Ishning maqsadi: teri retseptorlarining tuzilishini о‘rganish va sezuvchanligini aniqlash.
Ishning rejasi: 1. Teri retseptorlarini anatomik va morfologik tuzilishi bilan tanishish.
2. Odam terisining sezuvchanligini aniqlash.
Kerakli jihozlar: teri retseptorlarining anatomik va morfologik tuzilishi tasvirlangan rasmlar, sirkul, qalam, uchta nina sanchilgan yо‘g‘on tayoqcha, millimetrlarga bо‘lingan chizg‘ich.
1. Rasmlardan foydalanib teri retseptorlarining anatomik va morfologik tuzilishi, terining turli sohalarida sezuv retseptorlarning soni turlicha bо‘lishi, qayerda retseptorlar kо‘p joylashgan bо‘lsa, terining shu nuqtasi ta’sirotlarni yaxshiroq sezishlari tо‘g‘risida tushuncha olinadi va rasmlari daftarga chizib olinadi.
2. Terining qaysi sohalarida sezuv retseptorlari kо‘p yoki oz joylashganligini aniqlash uchun uchiga nina sanchilgan tayoqcha sirkulga о‘rnatiladi va sirkul uchi bilan tayoqcha uchidagi nina orasidagi masofa 55 mm ga keltiriladi. Kо‘zni yumib о‘tirgan tekshiruvchi kishining peshona terisiga sirkulning avval bir uchi, sо‘ngra ikkala uchi juda ohistalik bilan baravariga tekkiziladi. Sinaluvchi kishi sirkulning nechta uchi tegizilayotganini aytib turadi. Shunday tarzda tо‘g‘ri javob olinguncha sirkul uchlari yaqinlashtirilib-uzoqlashtirilib turiladi. Sirkulning ikkala uchi orasidagi masofa qancha bо‘lganda sinaluvchi kishi sirkulning har ikki uchi tegizilganini sezish va sezmasligi aniqlanadi.
Ana shunday usul bilan lab, qovoq, bо‘yin, kaft va barmoqlarni orqa va old yuzalari, bilak terilarining sezuvchanligi aniqlanadi. Tajriba oxirida talabalar sezuv nuqtalari barmoq uchlari va labda boshqa sohalarga qaraganda kо‘proq ekanligini bilishadi.
17-ish. Ta’m bilish retseptorlarining tilda joylashishi о‘rganish va bajaradigan vazifasini aniqlash
Ishning maqsadi: Tilda ta’m bilish retseptorlarini joylashishi ularning vazifasini aniqlash.
Ishning rejasi: 1. Ta’m bilish retseptorlarini anatomik va morfologik tuzilishi bilan tanishish
2. Ta’m bilish retseptorlarini faoliyatini aniqlash.