13-mavzu milliy boylik statistikasi


To’liq boshlang’ich qiymat



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə5/10
tarix02.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#151544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
13-mavzu milliy boylik statistikasi-fayllar.org

To’liq boshlang’ich qiymat – bu asosiy kapital ob’ektining korxona sotib olish xarajatlari, tashib keltirish va montaj xarajatlarini o’z ichiga oluvchi qiymatdir.

Eskirishni hisobga olgan holda boshlang’ich qiymat (boshlang’ich qoldiq qiymat)– bu to’liq boshlang’ich qiymatidan eskirishni hisobga oluvchi amortizatsion ajratmalar chegirilgandan so’ng hosil bo’lgan qiymat.

To’liq qayta tiklash qiymati (joriy qiymat) – zamonaviy sharoitda korxona tomonidan xuddi shunday asosiy kapital ob’ektini sotib olish uchun sarflaydigan qiymatdir.

Eskirishni hisobga olgan holda qayta tiklash qiymati (joriy qiymat) – bu to’liq tiklash qiymatidan eskirish qiymatini chegirishdan hosil bo’lgan qiymat.

To’liq balans qiymat – asosiy kapitalning korxona balansida aks ettirilgan qiymati. Bunda so’nggi o’tkazilgan qayta baholash paytigacha mavjud asosiy kapital to’liq tiklash qiymat bo’yicha, undan so’ng kiritilgan asosiy kapital to’liq boshlang’ich qiymat bo’yicha hisobga olinadi.
Asosiy kapitalni – milliy boylik tarkibiga kiritishda statistika fani va jahon amaliyoti joriy baho (qayta tiklash qiymati) dagi qoldiq qiymati ko’rsatkichidan foydalanishni tavsiya etadi. Ammo mamlakatlarda baholarni o’zgarishi tezligi va amortizatsiya siyosatini turlichaligi asosiy kapital hajmini va jon boshiga to’g’ri keladigan darajasini xalqaro solishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish imkoniyatini byermaydi.
Ma’lumki, asosiy kapitalning joriy (qayta tiklash) qiymati – bu asosiy kapitalni ma’lum bir sanadagi amaldagi bozor narxlaridagi qiymatidir. Qayta baholash ikki usulda amalga oshiriladi:
  1. indekslar (YaIM deflyatori, INI, investitsiya deflyatori, o’rtacha indeks, asosiy kapitalning u yoki bu guruhi bo’yicha indeks, deflyator) yordamida;


  2. to’g’ridan-to’g’ri (rieltorlar xizmatidan foydalanish ham mumkin) usulda.


O’zbekistonda qayta baholash asosiy kapital (guruhlari bo’yicha) ning eskirishi darajasiga ko’ra “koeffitsientlar” – indekslar yordamida amalga oshirildi.


Asosiy kapitalni qayta baholanishi natijasida ularni texnologik, tarmoq strukturasi ham o’zgarar ekan hamda eskirishi darajasi va yaroqliligi (qoldiq qiymatning to’liq qiymatdagi salmog’i) darajasi ham o’zgaradi. Demak asosiy fondlarni qayta baholanishi asosiy fondlarning to’liq qiymatini o’zgartirishi bilan birga qoldiq qiymatini turli tarzda o’zgartirar, bu hol esa milliy boylik hajmiga ta’sir etmasdan qolmaydi.
Mamlakatda qo’llaniladigan amortizatsiya siyosati ham asosiy fondlar hajmiga (qoldiq qiymatiga) va u orqali fizik kapital hajmiga ta’sir etadi. Amortizatsiyani (kengroq ma’noda – asosiy kapital iste’moli) hisoblash metodi YaIM va reinvestitsiya hajmiga ta’siri katta ekanligi ma’lum. Shuning uchun fizik kapital bo’yicha qo’llaniladigan metodlar (jahon va O’zbekistonda) ustida to’xtalmoqchimiz. Jahonda statistika fani va amaliyotida amortizatsiya hisoblashning 11 metodi qo’llaniladi. O’zbekistonda qo’llanilishi mumkin bo’lgan metodlar soni 4 ta, bu metodlar haqidagi informatsiyani BHMS №05 “Asosiy vositalar” milliy standartida bayon qilingan. Unda: to’g’ri chiziqli, bajarilgan ishlar hajmiga ko’ra mutanosib ravishda, kamayuvchi qoldiq usulida, qiymatni foydali xizmat qilish yillar soni yig’indisi bo’yicha chegirib borish usulida, qiymatni ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga mutanosib ravishda chegirib borish usulida ko’rsatilgan.
13.3-jadval


Amortizatsiya normasini hisoblashning an’anaviy usullari



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin