Kerakli jihozlar:
Ta’m bilish retseptorlari tasviri tushirilgan rasmlar, 4 ta shisha tayoqcha (yoki tomizgich), suvli stakan, 40% shakar eritmasi, 2% sirka kislotasining eritmasi, 0,9% NaCl eritmasi, qalampir suyuqligi.
35-rasm. Til xaritasi
Tilning har bir sohasini о‘ziga xos ta’m sezishini aniqlash uchun tekshiriluvchi kishi tilini tashqariga chiqarib turadi. Tilning turli sohalariga: uchiga, qirg‘oqlariga, о‘rta yuzasiga, asosiga avval shakar eritmasi shisha tayoqcha vositasida tegiziladi (yoki tomizgich bilan tomizdiriladi) va shirin ta’mni qaysi soha sezgani aniqlanadi. Har qaysi tekshirishdan keyin og‘iz toza suvda chayib tashlanadi. Xuddi shu yо‘l bilan tilning shirin, shо‘r, nordon va achchiq ta’m sezuvchi nuqtalari aniqlanadi va bular “Til xaritasi” da ifodalanadi.
Shirinni sezuvchi retseptorlar tilning uchida, nordonni sezuvchi retseptorlar til chetlarining о‘rta qismlarida, achchiq ta’mni sezuvchi retseptorlar tilning asosida, shо‘rni sezuvchi retseptorlar til oldingi qism qirg‘oqlarida joylashganligi aniqlanadi (35-rasm).
Dostları ilə paylaş: |