13-variant 1-topshiriq talaba : Matnazarov d guruh : sst-51



Yüklə 27,05 Kb.
səhifə1/9
tarix14.12.2023
ölçüsü27,05 Kb.
#179295
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-topshiriq talaba Matnazarov d guruh sst-hozir.org


1-topshiriq talaba : Matnazarov d guruh : sst

13-variant



1-TOPSHIRIQ
Talaba : Matnazarov D
Guruh :SST-51



1. Real va moliyaviy investitsiyalar nimani anglatadi?
Real investitsiyalar milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega boʻlib, ular ichki jamgʻarmalar darajasidan koʻproq miqdorda kapital jamgʻarish, toʻlov balansini qoʻllab-quvvatlash va import qilish imkoniyatini kengaytirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy taʻsir koʻrsatishi mumkin. Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar alohida korxonalarning faoliyati, ishlab chiqarish va kapital samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va menejment tizimini takomillashtirishda muhim oʻrin tutadi. Ushbu jarayonlar mahsulot va xizmatlar etkazib beruvchilar, buyurtmachilar, raqobatchilarga bilvosita taʻsir koʻrsatish orqali ichki bozorni rivojlantirish, ishchilarning malakasi va amaliy tajribasini oshirishda yordam beradi.

Real investitsiyalar qoʻyidagi elementlardan iborat:


– asosiy fondlar (asosiy kapital)ga investitsiyalar;
– yer uchastkalarini sotib olishga xarajatlar;
– nomoddiy aktivlar (patentlar, litsenziyalar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari)ga investitsiyalar;
– moddiy aylanma mablagʻlari zaxiralarini toʻldirish xarajatlari.
Moliyaviy investitsiyalar – daromad olish (xuddi foizlar, dividendlar va ijara haqi singari) va asosiy kapital qiymatini koʻpaytirish maqsadida investor tasarrufida boʻlgan korxona aktivlari. Mohiyat jihatdan “qimmatli qogʻozlarga (aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlar), yaʻni moliyaviy aktivlarga joylashtirilgan kapital moliyaviy investitsiyalarni anglatadi”24.
Bozor munosabatlari sharoitida pul resurslarini uzluksiz shakllantirish va ularni daromad keltiruvchi obyektlarga samarali investitsiyalash moliya bozori yordamida taʻminlanadi. Ushbu bozor oʻzida pul bozori, kredit bozori va fond bozorini mujassam etadi. Fond bozorida moliyaviy (portfel) investitsiyalar amal qiladi-ki, ular qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoʻnaltirilgan boʻladi.



Yüklə 27,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin