Fotosintez jarayoni asosan barglarda va qisman yosh novdalarda sodir bo’lishining sababi, ularda xloroplastlarning borligidir. O’simliklarning fotosintetik tizimi xloroplastlarda mujassamlashgan. Xloroplastlar barcha tirik organizmlar uchun kimyoviy energiya manbai–organik moddalarni tayyorlaydi. Bargning xar bir hujayrasida o’rtacha 20-50 tagacha va ayrimlarida undan ko’proq xloroplastlar bor.
Xloroplastlar tarkibida suv ko’p, o’rtacha 75% tashkil etadi qolganlari quruq moddadan iborat. Umumiy quruq moddalar hisobida oqsillar 35-55%, lipidlar 20-30%, qolganini mineral moddalar va nuklein kislotalar tashkil etadi.
Xloroplastlarda juda ko’p fermentlar va fotosintezda ishtirok etadigan hamma pigmentlar joylashgan. Xloroplastlar qo’sh qavatli, ichki tuzilishi juda murakkab. Stroma (asosiy gavda) va granalardan iborat. Ular o’z navbatida lamellyar va plastinkasimon tuzilishi bilan xarakterlanadi. Granalarda tillakoidlar joylashadi. Yosh xloroplast granalarida 3-6 tillakoid bo’lsa, voyaga etkanlarida bu son 45 tagacha etishi mumkin. Lamelalarning yuzasi mayda bo’rtmachalar glabulalar bilan qoplangan. Ular kvantosomalar deyiladi. Turli xil o’simliklarning xloroplastlari soni, shakli, xajmi bilan bir biridan farq qiladi.

Xloroplast pigmentlari.
Xloroplast tarkibida uchraydigan pigmentlar fotosintez jarayonida asosiy rol o’ynaydi. O’simlik pigmentlarini o’rganishda M. S. Svetning 1901-1913 yillarda kashf etgan adsorbtsion xromotografik usuli juda katta ahamiyatga ega. M.S.Svet shu usuldan foydalanib 1910 yilda xlorofil «a» va «b», hamda sariq pigmentlarning gruppalari mavjud ekanligini aniqladi. Xloroplastlar tarkibida uchraydigan pigmentlar asosan uchta sinfga bo’linadi: