13-mavzu. Muammoni hal qilishning asosiy strategiyalari. Reja



Yüklə 27,39 Kb.
səhifə1/2
tarix17.05.2023
ölçüsü27,39 Kb.
#115365
  1   2
13-mavzu. Muammoni hal qilishning asosiy strategiyalari. Reja


13-MAVZU. Muammoni hal qilishning asosiy strategiyalari.
Reja



  1. Muammolar va Qarorlar urtasidagi munosabatlar. Qaror qabul qilish va muammolarni xalqilishning birlashgan yagona modeli.

  2. Tizim muammolariga yondashish. Muammoni xalqilish strategiyasining asosiy jixatlari.

Kundalik hayotda oʻquvchilar turli oʻzaro munosabatlaridagi va jamiyatdagi muammolarni yechishda kreativ fikrlashdan foydalanadilar.


Tayanch tushunchalar: Muammolar va Qarorlar urtasidagi munosabatlar. Qaror qabul qilish va muammolarni xalqilishning birlashgan yagona modeli. Tizim muammolariga yondashish.
1. Muammo nima? “Muammo” so’zi lug’atda “yechim talab qiladigan noaniq va qiyin masala”, deb ta’riflangan ekan. Yana bitta boshqasida esa “tushunish, bajarish yoki amalga oshirish qiyin bo’lgan narsa”, deya ta’riflanibdi.Barcha muammolarning ikkita o’xshash jihatlari bor: maqsad va to’siq. Maqsad borligi uchun, unga intilish bo’lganligi sababli bizda muammolar bo’ladi. Umuman, biz maqsadimiz sari odimlayotganimizda yo’limizni to’sishi mumkin bo’lgan har qanday masala biz uchun muammo hisoblanadi. Bunda muammoni yengish maqsadga yetib borish bilan barobardir. Maqsadingizga erishishning bitta yo’lini topa olmadingizmi, demak bu Siz uchun muammo. Maqsadga erishishning ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi… yo’llarini topishingiz esa Sizdagi mavjud maummoning hal qilinishi bilan tengdir.
To’siq har qanday maqsadga intilish jarayonida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan holatdir. Maqsad yo’lida paydo bo’lgan to’siq muammoning o’zi hisoblanadi. To’siq bo’lmaganida muammo ham bo’lmasdi. Demak, to’siq muammoning mavjudligi bilan bog’liq.
Maqsadingiz bo’lsa va unga erishish yo’lida to’siqlarga duch kelayotgan bo’lsangiz, demak Sizda muammo bor. Uni qanday qilib bartaraf etasiz?
Har qanday muammo izchil, rejalashtirilgan, bosqichma-bosqich harakatlar asosida samarali bartaraf etilishi mumkin. Har qanday muammoni bartafar etishning bosqichma-bosqich rejasi quyidagicha:
1. MUAMMONI ANIQLAB OLING. Biz nimani hal qilishga urinayotganimiz haqida chuqurroq o’ylab ko’rishimiz zarur. O’ylang, muammo o’zi nimada? Siz bilan yuz berayotgan ko’ngilsiz holatlarning asl sababi – bosh muammo aslida butunlay boshqa narsa bo’lishi mumkin. Shuning uchun hal qilishga kirishishdan avval muammoning o’zi nima ekanligini aniqlab olishingiz kerak.
2. MUAMMOLARNI TARMOQ SHAKLIDA BIRLASHTI-RISH. Hech bir kishida faqat bitta muammo bo’lmaydi. Muammolar har doim bir necha sonli bo’ladi. Siz o’zingizdagi barcha muammolarni tarmoqli shaklda birlashtirib chiqing. Barcha kichik muammolar asosiy – eng katta muammoga borib taqalishi kerak. Bu amaliyotning foydali jihati shundaki, u orqali qaysi muammo qayerdan kelib chiqayotganligini va uning asosiy sababchisi nima ekanligini osongina aniqlab olasiz.
3. IMKONLI YECHIMLARNI SANAB CHIQING. Asosiy muammo nima ekanligini bilib olganimizdan so’ng uni bartaraf etishda qanday harakatlar qilishimiz kerakligi haqida o’ylashimiz mumkin. Muammoning asosiy yechimlari haqida o’ylang. Ular bir nechta bo’lishi mumkin. Sanang. Muammoni hal qilishingizning nechta yo’li bor?
4. QAROR QILING. Sanab o’tilgan barcha tahminiy yechimlardan faqat bittasini tanlang va o’zingizdagi muammoni aynan shu yechim bilan hal qilishga qaror qiling. Bu bosqichda ikkilanish faqat Sizga qarshi holat bo’ladi. Hech narsadan qo’rqamasdan muammoni hal qilishga qaror qiling.
5. HAYOLAN QAROR QILINGAN YECHIMNI AMALGA OSHIRING. Ishni haqiqiy hayotda amalga oshirishga nisbatan hayolda sinab ko’rish kelajakda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xato yoki kamchiliklarning oldini olishda muhim rol o’ynaydi. Bir necha daqiqani qilgan qaroringizni o’ylashga, uning asosida qanday yo’l tutishingiz va natija qanday bo’lishi mumkinligini o’ylashga sarflang. Ishoning, bu bosqichdan keyin juda ko’p narsalar Sizga avvalgidan yaxshiroq tushunarli bo’ladi.
6. QARORINGIZ VA REJANGIZNI MASLAHATLA-SHING. Qanday qarorga kelib, nima ish qilmoqchi bo’lganingizdan qat’iy nazar kim bilandir fikrlaringizni o’rtoqlashing. Maslahatlashish hech qachon zarar keltirmaydi. Albatta, maslahat beruvchi suhbatdoshingizni to’g’ri tanlashga ham alohida e’tibor qaratishingiz kerak. Suhbatdoshingizning fikrini bilganingizdan so’ng uning dunyoqarashi asosida tug’ilgan yangi fikrlaringizni saralab oling va o’z qaroringizni mustahkamlang.
2. Kontekstda kreativ fikrlash muammoning nafaqat texnik jihatini, balki ijtimoiy jihatini, yaʼni boshqalarning ehtiyoj va nuqtayi nazarini hisob- ga olgan holda, shaxslararo, jamiyatdagi va dunyodagi global muammolarni yechishdan iborat. Ushbu domendagi kreativ fikrlash oʻquvchining boshqalarga hamdard boʻlish hamda muayyan guruh ehtiyojlarini anglash, bogʻliqliklarni aniqlash va emotsional qiymatga ega gʻoyalarni berish hamda innovatsion, lekin ayni damda tatbiq etilishi mumkin boʻlgan yechimlarni taklif etish qobiliyatiga bogʻliqdir (Brown va Wyatt, 2010 ). Ijtimoiy muammoni hal qilish domenidagi test savollar oʻquvchidan quyidagi vazifalarni bajarishni talab etadi: yakka tartibda yoki ehtimoliy guruh ssenariysida ijimoiy ahamiyatga ega ochiq muammoni yechish vazifasini bajarish; berilgan ssenariy asosida ijtimoiy muammolarga yechim topish; tayyor yechimni yanada takomillashtirish.
Ilmiy muammoni hal qilish
Ilm-fanda kreativ fikrlash turlicha aks etishi mumkin: ilmning ilgʻorlashishiga hissa qoʻshadigan yangi gʻoyalarni taklif etish; taxminlarni isbotlash uchun eksperimentlarni shakllantirish; amaliy manfaat boʻl- gan muayyan sohalarga tatbiq etiladigan ilmiy gʻoya yoki ixtirolarni ishlab chiqish yoki ilmiy/muhandislik faoliyatini yangicha rejalashtirish (Moravcsik, 1981 ).
O‘quvchilar kreativ fikrlashni ilmiy tadqiqot mobaynida materiallar bilan istagancha sinab ko‘rish, oʻrganish va tahlil etish orqali namoyon qilishlari mumkin (Hoover, 1994 ).
Ilm-fanda kreativ fikrlash ilmiy tadqiqot malakasiga juda yaqin, lekin ushbu testning bir qator xususiyatlari uni matematika va ilm-fan sohasidagi testlardan butkul ajratib turadi. Birinchidan, ushbu test avval oʻrgatilgan bilimni qoʻllashga emas, yangi gʻoyalarni yaratishga urgʻu beradi. Ikkinchidan, oʻquvchining yondashuv va yechimlarining oʻziga xosligi baholanadi (agar javoblar yaroqli deb topilsa). Uchinchi farq yagona mukammal yechimi boʻlmagan ochiq savollardan foydalanishdan iborat. Nihoyat, ushbu test oʻquvchining ilmiy kontekstda kreativ fikrlash jarayonlariga – yaʼni «toʻgʻri» yoki «eng maʼqul» yechimni topish qobiliyatiga emas, ochiq muammolar yechimiga qay tarzda yondashishiga e’tiborni qaratadi.
Ilmiy muammoni hal qilish domenidagi test savollar turli ilmiy kontekstdagi kreativ fikrlashning farqli jihatlarini qamrab oladi. Umuman olganda, oʻquvchilardan quyidagilar soʻraladi: ilmiy kontekstda ochiq shakldagi muammoni yechish; taqdim etilgan ssenariyga asoslangan holda, ilmiy mohiyatga ega muammolarga yechim yoki gipoteza (farazlar, taxminlar) gʻoyasini berish; avvaldan berilgan tayyor yechimni yanada takomillashtirish haqida taklif berish. Ehtimoliy vazifalarda ilmiy fenomen borasida kuzatuvlar taqdim etilib, oʻquvchidan farqli tadqiqot predmeti yoki muammoni ifodalab berish uchun gipoteza soʻralishi; laboratoriya muhitida turli jihozlar orqali biror narsani kashf etish ham soʻralishi mumkin. Ko‘proq matematik yo‘nalishga ega bo‘lgan topshiriqlar guruhi o‘quvchilardan ma’lumotlar yoki geometrik shakllarning berilgan xu- susiyatlarini namoyish qilish uchun turli usullarni ishlab chiqishlarini talab qilishi yoki ma’lumotlarning berilgan to‘plamidan iloji boricha ko‘proq xulosa chiqarishlarini so‘rashi mumkin. Shuningdek, ushbu topshiriqlar guruhida innovativ yechimni talab etadigan ochiq muhandislik muammo yoki takomillashtirilishi lozim boʻlgan tizim ham taqdim etilishi mumkin.
Interaktiv simulatsiya va oʻyinlar ilmiy muammoni hal qilishdagi kreativ fikrlashni baholashda ayniqsa qoʻl keladi, chunki bunday muhitda oʻquvchiga uning tanlovi va harakatlari borasida darhol aks bog‘lanish yuz beradi; oʻquvchilar ushbu aks bog‘lanishga qanday munosabat bildirishini kuzatish ilmiy innovatsiyaning ajralmas qismi boʻlgan magʻlubiyat va kashfiyot bilan oʻquvchilarning munosabati borasida munosib maʼlumot beradi. 85. Mazmun sohasiga tayyorgarlikning muhimligi bu – shubhasiz shu sohada tasavvur qilish mumkin bo‘lgan aksar topshiriqlarni yechishda muqarrar paydo bo‘ladigan muammodir. Validliksiz originallik qiymatga ega emas, validlik esa, o‘z navbatida, hech bo‘lmaganda, asosiy bilimlarning ba’zi darajalarini yoki asosiy ilmiy tamoyillarni anglashni taqozo etadi.
Ijtimoiy muammoni hal qilish domenidagi namunada o‘quvchilar suvni tejash ijtimoiy muammosini yechish bilan band boʻladilar. Ushbu domendagi ijtimoiy muammoni tanlash sinovni shakllantirish nuqtayi nazaridan juda muhimdir, chunki u topshiriqning murakkabligiga taʼsir qilishi mumkin. Suvni tejash yoki suv isrofgarchiligi muammosi butun dunyodagi o‘quvchilarga tanish boʻlgan mavzudir, u koʻpincha maktablarda ham muhokama qilinadi.
Avvaldan mavzu borasida ilm va tajribaga ega boʻlish o‘quvchiga ushbu topshiriqda turfa va kreativ yechimlarni berish qobiliyatiga taʼsir qilish mumkin boʻlsa ham, avvalgi bilim va kreativ fikrlash orasidagi munosabat unchalik yaqqol ham emas: masalan, avvalgi bilim samarali yechimlarga olib kelishi, lekin shu bilan birga yechimning originalligi darajasini kamaytirishi ham mumkin. Domen tayyorgarligi taʼsirining oldini olish maqsadida, sinov mualliflari ushbu ijtimoiy muammoni hal qilish domenida yetarlicha turli mavzular boʻlishiga harakat qilgan.
Birinchi vazifada o‘quvchilar uylarida suvni tejashning uch farqli usuli haqida oʻylab koʻrishlari soʻraladi. Bu topshiriq turli g‘oyalarni ishlab chiqish jihati boʻyicha maʼlumot beradi. Vazifadagi gʻoyalar munosibligi, ular muammoga mantiqli yechim ekanligi va taklif etilgan yechim tatbiq etilganda uydagi suvni tejashga olib kelishi bilan oʻlchanadi. Baholashda (ham kodlovchi, ham o‘quvchining) soha tayyorgarligi taʼsirini kamaytirish maqsadida, kodlovchilarga o‘quvchilar javobining samarali va amaliyligini yuqoridagi munosiblik mezonidan ortiq tarzda koʻrib chiqilmaslik haqida koʻrsatma beriladi. Boshqacha aytganda, yechim qanday boʻlmasin roʻzgʻorda suvni tejashga olib kelsa, boshqa yechimlar undan samaraliroq yoki amaliyroq boʻlishidan qatʼi nazar, demak, gʻoya munosib, deb hisoblanishi kerak. Goʻyalar turli boʻlishi uchun, ularning amaliyotga tatbiq etilishida yo farqli uslub, yo farqli jihoz, yoki bajaruvchi mavjud boʻlishi kerak. Kodlashtirish yoʻriqnomasida javoblar biriktirilishi mumkin boʻlgan yechim toifalarining batafsil roʻyxati keltiriladi. 134. Topshiriqning ikkinchi vazifasi kreativ gʻoyalar berish jihati bora- sida maʼlumot yigʻadi. Unda suvni tejagan foydalanuvchilarni ragʻbatlanti- ruvchi smartfon ilovasini yaratish gʻoyasi taqdim etiladi. O‘quvchilar ushbu ilovani ehtimoliy foydalanuvchilarga reklama qilishning kreativ usullari haqida gʻoya berishlari kerak. Bu vazifadagi munosib gʻoya reklama strategiyasi borasidagi joʻyali gʻoya boʻlish bilan bir qatorda, tatbiq etilganda, ilovani muvaffaqiyatli reklama qilinishiga olib keladigan gʻoya hisoblanadi.
Originallikkni belgilashda kodlovchilar yoʻriqnomaning vazifaga tegishli qismiga murojaat qilgan holda, o‘quvchining javobi mavzusida yoki yonda- shuvida noodatiy ekanligini aniqlaydilar. Ushbu topshiriq uchun odatiy javoblar quyidagicha boʻlishi mumkin: 1) ilovani reklama qiladigan plakat yoki reklama shitlarini o‘rnatish; 2) televideniyada qurgʻoqchilikning salbiy oqibatlari va ilova haqida rolik koʻrsatish. O‘quvchining javobi ushbu odatiy toifalar qatoriga kiritilganda ham, agar unda noodatiy yondashuv ishlatil- gan boʻlsa, u original deb baholanishi mumkin. Noodatiy yondashuvlar roʻyxati kodlashtirish yoʻriqnomasida keltiriladi. 135. Ushbu topshiriqdagi soʻnggi vazifa o‘quvchilardan foydalanuv- chilarni ushlab qolish (odamlar ilovani yuklab olgandan soʻng undan foydalanmasligi) masalasini hal etishga qaratilgan ilova borasida original takomillashtirish gʻoyasini berish soʻraladi. Ushbu vazifa kompetensiyaviy modelning gʻoyani baholash va takomillashtirish jihati borasida maʼlumot beradi. O‘quvchilar foydalanuvchilarning ilovadan foydalanishda davom etishlari uchun ragʻbatlantirish kerakligini anglashlari zarur. Shuning uchun bu vazifa munosib gʻoya tatbiq etilganda, foydalanuvchi ilovadan foydalanishda davom etsa, unga qoʻshimcha ragʻbat beruvchi joʻyali yechim- dan iboratdir. Takomillashtirish taklifining originalligi taklif etilgan gʻoya mavzusi yoki yondashuvida odatiy ekanligi bilan oʻlchanadi.
Ilmiy muammoni hal qilish bo‘limining modeli
Namunada o‘quvchilardan oddiy velosipedga muhandislik innovatsiyasini tatbiq etish soʻraladi. Ushbu model o‘quvchilarga kreativ boʻlish imkonini beradi, chunki unda ochiq muammoga (belgilan- magan) yechim topish taqozo etiladi. Shu bilan u yagona yechimi mavjud yopiq muammolardan farqlidir.
Insoniyat tarixi oʻzligini anglagan, buyuk gʻayrioddiy insonlar, oʻziga xos daho shaxslar paygʻambar va avliyolar dunyoga kelib-ketib turganining guvohi boʻlgan. Ulardagi sirli (mistik), gʻayrishuuriy bilimlar, taʼlimotlar, moʻjiza va karomatlarni Yaratganning Oʻzi inʼom qilgan. Lekin ulardan boshqa, oddiy insonlarning daholigi oʻrganilishi kerak boʻlgan alohida muammodir. Insoniyat hayoti juda uzoq asrlar mobaynida zabardast daholarni shakllantirgan. Aniqrogʻi, sharoit ularni yetishtirgan. Isteʼdod, iqtidori boʻlmagan shaxs ijodkor, daho boʻla olmaydi. Oʻz navbatida, hamma isteʼdod egalari ham daholik darajasiga erisha olmaydi. Isteʼdod buyuklik, daholik tomon tashlangan birinchi qadamdir. Baʼzan irsiyat ham isteʼdodni nasldan-naslga oʻtishida rol oʻynaydi. Masalan, bu holatni Motsart, Bax, Veronezi, Karrichi, Titsian, Darvin, Eyler, Guk, Dyumada koʻrish mumkin.
Inson oʻz ijodiy izlanishlari asosida ham dunyoni oʻzgartiradi, ham oʻzini ijodkor, kashfiyotchi sifatida namoyon etadi. Yaʼni inson oʻz oldiga xilma-xil muammolarni qoʻyadi va hal qiladi, ularning oʻziga xos yechimlarini topadi. Baʼzan bunday yechimlarga nisbatan betakror yondashuvlar, usullarni qoʻllaydi. Ayni shu maʼnoda, ijodkor shaxs deganda, yuksak qobiliyat, hayotiy tajribaga tayanadigan teran aql-idrok, haqiqat va yaxshilik birligi, oliy haqiqat, adolat va rostgoʻylik mushtarakligi, aqliy va axloqiy kamolotning oliy darajaga yetgan holati, qadriyatlarni qadrlash, oʻzgacha his-tuygʻularning hayotga singib ketishi, har qanday narsa va hodisaga yangicha nuqtai nazar, aql koʻzi bilan qarash tushuniladi. Isteʼdod egalarini shakllantirsa boʻladi, lekin daholikni emas. Buyuklik oʻz-oʻzini yaratadi va namoyon etadi. Buyuklar hayotdan qoniqmaslik ruhi bilan yashaydi. Ular har qanday tushkun vaziyatda ham ruhan choʻkmaydilar. Izlanish, ijod, xayol, aqlni charxlash ularga huzur va halovat beradi. Baʼzi daholarni oʻz vaqtida anglab yetmaydilar. Uni tushunish uchun odamlar tayyor boʻlmaydi. Shleyermaxer nazdicha: “dahoni tushunish – dahoning ijodiy faoliyatini takroran boshidan oʻtkazishdan iborat boʻlishi kerak. Hatto dahoning oʻzi nimani, qanday qilib yozganligini oxirigacha anglay olmasligi mumkin, lekin talqinchi asarni muallifdan koʻra yaxshiroq tushunishi lozim. Tabiatni tushuntiramiz, insonni esa tus Daholarning hamrohi xayolparastlik boʻlgan. Misol uchun, Nyuton xayolparastligidan nima uchun tashqariga chiqqanini va qaytib kirganini bilmagan. Bu holat Viktor Gyugoda ham boʻlgan. Eynshteyn oddiy koʻpaytirishni, Tyusherel esa oʻz ismini unutib qoʻygan paytlari ham kuzatilgan. Daholarning feʼlidagi baʼzi oʻzgarishlar sababli omma ularni gʻalati tasavvurda eslashadi. Bu xuddi Arximedning yalangʻoch holda “Evrika” deb koʻchaga otilganiday kishilarda daholar haqida juda joʻn tasavvurlar saqlanib qolgan. Daholarning iqtidori xilma-xil. Aytaylik, “Hayvonlar ummoni masali”ni Lafonten ogʻzaki toʻqigani, Salvador Dali chizajak kartinalarini avval tushida koʻrgani, Mendeleev ham davriy jadvalni tushida koʻrib, keyin bunyod etgani, Agatta Kristi oʻzining detektiv asarlarini jinoiy arxivlardan qidirgan holda emas, balki oshxonada ovqat pishira turib “pishitgani” – bor haqiqat. Perseptiv xususiyatlar (gʻaroyib maʼno-mazmunga ega boʻlgan diqqatning jamlanishi, taʼsirchanlik, koʻngilchanlik), intellektual xususiyatlar (intuitsiya, fantaziya, oʻylab chiqarish, oldindan koʻrish qobiliyati, keng dunyoqarash), xarakterli xususiyatlar – oʻjarlik, bir qolipda ishlamaslik, originallik, qunt, yuqori darajadagi oʻz-oʻzini tashkillashtirish va mehnatga layoqatlilik (Ya. A. Ponomarev) daholik xususiyatlaridandir.
Baʼzi xastaliklar aynan ijodkorlarga, daholarga xos degan tushuncha ancha bahsli. Toʻgʻri, Pifagor, Demokrit, Aleksandr Makedonskiy, Yuliy Sezar, Petr I, Van Gog, Molyer, Napoleon, Dostoyevskiy kabi mashhurlar tutqanoq bilan ogʻriganlar. Koʻpgina past boʻyli daholar juda ulkan ishlarni amalga oshirganlar. Darhaqiqat, ijodning asosiy manbai va subʼyekti ham ijodkor shaxs hisoblanadi. Oʻz navbatida, ijodkor shaxs, asosan, oʻzining bilish motivatsiyasining dominantli oʻrni, tadqiqiy ijodiy faollik, subʼyektni yangilikni topishga boʻlgan qobiliyatida va muammolarni yechishdagi oʻziga xoslikda namoyon boʻladi. Masalan, original yechimlarni topish va prognozlash ehtimolligi, yuqori baholarni taʼminlaydigan estetik, axloqiy va intellektual ideallar etalonlarini yaratish qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandir (A. M. Matyushkin). Oʻzida aqliy va motivatsion omillarni integratsiya qiluvchi intellektual faollik (D. B. Bogoyavlenskaya) ham daholikning asosiy belgisidir. Ijod makon va vaqtga nisbiy bogʻlangani uchun uni toʻxtab qolish holatini va maʼlum bir makonda shakllanib qolmasligini ham koʻrishimiz mumkin. Bunga misol sifatida biz Sharq va Gʻarb ilmiy tafakkur taraqqiyotini keltirishimiz maqsadga muvofiq boʻladi. Zero, mazkur hududlardagi shakllangan gʻoyalarning oʻzaro bir-biriga koʻrsatgan taʼsirini Osiyosentrizm yoki Yevropatsentrizm vakili ham mutlaqo inkor eta olmaydi. Shu maʼnoda, ijod dinamikasi umumbashariy xarakterga ega. Muammoni topishdagi zukkolik, mulohazalarning uzun zanjirini yaxlitlash qobiliyati, “chetdan qarash”ga layoqatlilik, taʼsirlanishning maqsadliligi, xotiraning tayyorligi, fikrlash egiluvchanligi, baholash qobiliyati, gʻoyalarni hayotga oson tatbiq qilish, qoʻshimcha ishlanma berishga layoqat, osongina yaxlitlash, yumor hissining mavjudligi (A. N. Luk) koʻp daholarga xos. Shu oʻrinda yuqori ijodiy qobiliyat va motivatsion-ijodiy faollikning organik birligi (V. I. Andreev)ni ham eʼtirof etish lozim.
Daholarda yuksak takomillashgan xotira, gʻayritabiiy xarakter, oʻy, maqsad shunday bilinib turadi. Masalan, tarixda Kir hamda Aleksandr Makedonskiy oʻz askarlarini nomma-nom bilgan, Seneka ikki ming soʻzdan iborat matnni bir oʻqiganda yodlab qolish qobiliyatiga ega boʻlgan. Betakror qarash, yangilikni paydo qilish buyuklarning tamoyilidir. Barchaga oddiy tuyulgan, uncha-muncha aql anglab yetmagan, ilgʻay olmagan holat, voqealarni, inson koʻnglidagi xayollari va ruhi uchun mavhum irmoqlarni ochib berish, mahorat hamda joʻshqin tasavvur ila tasvirlash daholarga xosdir. Goʻyoki ularda hayotning salbiy va ijobiy ranglari birgalikda uygʻunlashganday, gʻoyalari olamidan qutilmagan tafakkur chashmasi qaynaydi. Insonni hayratga sola olgan noyob qobiliyatning hammasi ham daholikning belgisi emas. Daholikning sharti, jamiyat oʻzgarishlari, tafakkur tarzida burilish yasash, har qanday tamaddunga gumanitar va ezgu gʻoyalarni singdirishdir. Daholar oʻz davridagi ijtimoiy hayotdan bir necha qadam oldinda yashaganligi bois, oʻsha kunning talabi ular uchun qiziqarsiz, foniy va bemaʼni koʻrinishi ham mumkin. Baʼzan ular insoniy ehtiyojga ham vaqt topmaganlar. Misol uchun, Hazrat Navoiy, mashhur rassom Mikelanjelo, bastakor Betxoven, Brams, Shubert kabilar umri davomida uylanmaganlar. Oʻz-oʻzini shakllantirish, yuksaltirishga intilish, qilayotgan ishini burch deb bilish, shaxsning autentikligi, oʻz kuchiga ishonch, yuqori darajadagi tanqidiylik va refleksiya (A. Maslou) sabablidir. Ibn Sino 4 yoshida Qurʼonni toʻla yod olgan, Alisher Navoiy 6 yoshidan sheʼrlar yoza boshlagan va Farididdin Attorning mashhur yirik asari “Qush tili” (“Mantiq ut-tayr”)ni toʻla yoddan bilgan. Buyuk Sohibqiron Amir Temur juda yoshligidanoq feʼl-atvorida hukmdorlik belgilari zohir boʻla boshlagan. Chunki oddiy hodisalar doirasidan chiquvchi, ammo tabiat qonunlariga zid boʻlmagan harakatlarni amalga oshirish, kelajakda boʻladigan narsani his qilish, boy fantaziya va intuitsiya, yangilik va noyob narsalarga katta qiziqish (P. Torrens)dir.
Mustaqillik, tavakkal qilishga moyillik, faollik, qiziquvchanlik, mavjud narsaga qoniqmaslik, qaror qabul qilishga tayyorgarlik, eʼtirof etilishga intilish, ichki motivatsiya, oʻsishga tayyorlik (K. Teylor, E. Rou) daholar tabiatida bor. Daholikni muayyan yoshga olib borib taqash ham notoʻgʻri. Chunki ularda yosh nisbiy xarakterdadir. Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini 27 yoshida yozib tugatgan; Usmon Nosirning birinchi kitobi 20 yoshida chiqqan; Abdulla Qodiriy 26 yoshida “Oʻtkan kunlar”ni yozib, eʼlon qilgan; Chingiz Aytmatov 5 yoshida tarjimonlik qilib, haq olgan; Gyote 9 yoshida nemis, lotin va yunon tillarida sheʼrlar yozgan; rus bastakori Sergey Prokofyev 5 yoshida birinchi musiqiy asarini yozgan, 9 yoshida esa “Pahlavon” nomli opera muallifi boʻlgan; Lev Tolstoy 11 yoshida Moskva Kremli toʻgʻrisida birinchi ocherkini ijod qilgan; Motsart oʻzining birinchi musiqiy asarini 3 yasharligida, ilk operasini esa 12 yoshida bastalagan; rus moʻyqalam daholari Ilya Repin, Valentin Serovlar ijodlarini 4 yoshdayoq boshlashgan; Aleksandr Pushkin “Ruslan va Lyudmila” nomli mashhur poemasini 17 yoshida yozib tugatgan, Fridrix Shiller esa shu yoshga ham yetmay dunyoga mashhur “Qaroqchilar” pyesasini yozgan; Paskal 15 yoshida birinchi ilmiy ishini himoya qilgan. Mixail Sholoxov oʻzini dunyoga tanitgan “Tinch Don” romanining birinchi jildini yozib tugatganida 23 yoshga toʻlmagan edi, shu yoshda Mixail Lobachevskiy matematika fanlari boʻyicha professor boʻlgan edi; Angliyalik fizik, professor U. Lorens Bregg (1890–1970) esa 25 yoshida olimlardan eng yosh Nobel mukofoti sohibi boʻlgan va hokazo.
Eng qizigʻi, ijodkorda taʼtil yoʻq, sayohatda ham, uyida ham, baribir, ishlayveradi, bu yoʻlni u oʻzining erkin ixtiyori bilan tanlaydi, uning tarjimai holi isteʼdod va mehnatdan iborat. Uning mahorati isteʼdod va mehnatning uygʻunligidan vujudga keladi. Shuning uchun ham olmon faylasufi Kant: “Ijod – insonga lazzat bagʻishlaydi, ishtiyoqni qoʻzgʻaydi, hayotga boʻlgan muhabbatni tugʻdiradi”, deb yozadi. Adolat va insoniylik borasidagi, tasavvuf daholarining komil inson haqidagi teran fikrlari falsafiy gʻoyalarning yorqin namunasidir. Ijod bu – chidam, ham ruhlanish, ham mehnat, ham rohatlanish, ham “ijod azoblari”, ham “ijod quvonchi”dir. hunamiz”.



Yüklə 27,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin