13-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang`ich sinf o’qituvchisi Yoqubov Eralining Matematika fanidan 3-siniflar uchun



Yüklə 5,16 Mb.
səhifə2/2
tarix26.12.2023
ölçüsü5,16 Mb.
#197823
1   2
dars ishlanma

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: O`qituvchi:
-Assalomu- alaykum,aziz bolajonlarim,Yaxshi yetib keldingizmi. Darsga tayyor bo`ldingizmi?
O`quvchilar:
-Tayyormiz.
O`qituvchi: Kayfiyatlar qanday?
O`quvchilar: A`lo.
O`qituvchi: Dars davomida sizlarga omad tilayman.
O`quvchilar: Rahmat.
O`qituvchi: Qani menga aytingchi, sinfda kim navbatchi?
Navbatchi hisoboti tinglanadi.
Bugun hafta kunining beshinchisi bo`libdi.
Alloh ushbu kuniga katta nazar solibdi.
Yaxshilik farishtasi yer yuzida qolibdi.
Barcha ezgu-niyatlar ushbu kunni o`zida,
Ijobat ham bo`libdi.

Darsga tayyorgarliklarini tekshiriladi. .


O’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish, guruhlarga ajratish, nomlash, va guruh sardorlarini tayinlash, baholash mezonlari haqida tushuncha berish.


II.O`tgan darsni takrorlash: "Omad loto" o`yini orqali o`quvchilar matematikaga oid bilimlarini sinab, mustahkamlanadi.


O`quvchilarning uy vazifalarini ko`rib chiqiladi va xatolar ustida ishlanadi.
Guruhlarning bilimlarini tekshirish uchun 5 ta shart aytib o`tiladi. Shartlar konvertlarga solinadi. 1-shart.
,,Kvadrat,, guruhi uchun:
28:2= 63:3= 33:3= 88:8=
55:5= 84:4= 62:2= 96:3=
,,To`rtburchak,, guruhi uchun:
48:3= 72:3= 99:9= 78:6=
91:7= 82:2= 84:6= 96:8=
,,Uchburchak,, guruhi uchun:
32:4= 48:6= 56:4= 72:3=
81:3= 84:7= 95:5= 50:2=

2- shart.
,, Zanjir,, usulidan foydalanib , jadval ichida ko`paytirish va jadvaldan tashqari ko`paytirish, bo`lish bo`yicha savol- javob o`tkaziladi.
3- shart.
Masalalar yechish.
,,Kvadrat,, guruhi uchun:
1-masala.
6 o`ramda 66 metr mato bor. 3 o`ramda necha metr mato bor?
2-masala.
4 ta yashikda 36 kg olma bor. 10 ta yashikda qancha olma bor?
3-masala.
Chinnigullar 14 ta, atirgullar 16 ta .Hamma gullardan 6 tadan qilib, nechta guldasta qilish mumkin?
To`rtburchak,, guruhi uchun:
1- masala.
7 ta qafasda 77 ta qush bor. 3 ta qafasda nechta qush bor?
2- masala.
35 kg un 5 ta haltaga joylangan. 10 ta haltada - ?
3- masala.
Og`il bolalar 18 ta ,qiz bolalar 14 bo`lsa, 4 ta guruhga nechtadan o`quvchi to`g`ri keladi?
,,Uchburchak,, guruhi uchun:
1- masala.
48 kg bodring, 3 ta bankaga tuzlandi. Xuddi shunday 5 ta bankaga tuzlash uchun necha kg bodring kerak?
2- masala.
6 ta savatda 36 kg olma bor. 4 savatda necha kg olma bor?
3- masala.
1- sinfda jami o`quvchi 25 ta, 2- sinfda esa 35 ta o`quvchi bor. 3 ta avtobusga nechtadan o`quvchi chiqadi?
Yangi mavzu bayoni:

Yechilishini tushintiring: 36:12=
36 ning ichida nechta 12 borligini topamiz:
12*2=24. Bu kam, 2 to`g`ri kelmas ekan.
12*3=36 Demak: 36:12=3
Ikki xonali sonni ikki xonali songa bo`lishda bo`linmani tanlsh usuli yordamida toppish mumkin.
1

2. Bo‘linmani 2, 3, 4 va 5 sonlari orasidan tanlab, misollarni yeching:


24 : 12 = 2 42 : 14 = 3 60 : 15= 4 75 : 15 = 5
63 : 21 = 3 84 : 21 = 4 56 : 14 = 4 44:11=4
O`quvchilar misollarni guruhlarga ajratib bajaradilar. Misollarni javobini o`quvchilar doskada bajaradilar. O`quvchilar o`z ishlarini tekshiradilar.
3. Kutubxonaga 96 ta kitob olib kelindi. Har bir bog‘lamda 16 tadan kitob bo‘lsa, nechta bog‘lam kitob keltirilgan?
Yechish: 96:16=6
Javob: 6ta bog`lam
4. x – 60 : 3 = 250 20 · x + 45 = 85
X – 20 = 250 20 · x = 40
X = 250 + 20 x = 40 : 20
X = 270 x = 2 Misollarni doskada bajarish orqali o`quvchilar ishlari nazorat qilinadi.

IV Yangi mavzuni mustahkamlash
5 . Rasm asosida masala tuzing va yeching:
Yechish;
96 : 12 = 8
8 · 3 = 24


Javob: 24 ta.
6. Feruza texnologiya darsida eni 30 cm, bo‘yi 20 cm bo‘lgan rangli qog‘ozdan eni 15 cm, bo‘yi 10 cm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak qirqib oldi. Rangli qog‘ozning qolgan qismi yuzini toping.
Yechish;
30 · 20 = 600 sm2 15 · 10 = 150 sm2
600 – 150 = 450 sm2 Javob: 450 sm2
Misollarni o`quvchilar mustaqil bajaradilar. Misollarni doskada bajarish orqali o`quvchilar ishlari nazorat qilinadi.
V Baholash. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI Uyga vazifa. 7 - 8 – misol va masala.
7. Bo`linmani 2,3,4 va 5 sonlari orasidan tanlab misollarni yeching:
22:11=2 65:13=5 60:12=5
38:19=2 45:15=3 88:22=4
8. Velosipedchi har soatda 16 km dan yurub, 96 km masofani bosib o`tdi. U necha soat yo`l yurgan?
Yechish: 96:16=6 Javob 6 soat
Yüklə 5,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin