14-bob. Mehnatga haq to’lash tizimlarini tashkil etish


Ish haqining ishbay va vaqtbay tizimlarini qo’llash



Yüklə 37,9 Kb.
səhifə3/6
tarix01.06.2023
ölçüsü37,9 Kb.
#121746
1   2   3   4   5   6
14-bob. Mehnatga haq to’lash tizimlarini tashkil etish

14.3. Ish haqining ishbay va vaqtbay tizimlarini qo’llash

Ilgari ko’rsatib o’tilganidek, mehnatga haq to’lashning oddiy tizimlari xodimning ish haqini mehnat natijalarini xisobga olishning bitta ko’rsatkichi: ish vaqti yoki tayyorlangan mahsulot sifatiga qarab shakllantiradi.


Oddiy vaqtbay tizim xodimning ish haqini uning tarif stavkasiga yoki haqikatda ishlagan vaqtiga qarab belgilaydi. Ana shunga muvofiq ravishda tarif stavkalari: soatbay, kunbay va oylik stavkalar tatbik etiladi.
Soatbay va kunbay tarif stavkalarini tatbik etishda xodimning ish haqi mikdori kuyidagi formula bilan belgilanadi:
Iv  St · Tx,
bunda Iv – vaqtbay haq to’lanadigan xodimning ish haqi (so’m);
St – xodimning vaqt birligidagi tarif stavkasi (so’m);
Tx – ishchining haqikatda ishlagan vaqti (kun yoki soatlarda).
Oylik tarif stavkasini tatbik etganda xodimning ish haqi kuyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:


,
Bunda St – oylik tarif stavkasi; Tx - bir oy ichidagi haqikatda ishlangan kunlar mikdori; Tp – bir oy ichidagi hisoblangan ish kunlari soni (takvim fondidan dam olish va bayram kunlari chegirib tashlanadi).
Oddiy vaqtbay haq to’lashda ishlangan vaqt mikdori bilan ish haqi o’rtasida mutanosib bog’liqlik bor. Oddiy vaqtbay mehnat haqi to’lashning boshqacha boglanish shakllari mavjud emas.
Mehnatga oddiy ishbay haq to’lash shunday tuzilganki, ishchining ish haqi ishbay baxoga bog’liqdir, u tayyorlangan mahsulot birligi (bajarilgan ish) uchun to’langan haqdan iboratdir, shuningdek ishlab chikarilgan mahsulot (bajarilgan ish) mikdoriga bog’liqdir. Ish haqi mikdori kuyidagi formula bilan aniqlanadi:


Iishb.(R · n)

Bunda Iishb. – mehnatga ishbay haq to’lanadigan xodimning ish haqi (so’m); R – mahsulot (bajarilgan ish) birligi uchun belgilangan ish haqi (so’m); n – tayyorlangan mahsulot (bajarilgan ish)ning mikdori (so’m);


Amalda mehnatga ishbay haq to’lashning kuyidagi tizimlari: yakka tartibdagi, jamoa (brigada), bir yo’la haq to’lash, bevosita, ishbay-progressiv va ishbay-regressiya tizimlari ko’llanadi.
Mehnatga haq to’lashning yakka tartibdagi ishbay tizimida bajarilgan ishning (buyum, detal, operatsiya) xar bir birligi uchun o’zgarmas ishbay narx belgilanadi. U kuyidagi formulalardan biri bo’yicha aniqlanadi:
yoki R  Str · Nvt,
Bunda R – ishbay narx (so’m, tiyin); Str – bajarilayotgan ish razryadiga to’gri keladigan tarif stavkasi (so’m, tiyin); Nich – mahsulot ishlab chiqarish normasi; Nvt – vaqt normasi.
Ishbay narxlarni aniqlashda tarif stavkalari uchun olinadigan vaqt birligi normalar belgilanadigan vaqt birligiga mos kelishiga (soat, smena) rioya kilinishi zarur.
Ko’p stanokli xizmat ko’rsatish sharoitida yakka tartibdagi ishbay haq to’lashni tashkil etish muayyan o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Agar ishbay ishchi vaqt normalari bo’yicha bir necha stanokda ishlasa, belgilangan xizmat ko’rsatish me’yori shu doirada bo’lganda, ishbay norxlar kuyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
,
Bunda n – xizmat ko’rsatish me’yori bilan belgilangan stanoklar sonidir.
Mehnat haq to’lashning jamoa (brigada) ishbay tizimi shundayki, bunda ishchilarning ish haqi ishlab chiqarish brigadasi bajargan ish xajmi (mahsulot mikdori)ga muvofiq xisoblab chiqiladi. Ishbay haq to’lashning bu turi ancha samarali bo’ladi, chunki ishchilar guruhi ishlab chiqarish topshiriklarini bajarish uchun bir vaqtda kuch-gayrat zarurati zarur bo’ladi, ya’ni brigada a’zolari o’rtasida doimiy ishlab chiqarish alokasi o’rnatiladi, uning buzilishi esa mehnat natijalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Mazkur tizimning tatbiq etish sohasi ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashni amalga oshirishga qarab kengaytirib boriladi. U egali aloxida-aloxida bajarilgan ko’pgina operatsiyalarni birga ko’shib bajarish imkonini beradi.
Jamoa ishbay haq to’lash usuli kompleks brigadalarida keng tatbik etiladi, ularda kasblarni birga ko’shib bajarish va ishchilarning bir-birlari o’rnida ishlashi rivojlangan bo’lada (kurilish brigadalari kumir va kon-ma’dan sanoatidagi tozalash zaboylarida, o’rmon yogochi tayyorlashda). U brigada bo’lib xizmat ko’rsatishda, yirik agregatlarni apparat va mexanizmlarni kuzatish va nazorat qilishda ham maksadga muvofiqdir.
Mehnatga haq to’lashning mazkur tizimida ishchilarning ish haqini xisoblash butun brigada uchun mo’ljallangan umumiy jamoa narxlarini tatbik etgan holda amalga oshiriladi (bunda brigada ichida kat’iy, barqaror mehnat taksimoti bo’lmaydi) yoki yakka tartibdagi ishbay narxlarni tatbik etgan holda amalga oshiriladi (bunda brigadada ishchilarning mehnati kat’iy taksimlangan bo’ladi). Birinchi holda brigada tomonidan bajarilgan ish xajmi, ishlab chikarilgan mahsulot birligi uchun umumiy jamoa narxi asosida umuman brigadaning ish haqi belgilanadi, keyin esa bu ish haqi uning a’zolari o’rtasida taksimlanadi. Ikkinchi holda xar bir ishchining mehnatiga u bajargan ma’lum bir ish turiga qarab belgilanadigan narxlar bo’yicha haq to’lanadi. Bunda ishlab chikarilgan mahsulotni xisobga olish umuman brigada ishlab chikargan pirovard mahsulot mikdoriga qarab olib boriladi.
Umumiy jamoa narxlarini aniqlashning ikkita varianti mavjud bo’lishi mumkin. Birinchi variantda brigada a’zolarining kundalik tarif stavkalari summasi brigadaning smenada ishlab chikargan mahsuloti normasiga bo’linadi:



Bunda Rj – jamoa ishbay narxi (so’m, tiyin); Nich.br – brigadaning mahsulot ishlab chiqarish normasi; Sti – ishchining tarif stavkasi (so’m, tiyin); n – brigada ishchilari soni.


Ish haqini xisoblashning ikkinchi varianti bajariladigan ishning sermehnatligi kalkulyatsiyasiga asoslangan. Jamoa ishbay narxi bunday holda brigada bajargan ishlar majmuiga kiradigan aloxida ish turlarining operatsiyalar bo’yicha narxlari summasidan iboratdir. Brigadaning umumiy ish haqi tayyorlangan mahsulot mikdori (bajarilgan ish birligi) uchun umumiy jamoa narxi xosilasi sifatida aniqlanadi, keyin esa xar bir ishchining razryadi va xisobot davrida u ishlagan haqiqiy vaqtni xisobga olgan holda brigada a’zolari o’rtasida taksimlanadi.
Brigada ish haqining tarqalgan taksimlash usullaridan biri ko’shimcha haq koeffitsienti yordamida taksimlashdir. Bunday holda xar bir ishchining ish haqini xisoblash usuli kuyidagilardan iborat bo’ladi: a)haqikatda ishlagan vaqt uchun butun brigada ish haqining tarif stavkasi summasi aniqlanadi; b)ko’shimcha haq koeffitsienti aniqlanadi, buning uchun jamoa narxlari bo’yicha brigadaning haqiqatda olgan ish haqi tarif stavkasi bo’yicha ish haqi summasiga bo’linadi; v)xar bir ishchining haqiqiy ish haqi xisoblab chiqiladi: uning ishlangan vaqt uchun tarif bo’yicha ish haqi ko’shimcha haq koeffitsientiga ko’paytiriladi.
Jamoa ish haqini taksimlash usuli ham qarab chikilgan usulga ancha yakindir, bu usul bilan I razryadga doir keltirilgan ish soatlari soni va ishning bir soatiga I razryad bo’yicha haqikatda to’lanadigan haq xisoblab chiqiladi. Mazkur usul bo’yicha ish haqini taksimlash uchun dastlab brigadaning xar bir a’zosi ishlagan soatlar va umuman brigada ishlagan soatlar soni aniqlanadi. Buning uchun xar bir ishchi ishlagan soatlar soni uning razryadiga to’gri keladigan tarif koeffitsientiga ko’paytiriladi. Olingan natijalar jamlanadi. So’ngra brigadaning haqikatda ishlagan ish haqi summasi brigadaning 1 razryad bo’yicha keltirilgan ish soatlari mikdoriga bo’lish bilan keltirib o’tilgan bir soat ishga to’gri keladigan haqiqiy mehnat haqi mikdori aniqlanadi. Nixoyat, bir soatga to’langan haqiqiy haq mikdorini xar bir ishchining 1 razryad bo’yicha ishlagan soatlari soniga ko’paytirish yo’li bilan ularning haqiqiy ish haqi aniqlanadi.
Jamoa ish haqini brigada a’zolari o’rtasida taksimlashda vujudga keladigan asosiy muammo xar bir ishchining brigada ishining umumiy natijasiga shaxsiy xissasini yanada to’larok xisobga olishdan iboratdir. Brigada ish haqini taksimlashning qarab chikilgan usullari buni shunday holda xisobga olishi mumkin: agar xar bir ishchi o’zining malakasiga to’gri keladigan murakkablikdagi ishni bajarish kerak bo’lsa, brigada xar bir a’zosining mehnat unumdorligi taxminan bir xil bo’lsa. Birok amalda hamisha ham shunday bo’lavermaydi. Ishchilarning umumiy brigada ishiga yakunlariga ko’shgan aloxida xissasi ko’pincha birmuncha farq qiladi, ishlangan vaqt va razryad bir xil bo’lganda, ish haqi ham bir xil bo’ladi. bu hol brigada ish haqini taksimlashning odatdagi usullariga tuzatish kiritish zarurligiga olib keladi.
Tuzatish kiritish usullaridan biri ishbay ko’shimcha haqni va brigadaning jamoa mukofotini ishtirok etish koeffitsientlari yordamida taksimlashdir, ular brigadaning ayrim a’zolari umumiy topshirikni bajarishda qanday ishtirok etganligi darajasini ifodalaydi. Ishtirok etish koeffitsientlari brigadaning o’zi tomonidan oylik ish yakunini chiqarish vaqtida xisoblab chikish tartibida belgilanadi, xisoblash mehnatga haq to’lash to’grisidagi Nizomda belgilangan bo’lib, u xodimlar bilan ish beruvchi o’rtasida kelishib olingan bo’ladi.
Ishtirok etishning o’rtacha koeffitsienti bir deb kabul kilinadi. Uning pasayishi odatda mehnatga beparvolik bilan karash, brigada boshligining topshirigini bajarmaslik, mehnat unumdorligining pastligi, mehnat va texnologiya intizomini buzish, xavfsizlik texnikasi koidalariga rioya kilmaslik va boshqa sabablar bilan bog’liqdir. Ishtirok etish koeffitsientini oshirish shunday hollarda ko’llanadi: ishchi brigadaning boshqa a’zolariga nisbatan mehnat unumdorligida ancha yuqori natijaga erishadi, bir-biriga yakin kasblarni (operatsiyalarni) o’zlashtirib oladi, ishlab chiqarish topshiriklarini bajarishda tashabbus ko’rsatadi, ishining sifati yuqori bo’ladi. Amalda ishtirok etish koeffitsientlari brigadalarda belgilanadi va ko’pincha 0,8-1,5 atrofida bo’ladi. Ishlangan vaqt uchun tarif ish haqi odatda kafolatlanadi, ko’shimcha haq mikdori esa ishtirok etish koeffitsientiga mutanosib ravishda aniqlanadi. Shunday bo’lishi kerakki, belgilangan barcha ishtirok etish koeffitsientlarining summasi brigada a’zolari soniga teng bo’lishi zarur, aks holda taksimlangan ish haqining mikdori yozilgan ish haqi mikdoriga teng bo’lmasligi mumkin.
Mehnatga haq to’lashning ishbay (akkord) tizimida akkord topshirikka kirgan muayyan ishlar majmuini bajarganlik uchun to’lanadi, ayrim operatsiyalar va ish turlarining bajarilishi xisobga olinmaydi. Akkord naryad bo’yicha ish haqi summasi kalkulyatsiya asosida xisoblanadi. U vaqt (mahsulot ishlab chiqarish) me’yorini va mazkur majmuaga kiritilgan ish turlari narxlari xisobga oladi.
Akkord mehnat haqi to’lash odatda ishchilar jamoasi (brigada, zveno) uchun joriy kilinadi va haqikatda pirovard mehnat natijalariga qarab mehnatga haq to’lash jamoa tizimining bir varianti sifatida karaladi. Ayni vaqtda u mehnatga ishbay haq to’lashning boshqa turlaridan shu bilan farq qiladiki, ish haqining umumiy mikdori bajarilgan ish uchun ishchiga oldindan, ish boshlanmasdan e’lon kilinadi.
Akkord haq to’lashning tatbik etilishi odatda ishlab chiqarish topshirigini bajarishning muayyan muddatini belgilash bilan bog’liqdir. Akkord naryadini olgan ishchi ish xajmini yakkol tasavvur qiladi va bajaradigan ishi uchun oladigan haqini va uni bajarish muddatini bilib oladi, bu esa ishlarni bajarish muddatini kiskartirishdan manfaatdorlikni oshiradi. Haq to’lashning mazkur tizimi ishlab chiqarish sikli uzok davom etadigan tarmoklarda (kemasozlikda), shuningdek ishlarni bajarish muddatini kiskartirish xal qiluvchi rol o’ynaydigan hollarda (masalan, yirik ishlab chiqarish agregatlarini shoshilinch ta’mirlashda) maksadga muvofiqdir.
Akkord haq to’lashdan foydalanish uchun kurilishda ancha kulay imkoniyatlar mavjud. Bunga iqtisodiyotning mazkur tarmogi uchun xos bo’lgan mehnatni tashkil etishning jamoa shakli va kurilish ishlarini jadallik bilan olib borish zarurligi yordam beradi. Akkord ishlab chiqarish topshirigi bajarilishida atmosfera sharoitlarining yomon kelishi tufayli butun-butun smenalarda ish to’xtab kolishi mumkin. Bunday hollarda topshirikni bajarish muddati uzaytirilishi, ko’rsatib o’tilgan tanaffuslar aniq xisobga olinishi mumkin.
Agar akkord topshirikni bajarish uchun uzok muddat talab kilinsa, ishchilarga mazkur xisob davrida bajarilgan ish xajmidan kelib chikib avans beriladi. Uzil-kesil xisob-kitob topshirikda ko’zda tutilgan barcha ishlar yakunlangandan keyin amalga oshiriladi.
Mehnatga haq to’lashning bevosita ishbay tizimi shundan iboratki, xodimning ish haqi uning shaxsiy ishlab chiqarish normasiga emas, balki boshqa xodimlar mehnatining natijalariga bog’liq bo’ladi. Haq to’lashning bunday tizimi ish normalari bajarilishini xisobga olish kiyinrok bo’lgan yordamchi ishlarni bajaruvchi xodimlar uchun tatbik etiladi, lekin asosiy ishbay ishlovchi xodimlar ishlab chiqarish normalarining bajarilishi ularning mehnati natijalariga bog’liq bo’ladi. Bevosita ishbay tizim bo’yicha, masalan, asbob-uskunalarni sozlovchilar, transport ishchilari (xaydovchilar, kirachilar, yuk tashuvchilar) mehnatiga haq to’lanadi, ular detallarni sexlar o’rtasida va sexlar ichida tashish ishlarida band bo’ladilar, shuningdek ko’prikli kran xaydovchilari va stropalchilar mehnatiga ham shu tizim bo’yicha haq to’lanadi. Mehnatga bevosita ishbay haq to’lashdagi narxlar kuyidagi formula bilan aniqlanadi:



bu yerda Rbav – bevosita ishbay narx (so’m, tiyin); St.in – ishbay tizim bo’yicha haq to’lanadigan xodimning kundalik tarif stavkasi (so’m, tiyin); Nich.as – asosiy xodimning smenadagi ishlab chiqarish normasi.


Mehnatga haq to’lashning ishbay-ortib boruvchi tizimi shu bilan ajralib turadiki, me’yorlarni bajarishning oldindan belgilangan darajasidan boshlab bajarilgan operatsiyalar, detallar yoki buyumlar uchun ishbay narx muayyan darajada ko’paytiriladi. SHunday kilib, ishbay narxlar me’yorlarni bajarishning erishilgan darajasiga qarab tabakalashtiriladi. ayni bir xizmat, operatsiya, detal va xokazolarga turlicha haq to’lanadi va me’yorlarning bajarilishi qanchalik yuqori bo’lsa, bajarilgan ishning xar bir birligi uchun to’lanadigan narx ham shunchalik yuqori bo’ladi.
Mehnatga haq to’lashning ishbay-ortib boruvchi tizimining o’ziga xos elementlari me’yorlarni bajarishning boshlangich darajasi xisoblanadi. Ishbay narxni ko’paytirish va ortib boruvchi ko’shimcha haqlar shkalasi ana shundan boshlanadi, bu shkala ishbay narxning ko’payish mikdorini ko’rsatadi. Bunda me’yorlarning bajarilishi boshlangich bazadan yuqorirok darajada bo’ladi.
Ishbay-ortib boruvchi haq to’lash tizimida ish haqining umumiy mikdori kuyidagi formula bo’yicha xisoblab chiqiladi:

Ior(R(n1(Ku1(n2(Ku2(…(nl(Kul),


bunda Ior – mehnatga ishbay-ortib boruvchi haq to’lashda ish haqining mikdori; R – belgilangan boshlangich baza doirasida xar bir mahsulot birligi uchun narx; 1,2,…l – ortib boruvchi shkala pogonalari mikdori; Ku - boshlangich bazani oshirib bajarish haqiqiy foiziga muvofiq ortib boruvchi ko’shimcha haqlar shkalasi bo’yicha kabul kilingan narxlarning ko’payish koeffitsienti.


Mehnatga haq to’lashning ishbay-kamayib boruvchi tizimi shu bilan ajralib turadiki, me’yorlarni oshirib bajarishning ayrim muayyan darajasidan boshlab ishbay haq narxining kamayishi sodir bo’ladi. Mazkur tizim o’ziga xos tarzda ishbay-ortib boruvchi tizimning karama-karshi tomoni xisoblanadi. Uning moxiyati shundan iboratki, me’yorlarning oshirib bajarilishi qanchalik yuqori bo’lsa, me’yordan tashkari ishlab chikarilgan xar bir mahsulot birligining narxi shunchalik kamroq bo’ladi. Ishbay-kamayib boruvchi haq to’lash tizimi me’yorlarni bajarishning boshlangich dajarasini belgilashni nazarda tutadi, ana shu dajaradan boshlab narxning pasayishi boshlanadi. SHu bilan birga boshlangich bazani belgilashga ko’yiladigan talablar ham ishbay-ortib boruvchi tizimdagi kabidir.
Haq to’lashning ishbay-kamayib boruvchi tizimi bo’yicha ish haqining umumiy mikdori kuyidagi formula bo’yicha xisoblab chiqiladi:



Bu yerda I kam – mehnatga haq to’lashning ishbay-kamayib boruvchi tizimi bo’yicha ishbay ish haqi (so’m, tiyin); R – belgilangan boshlangich baza doirasida mahsulotning xar bir birligi uchun narx (so’m, tiyin); K – kamayib borish shkalasining xar bir pogonasi bo’yicha narxning kamayish koeffitsienti (marta); 1,2,…L – shkaladagi kamayib borish koeffitsietlari soni; n – xodimlar tomonidan ishlab chikarilgan mahsulot mikdori.






    1. Yüklə 37,9 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin