ETini klassifikatsiya qilishning turli yo`llari mavjud. Bajaradigan vazifasi bo`yicha ETlar quyidagilarga bo`linadi [1-5, 9-14]: -umumiy vazifani bajaruvchi ET-bu tashxis, loyihalashtirish va bashorat qilish masalalarini yechishga mo`ljallangan muammoli-yo`naltirilgan ET;
maxsuslashtirilgan ET-bu maxsus masalalarni yechish uchun mo`ljallangan ET, masalan, atom elektr stansiyalarida holatlarni nazorat qilish.
Tashqi muhitga bog`liqlik darajasiga qarab ETlar quyidagi turlarga ajratiladi [11-15]: - statik ET, tashqi muhitga bog`liq bo`lmaydi;
- dinamik ET, tashqi muhit dinamikasini hisobga oladi va real vaqt rejimida masalani yechish uchun mo`ljallangan.
Foydalanish turiga qarab ETlar quyidagilarga bo`linadi: - izolyatsiyalangan ET;
- boshqa tizimga kirish-chiqishga mo`ljallangan ET;
- gibrid ET, boshqacha qilib aytganda, BB va boshqa dasturiy vositalar bilan integrallashgan ET.
Yechiladigan masalaning murakkabligiga qarab ETlar quyidagilarga bo`linadi: - oddiy ET - 1000 tagacha oddiy qoidalarni o`z ichiga oladi;
- o`rta ET - 1000 dan 10000 tagacha strukturalashgan qoidalarni o`z ichiga oladi;
- murakkab ET - 10000 dan ziyod strukturalashgan qoidalarni o`z ichiga oladi.
Qurish jarayoniga qarab ETlar quyidagilarga ajratiladi: - tadqiqiy-namunaviy ET, u minimal BBga ega bo`lib, 1-2 oy ichida yaratiladi;
- taqdimotli namunaviy ET, u 2-4 oy muddatida yaratiladi, masalan, LISP, PROLOG, CLIPS tillarida;
- ishlab chiqarishga mo`ljallangan namunaviy ET, u 4-8 oyda yaratiladi, masalan, to`liq BBga ega bo`lgan CLIPS (yoki shunga o`xshash) tilida yaratiladi;
- tijoratga mo`ljallangan namunaviy ET, u 1,5-2 yilda yaratiladi, masalan, to`liq BBga ega bo`lgan C++, Java (yoki ularga o`xshash) tillarida yaratiladi.