1. Kasallik siz o`ylagan kasallik bo`lmasligi mumkin. Siz foydasiz
dorini to`g`ri ishlatishga harakat qiling.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
138
5. Agar antibiotik tabletkalarini ichib yaxshi natijaga erishsangiz,
hech qachon ularning ukolini olmang. Faqat juda zarur bo`lib qolgandagi-
na ukol oling.
6. Kasallik belgilari to`la yo`qolib ketgunga qadar antibiotiklar
ichishni to`xtatmang. Isitma yoki kasallikning barcha belgilari yo`q bo`lib
ketgandan so`ng ham dori ichishni kamida yana 2 kun davom ettiring.
(Sil, moxov kabi ba`zi kasalliklar bemor yaxshi bo`lib qolganidan keyin
ham, dorini oylar yoki yillar davomida qabul qilishi kerak. Har bir kasallik
xususida berilgan yo`l-yo`riqlarga rioya qiling.)
7. Agar antibiotik toshma, qichishish, nafas qiyinlashishi yoki
boshqa jiddiy ta`sirlar sababchisi bo`lsa, uni qabul qilishni
to`xtating va
siz butun hayotingiz davomida bu dorini qayta ishlatmasligingiz kerak.
(159- bet).
8. Antibiotiklarni juda zarur paytlardagina ishlating. Antibio-
tiklarning ko`p qabul qilinishi, infeksiyaga qarshi
kurashadigan kuchining
pasayishiga olib kelishi mumkin.
MA`LUM ANTIBIOTIKLARNI ISHLATISHGA DOIR YO`L-
YO`RIQLAR
1. Penitsillin yoki ampitsillin ukollarini qilayotganingizda allergik
ta`sirlarga qarshi kerak bo`ladigan
Adrenalin (epinefrin) ampulalari doim
tayyor tursin. (160-bet)
2. Penitsillinga allergiyasi bor odamlar eritromitsin yoki sulfanil-
amidlar kabi boshqa antibiotiklarni ishlatsin.(636-640-betlar).
3.
Ta`sir doirasi keng - tetratsiklin, ampitsillin
yoki boshqa antibio-
tiklar o`rniga ta`sir doirasi tor- penitsillin yoki boshqa antibiotiklar ishlatil-
ish mumkin bo`lsa, ta`sir doirasi keng antibiotiklarni ishlatmang (82-bet).
Ta`sir doirasi keng antibiotiklar ta`sir doirasi tor xillariga nisbatan ko`plab
bakteriya turlariga qarshi kurashadi. Shuning uchun ular bizning orga-
nizmimizga foydali ba`zi bakteriyalarni ham o`ldirishi mumkin.
4. Levomitsetinni faqat og`ir yoki hayot uchun xavfli, ich terlama
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
Dostları ilə paylaş: