14- mavzu ms accessda jadvallarni o‘zaro bog‘lash, ma’lumotlarni berilgan shablon bo‘yicha izlash va qayta ishlash



Yüklə 33,06 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü33,06 Kb.
#211903
  1   2   3   4
14 ms accessda jadvallarni ozaro boglash



14- Mavzu MS Accessda jadvallarni o‘zaro bog‘lash, ma’lumotlarni berilgan shablon bo‘yicha izlash va qayta ishlash

Ma’lumotlar omborlarini yaratishdan asosiy maqsad – jamlangan ma’lumotlar ichidan ma’lum bir shart (qoida, shablon, kriteriy) bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni topish. Masalan, biz 9-sinf o‘quvchilari to‘g‘risida ikki xil jadval tashkil etdik: Umumiy ma’lumotlar va fanlardan olgan Baholari. Endi bu ma’lumotlar ichidan turli kriteriylar bo‘yicha kerakli ma’lumotni topi­shimiz kerak.


Bunday kriteriylar quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  1. Algebra, Geometriya va Informatika fanlaridan «5» baho olgan o‘quvchilarni aniqlash;

  2. Familiyasi «A» harfi bilan boshlanadigan o‘quvchilarni aniqlash;

  3. O‘quvchilar ichida May oyida tug‘ilganlarini aniqlash va h.k.

Ma’lumki, yuqorida keltirilgan kriteriylarga javob beradigan ma’lumotlar ikkita jadvalda joylashgan. Ikkita turli jadvaldan ma’lum kriteriylar bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni topish uchun ularni o‘zaro bog‘lash zarur. O‘zaro bog‘liq jadvallar Relyatsion jadvallar deyiladi. Relyatsion jadvallardagi bog‘lanish jadvallardagi bir xil Kalit maydonlar orqali amalga oshiriladi.
Jadvallarni bog‘lash, ya’ni Relyatsion jadvallar hosil qilish quyidagicha amalga oshiriladi.
S
ervis
(Сервис) menyusining Ma’lumotlar sxemasi (Схема данных) bo‘limini tanlaganimizdan so‘ng quyidagi oyna hosil bo‘ladi (1-rasm).
Ushbu oynada ma’lumotlar omborida mavjud jadvallar nomlari aks etgan: Umumiy ma’lumotlar va Baholar.
K ursor Baholar va Umumiy ma’lumotlar jadvallari nomlari ustida turganda Qo‘shib qo‘yish (Добавить), so‘ng Yopish (Закрыть) tugmalarini bosamiz va 2-rasmdagi oynani hosil qilamiz.
Ikkala jadvalda ham bir xil Tartib raqami nomli Kalit maydoni mavjud. 2-rasmdagi ikkita Kalit maydonlar nomlaridan birini sichqoncha bilan belgilaymiz va sichqoncha tugmasini ushlab turgan holda ikkinchi jadval Kalit maydonining nomi ustiga olib boramiz. Shundan so‘ng 3-rasmdagi oyna ochiladi. Bu oynada Hosil qilish (Создать) tugma­sini bosamiz. Shundan so‘ng 2-rasmdagi oyna 4-rasmdagi ko‘rinishga o‘tadi.
B
u ko‘rinishning 2-rasmdagi holatdan farqi – ikkala jad­valning Kalit may­donlari yo‘nalish chiziqlari bilan bog‘langan.

B og‘lanishlar jadvallarda “+” belgilari orqali ifoda etiladi va belgilar ochilganda quyidagi ko‘rinishlar hosil bo‘ladi:

Shunday qilib, biz ikkita jadvaldan Relyatsion jadvallar hosil qildik. Zaruratga qarab, relyat­sion jadvallarni ikkita jadvallar asosidagina emas, balki bir nechta jadvallar asosida ham tashkil etish mumkin.


Yüklə 33,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin