Fotosintezning C4-yo’li.Yu.S.Karpov (1960) M.A.Tarchevskiy (1963) ayrim o’simliklarda birlamchi organik moddalar uch uglerodli bo’lmay balki to’rt uglerodli ekanligini aniqladilar. Avstraliyalik olimlar M.Yu.Xetch va K.R.Slek (1966-1069) tajribalar asosida tasdiqladilar. Shuning uchun ham fotosintezning bu yo’li Xetch va Slek sikli deyiladi. Fotosintezning C4 yo’li asosan bir pallali o’simliklarda (makkajuxori, oq juxori, shakarkamish, tariq va boshqalar) sodir bo’ladi. Bu o’simliklarda fotosintezning dastlabki maxsuloti sifatida oksaloatsetat va malat hosil bo’ladi. Ko’pchilik bir pallali va ayrim ikki pallali o’simliklar bargidagi nay va tola boylamlari atrofida bir kator xloroplastlarga ega hujayralar bo’lib (ular obkladka hujayralari deb yuritiladi), ularda fotosintez C3- yo’li bilan (Kalvin sikli) sodir bo’ladi. Bargning mezofill qatlamini hosil qilgan hujayralarda esa fotosintez C4-yo’li (Xetch va Slek sikli) sodir bo’ladi. Bu o’simliklarning obkladka hujayralarida joylashgan xloroplastlar yirikrok bo’ladi va ular lamelyar to’zilishga ega bo’lib, granalari bo’lmaydi.