136 Antibiotiklar: Ular Nima va Ularni Qanday Ishlatish Kerak 7


Bu uchala bola ham shamollagan edi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix02.01.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#45999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
uz la wtnd 2015 07

Bu uchala bola ham shamollagan edi

Unga nima yomon 

ta`sir qildi?

Musibatni nima olib 

keldi?

Nimaga bola yaxshi 



bo`lib koldi?

Penitsillin! 

(Allergik shok, 

159-betga qarang).

Levomitsetin!

(bu dorining xavfl ari va 

ehtiyot choralari haqida 

639-betga qarang).

U xavfl i dorilarni ichma-

gan - faqat meva

sharbati, yaxshi sifatli

ovqatlarni iste`mol qil-

gan va dam olgan.

Antibiotiklarni oddiy shamollash davosiga ishlatish yaxshilikka 

olib kelmaydi. Antibiotiklarni yordam berishi aniq bo`lgan kasal-

liklarga qarshi ishlating.

Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013



141

ANTIBIOTIKLAR ISHLATISHNI  

CHEGARALASHNING AHAMIYATI

 

Hamma dorilarning ishlatilishi chegaralanishi kerak. Bu quyidagi 



sabablarga ko`ra antibiotiklar uchun ayniqsa ahamiyatlidir:

 

1. Zaharlanish va ta`sirchanlik. Antibiotiklar nafaqat bakteriyalar-



ni o`ldiradi, shuningdek, organizmga uni zaharlash yoki allergik ta`sir 

ko`rsatish orqali zarar yetkazishi ham mumkin. Kerak bo`lmagan antibio-

tiklarni ishlatish sababli har yili ko`plab odamlar halok bo`ladilar.

     


 

2. Tabiiy muvozanatni buzishi. Organizmdagi hamma bakteri-

yalar ham zararli emas. Ba`zi bakteriyalar organizm normal ishlashi 

uchun kerak. Ko`pincha antibiotiklar kerakli bakteriyalarni ham zararli-

lariga qo`shib o`ldiradilar. Antibiotik berilgan bolalarning og`izlarida (til 

oqarishi, 286-bet) yoki terisida ba`zan zamburug` kasalliklari (po`panak, 

298-bet) rivojlanadi. Buning sababi, antibiotiklar zamburug`larni nazorat 

qilib turuvchi bakteriyalarni o`ldiradilar.

 

Shu sababdan, ampitsillin va ta`sir doirasi keng bo`lgan boshqa 



antibiotiklar ishlatgan odamning bir necha kundan so`ng ichi o`tib qolishi 

mumkin. Antibiotiklar ovqatni hazm qilish uchun kerakli bakteriyalarni 

o`ldirib, ichaklardagi tabiiy muvozanatni buzishi mumkin.

    


 

3.Doriga chidamlilik. Antibiotiklar chegaralanishining asosiy sa-

bablaridan biri shuki, Antibiotiklar kerak bo`lmagan paytlarda va takroran 

ishlatilsa, avji zarur bo`lib turgan maxalda ta`siri susayadi. Zarur bo`lma-

ganda antibiotiklarni ishlatsangiz, keyin juda kerak bo`lib qolganida ular 

sizga ta`sir qilmasligi mumkin.

 

Bir xil antibiotik bilan hujum qilinaversa, bakteriyalar kuchliroq bo`-



la boshlaydi va bu antibiotikni ishlatganingizda bakteriyalar o`lmaydigan 

bo`lib qoladi. Natijada, ular antibiotikka chidamli bo`lib qoladi. Shuning 

uchun uzoq davolanilayotgan ich terlama kabi kasalliklarni davolash 

mushkullashib bormoqda.

 

Masalan: Levomitsetin undan ko`ra xavfsizroq yoki u bilan bir xil ta`sir 



qiladigan boshqa antibiotik barham topadigan juda ko`p infeksiyalar yoki 

umuman antibiotik ichilmaydigan kasalliklarga qarshi ishlatilib kelmoqda.




Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013

142

 

Dunyodagi ko`pgina jiddiy kasalliklar antibiotiklarga chidamli bo`lib 



bormoqda. Buning eng asosiy sababi, antibiotiklarning oddiy kasalliklar-

da ham ko`plab ishlatilishidir. Agar antibiotiklar insonlarning hayotini 




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin