13-mtt “O’rta guruh” tarbiyachisi sapayeva mavludaning Noyabr oyi “Yer usti transporti” mavzusidagi mashg’ulot ishlanmalari



Yüklə 410,71 Kb.
səhifə9/10
tarix20.11.2023
ölçüsü410,71 Kb.
#162774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ishlanmalari-fayllar.org

Loyihalash: «Ko‘prik».

Maqsad: qurilma namunalarini tahlil qilish; mustaqil tarzda turli hajm, shakl, rangdagi detallarni tanlash, ularni farqlay olishga o‘rgatish.

Jihoz va materiallar: rasmlar, AKT materiallari, qurilish materiallari, mashinachalar, kinder-syurpriz shakllari.

Faoliyatning borishi:
1. Har xil ko‘prik turlari bilan tanishish.
2. Bolalar tomonidan ko‘prik qurilishini rejalashtirish.
3. Makon uzra mo‘ljal -orientir olish mashqlari.
4. Bolalar tanlovi asosida turli ko‘priklar qurish.
5. Juftliklarda ishlash.


Qo‘shimcha: keng va tor, avtomobil va piyodalar ko‘priklari, ularni qurishda ishlatilgan detallar to‘g‘risida tushuncha berish.

Nimaga e’tibor qaratiladi: bolalarning o‘zaro hamjihatligi, birgalikda harakatlanishlari

Syujetli- rolli o‘yinlar drama markazi

Syujetli-rolli o‘yin: «Avtobus».

Maqsad: xushmuomala bo‘lish, kattalarga joy berish, e’tiborli bo‘lishga o‘rgatish.

Jihoz va materiallar: rasmlar, AKT materiallari; pul mulyajlari; stulchalar, qurilish materiallari.

Faoliyatning borishi:
1. Mavzu yuzasidan AKT materiallari hamda rasmlar.
2. Zarur anjomlarni to‘plash.
3. «Marhamat, o‘tiring!”Hikoyasini sahnalashtirish
4. Rollarni taqsimlash. Syujetni rivojlantirish.

Qo‘shimcha: bolalar bilan jamoat transportida o‘zini tutish tartibini muhokama qilish.

Nimaga e’tibor qaratiladi: syujetni rivojlantirish, bolalar o‘yinni mustaqil takrorlashi.
YAkunlash. Faol katnashgan bolalar ragbatlantiriladi.




Juma

Mavzu: Transportlar.
Maqsad:

Ta’limiy: transportlardan extiyot bulish,yul xarakati koidalariga doimo rioya kilishga odatlantirib borish.


Tarbiyaviy: kattalar mexnatini kadrlashga,ularni xurmat kilishga urgatish.
Korreksion: lugat boyligini oshirish,otlarni birlik va kuplikda ishlatish
Mustakil fikrlash qobiliyatlarini ustirish,suzlarni tulik talaffuz kilishga e’tibot berish.
Jixozlar: mavzuga mos rasmlar,uyinlar,kizil,sarik,yashil bayroklar.
Mashgulotning borishi:

  1. Tashkiliy kism. Mavzuga oid rasmlarni kursatish.


  2. –tugri nomlagan bola utiradi. Avtobus,samolyot….


  3. Utilganlarni takrorlash. (savol-javob ,test)


-Bolalar,avtobus,mashina,tramvay,samolyot,poezd,paroxodtrolleybus….bular transport turlariga kiradi. Transportlar er,suv,xavo transportlariga bulinadi.


Er trasportlari- mashina,avtobus,tramvay,poezd…
Suv transportlari- paroxod,kema.
Xavo transportlari- samolyot,vertalyot,raketa.

  1. Modellashtirish. (papkada).


  2. Transportlarning nomi,kattaligi,rangi,kaerda yurishi,nimadane yasalganligi,yokilgi turlaridan foydalanishi xakida ma’lumot berish.


  3. Bolalarga transport turlarining rasmlarini berish. Bolalar rasmdagi transport nomini birlikda va kuplikda aytadi.


Samolyot-samolyotlar


Paroxod-paraxodlar…..

  1. SHu rasmlar asosida birlik va kuplikdagi suzlar ishtirokida gap tuzish.


  2. –bolalar, endi biz sayoxatga boramiz. Sayoxatga kim ramida kaysi transportni chizsa,usha transportda boradi. (tanlagan rasmi asosida borsa xam buladi.)


Bolalar nimada sayoxat kilishlarini aytadilar.


-kaysi transport turida boryapsan?
-kaerga boryapsan?
-nima uchun?
Namuna: «Men kishlokka poezda buvimni kurgani ketyapman».
Uyin: «Tuxta,yur!»
-bolalarga kizil va yashil rangdagi bayroklar beriladi. Kizil bayrok ung kulda,yashil bayrok chap kulda,transportlarning rasmi kursatiladi. Agar transport turlariga kirsa,karab,yur,uch,suz deb aytadi va yashil bayrokni kutaradi. Transport turlariga kirmasa,kizil bayrokni kutarib,tuxta, deydi.
Samolyot,vertolyot,raketa uching……
Tramvay,trollybus,mashina,yuring…..
Ot,sigir,tuya, tuxta….. .

  1. Jismoniy dakika.


Samolyot


Samolyot,samolyot,
SHoshma,bir pas tuxtab ut.
Akamlarga xat yozay,
Kanotingda tashlab ut.
Uyin: «Doktor Voyjonimga yordam bering.»
-Bolalar, Doktor Voyjonim kim? U kimlarga yordam beradi? Afrikada juda kup xayvonlar kasal bulib kolibdi. Doktor Voyjonim tezrok Afrikaga etib borishi kerak. Sizlar unga tezrok etib borishiga kaysi transport vositalaridan foydalanishini maslaxat bering. Bolalar flanegrafda kaysi transportda ketsa tez etib borishini maslaxat beradilar va izoxlaydilar.
Uyin: «Kaysi biri ortikcha?»

  1. Kandayligini ayt.


Avtobus kanakas?- katta, yangi,kulay..


Mashina kanaka?-…….

  1. Yul xarakati koidalari.


Bolalardan yul xarakati koidalarini eslatish. Yul xarakati koidalari burchagiga borib shartli belgilarni tushuntirish. Svetafor,piyodalar koidalarini tushuntirish va mashklar berish.


Savollar:
A) yuldan utmokchisiz,kanday utasiz?
B) tramvaydan tushdingiz,yuldan utishingiz kerak,nima kilasiz?
V) svetafor nima uchun kerak?
G) rasmdagi jumboklarni eching.
12. YAkunlash. Mashgulotda nimalar xakida gaplashdik. Faol katnashgan bolalarni ragbatlantirish.

Fan va tabiat markazi


Yüklə 410,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin