14-ma’ruza mavzu: O‘zbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga solish masalalari


Texnik jihatdan tartibga solish tizimining asosiy prinsiplari



Yüklə 32,41 Kb.
səhifə3/3
tarix01.06.2022
ölçüsü32,41 Kb.
#60321
1   2   3
14-ma'ruza

2. Texnik jihatdan tartibga solish tizimining asosiy prinsiplari
Texnik reglamentlar tugal bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi hamda ularga faqat belgilangan tartibda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan o‘zgartirilishi mumkin.
18-moddada belgilab qo‘yilganki, texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini shakllantirish texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa vakolatli davlat organlarining hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining o‘z vakolatlari doirasidagi takliflari inobatga olingan holda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda e’lon qilinadi.
19-moddada texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi haqida ma’lumot berilgan bo‘lib, texnik reglamentlar texnik reglamentlarni ishlab chiqishning tasdiqlanadigan dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar belgilangan tartibda:
texnik reglamentlar ishlab chiqilishi haqidagi xabarlarni e’lon qiladi;
texnik jihatdan tartibga solinishi lozim bo‘lgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning guruhlari hamda turlarini belgilaydi;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilanadigan talablarga muvofiqligini baholash usullarini belgilaydi;
ishlab chiqilgan texnik reglamentlarni kelishib oladi;
ishlab chiqilgan texnik reglamentlardan foydalanish erkinligini ta’minlaydi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar ishlab chiqilgan texnik reglamentlar rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida ularning muhokama qilinishini ta’minlaydi.
Texnik reglamentlarni qabul qilish tartibi quyidagicha (20-modda):
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy texnik reglamentlar ekspertizadan o‘tkazish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga ular faoliyatining yo‘nalishi bo‘yicha topshiriladi.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli ekspert komissiyasining xulosasi olinganidan keyin umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda yuboradi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlar ekspertizadan o‘tkazish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga ular faoliyatining yo‘nalishi bo‘yicha topshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari, davlat boshqaruvi organlari o‘z faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli ekspert komissiyasining xulosasi asosida maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi.
Tasdiqlangan umumiy va maxsus texnik reglamentlar rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran kamida olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Umumiy va maxsus texnik reglamentlarni e’lon qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21-moddada texnik reglamentlarni ishlab chiqishda mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning xavfsizlik mezonlarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlardan foydalanilishi; texnik reglamentlarda daliliy baza sifatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning matnlari to‘liq yoki qisman keltirilishi ko‘rsatilgan.
22-moddada texnik reglamentlarga rioya etish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiyligi hamda texnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish bo‘yicha ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan tegishli normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotishi hamda belgilangan tartibda qo‘llanilishda ixtiyoriylik kasb etishi aniqlab berilgan.
Texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati (23-modda) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlarining va davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qonunning 4-bobi yakunlovchi qoidalarga bag‘ishlangan bo‘lib, 24-moddada texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish tartibi belgilab berilgan.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish respublika byudjeti va yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan quyidagilar moliyalashtiriladi:
umumiy texnik reglamentlarni ishlab chiqish;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan o‘tkazish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini yuritish;
texnik reglamentlarga rioya etilishi uslidan davlat nazoratini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha xalqaro tashkilotlardagi a’zoligi bilan bog‘liq xarajatlar.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi (25-modda).
Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini (26-modda) buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
27-moddada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirishi;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlashlari zaruriy holat ekanligi aytilgan.
28-moddada ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirishi ta’kidlangan.


Tekshirish uchun savollar

  1. “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan va qanday o‘zgartirishlar kiritilgan?

  2. Standartlashtirishning asosiy maqsadlarini aytib bering?

  3. Standartlarni nashr qilish va qayta nashr qilishni tushuntiring?

  4. Standartlarning toifalarini tushuntiring?

  5. Standartlashtirish bo‘yicha davlat nazorati organlari va ob’ektlarini aytib bering?

  6. «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi qonun qachon qabul qilingan?

  7. Texnik reglamentlar va ularning turlarini ayting?

Yüklə 32,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin