136 Antibiotiklar: Ular Nima va Ularni Qanday Ishlatish Kerak 7



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix02.01.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#45999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
uz la wtnd 2015 07

antibiotik

guruhi

PENITSILLINLAR

AMPITSILLIN

TETRATSIKLINLAR

SULFANILAMID

AMINOGLIKOZID

LEVOMITSETIN

ERITROMITSIN

SEFALOSPORIN

XINOLONLAR



dorining

umumiy nomidan 

misol

sotilish yoki firma

tomonidan berilgan

maxsus nomi

betga

qarang

Fenoksimetil-

penitsillin

Ampitsillin

Doksitsiklin

Sulfamtoksazol+

Trimetoprim

Gentamitsin

Levomitsetin

Eritromitsin

Sefotaksim

Siprofloksatsin

629

634


637

640


643

639


636

645


647

Fenoksimetil-

penitsillin

Ampitsillin

T-doksi

T-iseptol va

boshqalar

Gentamitsin

Levomitsetin

Eritromitsin

Klaforan

Sifloks


Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013

137

Eslatma: Ampitsillin penitsillinning bir turi bo`lib, oddiy penitsil-

linlarga nisbatan bakteriyalarning ko`p turlarini o`ldiradi.

Agar siz dorining fi rma tomonidan 

berilgan nomini bilsangiz-u, qaysi guruh-

ga kirishini bilmasangiz, shishacha yoki 

qutidagi kichik harfl i yozuvlarni o`qing yoki 

dorixona xodimlaridan so`rang. Masalan: 

sizda „Trixopol” degan dori bor, lekin uning 

nimaligini bilmayapsiz, kichik harfl i yozuvi-

ni o`qing. Unga ko`ra „Metronidazol” ekan.



Antibiotikning qaysi guruhga kirishini, qaysi kasalliklarga 

qarshi ekanligini va uni xavfsiz ishlatish uchun qanday ehtiyot cho-

ralariga rioya qilishingiz kerakligini bilmay turib hech qachon ishlat-

mang.

Shu kitobning Yashil Sahifalar bo`limida antibiotiklarning ishla-

tilishi, miqdori, xavfi  va ehtiyot choralari haqida ma`lumotlar olishingiz 

mumkin. Doringiz nomini shu betlarning boshlanishidagi alfavit bo`yicha 

toping.

ANTIBIOTIKLARNI ISHLATISHGA DOIR UMUMIY 

YO`L-YO`RIQLAR

 

1. Agar siz antibiotikning qanday ishlatilishini va qanday infeksi-



yalarga qarshi kurashishini aniq bilmasangiz, uni ishlatmang.

 

2. Siz davolamoqchi bo`lgan infeksiyaga qarshi faqat tavsiya etil-



gan antibiotikni ishlating.

 

3. Antibiotiklarning ishlatilishidagi xavfl i tomonlarini biling va ki-



tobda berilgan ehtiyot choralariga rioya qiling. (Yashil Sahifalar bo’limiga 

qarang).


 

4. Antibiotiklarni faqat tavsiya qilingan miqdorlarda ishlating (ko`p 

ham emas, oz ham emas). Antibiotik miqdori kasallik va bemorning yoshi 

va vazniga bog`liq.




Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013

138

 

5. Agar antibiotik tabletkalarini ichib yaxshi natijaga erishsangiz, 



hech qachon ularning ukolini olmang. Faqat juda zarur bo`lib qolgandagi-

na ukol oling.

 

6. Kasallik belgilari to`la yo`qolib ketgunga qadar antibiotiklar 



ichishni to`xtatmang. Isitma yoki kasallikning barcha belgilari yo`q bo`lib 

ketgandan so`ng ham dori ichishni kamida yana 2 kun davom ettiring. 

(Sil, moxov kabi ba`zi kasalliklar bemor yaxshi bo`lib qolganidan keyin 

ham, dorini oylar yoki yillar davomida qabul qilishi kerak. Har bir kasallik 

xususida berilgan yo`l-yo`riqlarga rioya qiling.)

 

7. Agar antibiotik toshma, qichishish, nafas qiyinlashishi yoki 



boshqa jiddiy ta`sirlar sababchisi bo`lsa, uni qabul qilishni to`xtating va 

siz butun hayotingiz davomida bu dorini qayta ishlatmasligingiz kerak

(159- bet).

 

8. Antibiotiklarni juda zarur paytlardagina ishlating. Antibio-



tiklarning ko`p qabul qilinishi, infeksiyaga qarshi kurashadigan kuchining 

pasayishiga olib kelishi mumkin.

MA`LUM ANTIBIOTIKLARNI ISHLATISHGA DOIR YO`L-

YO`RIQLAR

  

 

1. Penitsillin yoki ampitsillin ukollarini qilayotganingizda allergik 



ta`sirlarga qarshi kerak bo`ladigan Adrenalin (epinefrin) ampulalari doim 

tayyor tursin. (160-bet)

  

 

2. Penitsillinga allergiyasi bor odamlar eritromitsin yoki sulfanil-



amidlar kabi boshqa antibiotiklarni ishlatsin.(636-640-betlar).

  

 



3. Ta`sir doirasi keng - tetratsiklin, ampitsillin yoki boshqa antibio-

tiklar o`rniga ta`sir doirasi tor- penitsillin yoki boshqa antibiotiklar ishlatil-

ish mumkin bo`lsa, ta`sir doirasi keng antibiotiklarni ishlatmang (82-bet). 

Ta`sir doirasi keng antibiotiklar ta`sir doirasi tor xillariga nisbatan ko`plab 

bakteriya turlariga qarshi kurashadi. Shuning uchun ular bizning orga-

nizmimizga foydali ba`zi bakteriyalarni ham o`ldirishi mumkin.

  

 

4. Levomitsetinni faqat og`ir yoki hayot uchun xavfli, ich terlama 



Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013

139

kabi ma`lum kasalliklarga qarshi ishlating. U xavfli dori. Hech qachon uni 

oddiy kasalliklar uchun ishlatmang. Yangi tug`ilgan bolalarga ham ber-

mang (faqat ko`kyo`taldan tashqari 561-bet).

 

5. Hech qachon tetratsiklin yoki levomitsetin ukollarini olmang. 



Ular ichilganda xavfsizroq, og`riqsizroq va ba`zi hollarda ukollardan ham 

foydaliroqdir.

  

 

6. Tetratsiklin yoki siprofloksatsinni (sifloks, siprolet) homilador 



ayollar hamda bolalarga bermang. Bular yangi tish va suyaklarni shikast-

lashi mumkin (637-bet).

 

7. Aminoglikozidlar guruhiga kiruvchi (kanamitsin va gentamitsinlar 



ham) dorilar ancha zaharli. Ko`pincha ularni yengil infeksiyalarga tavsiya 

qiladilar, bunda ularning zarari foydasidan ko`proqdir. Ularni faqat jiddiy 

kasalliklarga qarshi tavsiya qilingan bo`lsa ishlating. Lekin bularni shamo-

llash, gripp va oddiy oddiy kasalliklariga qarshi hech qachon ishlatmang.

 

8. Ampitsillin kabi antibiotiklar foydali bakteriyalarni o`ldiradilar. 



Qatiq yoki tvorog iste`mol qilish o`ldirilgan foydali bakteriyalarni yangila-

nishiga va organizmning tabiiy balansini qayta tiklashga yordam beradi 

(keyingi betga qarang).

  

 



9. Qatiqni iste’mol qilish, ampitsillin kabi antibiotiklar qirib tashlag-

an kerakli bakteriyalarni qayta tiklashga yordam beradi va tanadagi tabiiy 

bakterial muvozanatni yaxshilaydi (keyingi betga qarang).

ANTIBIOTIK YORDAM BERMAYOTGANGA O`XSHASA, 

NIMA QILISH KERAK

 

Ko`pgina oddiy infeksiyalarni antibiotiklar bir yoki ikki kun ichida 



davolay boshlaydi. 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin