Ishning maqsadi: Kо‘zning kо‘rish о‘tkirligini aniqlash.
Kerakli jihozlar: Yorug‘lik manbai (stol lampasi yoki chо‘ntak fonari), oq qog‘oz varag‘i, qora tush yoki qora siyoh.
Kо‘zning kо‘rish о‘tkirligi hammada bir xil bо‘lmaydi. Buni tekshirish uchun oq qog‘oz varag‘iga qora tush yoki siyoh bilan uzunligi 15 sm li ikkita parallel chiziq chiziladi. Chiziqlarni orasidagi masofa 1 mm bо‘lishi kerak. Oq qog‘oz tekshiriluvchining rо‘parasiga о‘rnatiladi. Ikkita parallel chiziq bitta bо‘lib kо‘ringuncha tekshiriluvchi qog‘oz varaqlaridan uzoqlashtiriladi va oraliqdagi masofa о‘lchanadi. Kо‘pincha qog‘oz varag‘idagi ikki yonma-yon chiziq о‘rtacha 3-4 m masofada bitta chiziq bо‘lib kо‘riladi.
Shu usul bilan talabalar bir-birlarining kо‘rish о‘tkirligini tekshirib kо‘radilar va olingan natijalarni daftarlariga yozib qо‘yadilar.
Kо‘z qorachig‘i reflekslarini kuzatish Ishning maqsadi: Kо‘z qorachig‘i reflekslarini har hil yorug‘lik sharoitida tekshirish.
Kerakli jihozlar: Yorug‘lik manbai (stol lampasi yoki chо‘ntak fonari), oq qog‘oz varag‘i.
Buning uchun eng avval tekshiriluvchining ikkala kо‘z qorachig‘i tinch holatda, normal yorug‘likda kuzatiladi va ularning kattaligi belgilab olinadi. Sо‘ngra tekshiriluvchining chap kо‘zi 1-2 daqiqa davomida qо‘l bilan yoki birorta material bilan berkitilib turiladi. Qо‘l yoki material kо‘zdan olingandan keyin kо‘z qorachig‘ining kengayganligini payqash mumkin. Keyin yorug‘lik ta’sirida torayganini kо‘rish mumkin.
Yorug‘lik manbai kо‘zga yaqinlashtirib, keyin undan uzoqlashtirilganida kо‘z qorachig‘ining diametrini о‘zgarishi kuzatiladi.
Analizatorlar faoliyatining asosiy qonuniyatlariga: 1) ma’lum guruh retseptorlar ta’sirlanganda yuzaga keladigan sezgining о‘ziga xos bо‘lishi; 2) sezgilarning nisbiy pog‘onalari qonuni; 3) moslanish (adaptatsiya) qobiliyati kiradi.
Kо‘zning tо‘r qavati murakkab tuzilgan. Unda yorug‘likni sezuvchi elementlar-tayoqcha va kolbacha hujayralar joylashgan. Tayoqcha va kolbachalar tо‘r qavatda bir tekisda tarqalmagan.
Kо‘rish asabi kо‘z soqqasiga kiradigan joydagi tо‘r qavatda bir tekisda tarqalmagan.
Kо‘rish asabi kо‘z soqqasiga kiradigan joydagi tо‘r qavatda fotoretseptorlar bо‘lmaydi. Bu yerga tushgan nurlar kо‘zda kо‘rinmaydi, shu sababdan uni kо‘r dog‘ deb ataladi. Kо‘r dog‘ni borligini Mariott tajribasi orqali kо‘rsatish mumkin.