Relyatsion jadvallarni hosil qilishdan asosiy maqsad - ma’lumotlar omboridan ma’lum bir kriteriy bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni So‘rovlar orqali tanlab olishdan iborat.
Keyingi darsda So‘rovlarni tashkil etish haqida so‘z boradi.
MS Accessda ma’lumotlarni berilgan shablon bo‘yicha izlash va qayta ishlash
Oldingi darslarda hosil qilingan ma’lumotlar ombori ikkita jadvaldan iborat edi: birinchi jadvalda o‘quvchilar haqidagi umumiy ma’lumotlar, ikkinchi jadvalda - o‘quvchilarning fanlardan olgan baholari haqidagi ma’lumotlar.
Tayyor ma’lumotlar omboridan kerakli ma’lumotni chaqirib olishning qulay usuli – bu so‘rovlarni tashkil etishdir.
So‘rov – o‘zaro bog‘langan jadvallardan berilgan shartga muvofiq tanlab olingan satrlardan hosil bo‘lgan jadval.
Bitta yoki bir nechta o‘zaro bog‘liq jadvallarga nisbatan bir nechta so‘rovlarni tashkil etish mumkin va bu so‘rovlar jadvallardagi ma’lumotlar ichidan bir qism axborotnigina chaqirib oladi.
So‘rovlarning muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ma’lumotlar omboridan nafaqat kerakli axborotni chaqirib olish, balki chaqirib olingan axborotlarni qayta ishlash ham mumkin. So‘rovlar tashkil etilganda axborotlarni tartiblash, filtrlash (saralash), birlashtirish, o‘zgartirish mumkin. Lekin, bunday o‘zgarishlar ma’lumotlar omborining asosiy jadvallaridagi axborotlarga ta’sir etmaydi.
So‘rovlarni tashkil etish. So‘rovlarni tashkil etishni quyidagi masalalarni yechish orqali ko‘rib chiqamiz:
1 – masala. 9-sinf o‘quvchilari ma’lumotlar omboridan Informatika fanidan a’lo bahoga o‘qiydigan o‘quvchilarning Algebra, Geometriya va Fizika fanlaridan qanday o‘zlashtirishini aniqlang. So‘rov natijasida hosil bo‘ladigan jadvalda o‘quvchilar haqida quyidagi ma’lumotlar aks etsin: Tartib raqami, Familiyasi, Ismi, Otasining ismi, Algebra, Geometriya va Fizikadan olgan bahosi.
2 – masala. 9-sinf o‘quvchilari ma’lumotlar omboridan yoshi eng kichik o‘quvchini toping. So‘rov natijasida hosil bo‘ladigan jadvalda o‘quvchilar haqida quyidagi ma’lumotlar aks etsin: Tartib raqami, Familiyasi, Ismi, Otasining ismi, tug‘ilgan sana.
Dostları ilə paylaş: |