14-mavzu. Ilmiy ishlarni badiiy jihatdan rasmiylashirish va himoya qilish. Ilmiy grant uchun materiallarni tayyorlash metodologiyasi


Dissertatsiya avtoreferatiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#162247
növüReferat
1   2   3
14-mavzu

Dissertatsiya avtoreferatiga qo‘yiladigan talablar
Dissertatsiya avtoreferati risola ko‘rinishida tayyorlanib, uning muqovasi mazkur Qoidalarning 2 va 2a-ilovalariga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi. Bunda asosiy muqovasi oq-yaltiroq qog‘ozda va ichki muqovalari (o‘zbek, rus va ingliz tillarida alohida) oq qog‘ozda rasmiylashtiriladi. Dissertatsiya avtoreferati asosiy muqovasining orqa tomonida dissertatsiya avtoreferatining mundarijasi ko‘rsatiladi. Ichki muqovalarning orqa tomoni mazkur Qoidalarning 3 va 3a-ilovalariga muvofiq shaklda, tegishlicha rus va ingliz tillariga tarjima qilingan holda rasmiylashtiriladi. Dissertatsiya avtoreferati quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim: kirish (dissertatsiya annotatsiyasi); dissertatsiyaning asosiy mazmuni; xulosa; e’lon qilingan ishlar ro‘yxati. Dissertatsiya avtoreferatining kirish qismi dissertatsiyaning kirish qismi bilan aynan bir xil
bo‘lishi lozim.
Dissertatsiyaning asosiy mazmuni qismida dissertatsiyaning mohiyati qisqacha bayon qilinib, tadqiqot maqsadiga erishilganligi va vazifalarining bajarilganligi ko‘rsatib berilishi kerak. Xulosa qismida dissertatsiya tadqiqoti bo‘yicha xulosalar, taklif va tavsiyalar hamda amaliyotga joriy etilishi mumkin bo‘lgan natijalar keltiriladi.
E’lon qilingan ishlar ro‘yxatida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Ular quyidagi xronologik tartibda keltirilib, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi:
monografiya;
patent;
ilmiy maqola;
ilmiy to‘plamlar va boshqa nashr ishlari.
Nashr qilingan ilmiy ishlar ro‘yxati quyidagiikki bo‘limdan iborat bo‘lishi lozim: birinchi bo‘limda – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ro‘yxatdagi ilmiy nashrlarda chiqarilgan ilmiy ishlar va olingan patentlar ko‘rsatiladi. Bunda ko‘rsatilgan har bir ilmiy ishning fan tarmog‘i shifri va chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatidagi
tartib raqami qavs ichida yozib qo‘yiladi (masalan: 01.00.00; № 15);
ikkinchi bo‘limda – boshqa ilmiy nashrlar. Zarur hollarda, avtoreferatda muhim bo‘lgan rasm, jadval hamda formulalar va shu kabilar ko‘rsatilishi mumkin. Ular butun avtoreferat bo‘yicha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin