13-mavzu milliy boylik statistikasi


Monetar oltin va qarz olishning maxsus huquqi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə4/10
tarix02.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#151544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
13-mavzu milliy boylik statistikasi-fayllar.org

1. Monetar oltin va qarz olishning maxsus huquqi

2. Naqd pul va depozitlar

3. Qimmatli qog’ozlar (aktsiyadan tashqari)

4. Ssudalar

5. Aktsiya va kapitalda ishtirok etishning boshqa turlari

6. Sug’urta texnik rezyervlari

7. Debitorlar va kreditorlarning boshqa hisoblari.

Milliy boylik statistikasini MHT-93 asosida tashkil etish va hisoblash ishlari MDH doirasida amalga oshirilmoqda va uni takomillashtirish ishlari davom ettirilmokda.


13.2. Qayta tiklanadigan (fizik) kapital statistikasi
Milliy boylikning asosiy komponentlaridan biri asosiy kapital hisoblanadi. Asosiy kapital bu – mahsulot ishlab chiqarish, bozor va nobozor xizmatlar ko’rsatish uchun uzoq davr, lekin bir yildan kam bo’lmagan muddatda bir necha marotaba yoki doimo ishlatiladigan ishlab chiqarilgan aktivlardir. Asosiy kapital tarkibiga uzoq muddatda ishlatiladigan muayyan turdagi tovarlar kiritilmaydi: mayda asbob-uskunalar va inventarlar, ba’zi harbiy anjomlar (vayron qilish vositalari va ularni eltib byerish vositalari), uy xo’jaligi tomonidan sotib olingan va pirovard iste’moli uchun foydalaniladigan mashinalar va jihozlar (avtomobillar, mototsikllar, velosipedlar, mebel, maishiy texnika) asosiy kapital tarkibiga kiritilmaydi. Ammo, ular ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilsa – asosiy kapital tarkibiga kiritiladi.


Asosiy kapitalni baholash. Ma’lumki, asosiy kapital normativ xizmat muddati xalqaro hisoblashlarda, jumladan, Jahon bankida 25 yil qilib olinadi. Bu davr ichida birlamchi hisobga olingan asosiy kapital bahosi o’zgarib turadi. Asosiy kapital tarixiy (to’liq boshlang’ich), joriy (qayta baholangan qiymati – shu paytdagi bahosi), qoldiq qiymati, amortizatsiya qilinadigan qiymat, tugatilish qiymati, balans (aralash) qiymati, o’zgarmas baholardagi qiymati va boshqa usullarda baholanishi mumkin. Har bir metodda baholangan qiymatning hisobchilikda iqtisodiy statistik tahlilda, moliyalashtirish (reinvestitsiyada), soliqqa tortishda va milliy boylik hajmini hisoblashda o’z funktsiyasi mavjuddir.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin