Ya'ni o‘qitishning kompyuter texnologiyasi asosida
o‘quv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga
erishish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |